Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning an’anaviy tasnifi: ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar reja


Ergash gapli qo‘shma gaplarda shakl va mazmun



Download 28,63 Kb.
bet2/7
Sana12.06.2022
Hajmi28,63 Kb.
#657384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari

Ergash gapli qo‘shma gaplarda shakl va mazmun. Har qanday til birligi kabi gap ham, xususan, qo‘shma gap ham ifoda va mazmun tomoniga ega. Uzoq vaqtlar mobaynida qo‘shma gaplarning, asosan, sintaktik tuzilishi va qisman mazmuniy tuzilishi o‘rganildi. Keyingi yillarda tilshunoslikda gapning mazmun tomoniga e’tibor kuchaydi, natijada «mazmuniy sintaksis» degan yunalish yuzaga keldi. A.Berdialiyevning tadqiqotlari ana shu yo‘nalishdagi dastlabki ishlardandir. Uning doktorlik dissertatsiyasida ergash gapli qo‘shma gaplardagi paradigmatik va sintagmatik xususiyatlar chuqur tadqiq etildi.5
Ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy sintaksisi o‘rganilar ekan, har ikki tamoyil- «mazmundan shaklga» va «shakldan mazmunga» tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq.
Sir emaski, ergashgan qo‘shma gaplar izohlanishi lozim bo‘lgan nisbiy bo‘laklarga (havola bo‘laklarga) boy. Bu unsurlar semantik qiymatga ega bo‘lmay, ergash gaplar tomonidan izohlanadi. Masalan, «Shuni bilginki, seni Vatan kutadi» gapidagi nisbiy so‘zning (shuni) ma’nosiga aniqlik kiritish vazifasi ergash gapga yuklatiladi. Bu qo‘shma gapning ko‘chimi-transpozitsiyasida yaqqol seziladi. Qiyoslang: Seni Vatan kutishini bil. Anglashiladiki, sintaktik jihatdan qo‘shma gap ko‘rinishidagi ayni gap semantik jihatdan bir axborotni tashiydi. Bu holat qo‘shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi.6
Ba’zan ergashgan qo‘shma gapning bosh gapida nisbiy so‘z vazifasidagi bo‘lak tushirilib qoldiriladi. Masalan, «Kimki ilm sha’midan nur olsa, to abad o‘lim ko‘rmaydi» gapida bosh gapdan u olmoshi bilan ifodalagan nisbiy so‘z tushirib qoldirilgan. Bunday hollarda ham moddiy shaklda ifodalanmagan nisbiy so‘zning semantik qiymati ergash gaplar orqali aniqlanadi. Qanday tarzda mavjudligidan qat’iy nazar bunday gapda ham shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik yuzaga keladi.7
Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gaplarda qo‘llangan har ikki nisbiy so‘z ham moddiy jihatdan shakllanmasligi mumkin emas. Aks holda qo‘shma gap sodda gapga aylanadi. Qiyoslang: Kimki mehnat qilsa, u rohat ko‘radi – ergashgan qo‘shma gap. Mehnat qilsa, rohat ko‘radi- sodda gap.
Anglashiladiki, ergashgan qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik nomuvofiqlik, asosan, nisbiy so‘zlar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.
Xullas, ergashgan qo‘shma gaplar o‘ziga xos semantik-sintaktik tuzilishga ega. Ergashgan qo‘shma gaplar hokim-tobe munosabatidagi bosh va ergash gapning o‘zaro birikuvidan tashkil topadi. Ergash va bosh gap o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi nisbiy so‘zlar hamda fe’l morfologik ko‘rsatkichlari yordamida bog‘lanadi. Ergashgan qo‘shma gaplar shakl va mazmun birligidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu birlik qo‘shma gapda semantik jihatdan qiymatga ega bo‘lmagan nisbiy suo‘zlarning qo‘llanishi natijasida buziladi.
An’anaviy sintaksisda ergash gaplarning tasnifida asosiy e’tibor ergash gaplarning mazmun turlarini farqlashga, ularning sintaktik tuzilishi, tarkibiy qismlarini aniqlashga qaratildi.
Ma’lumki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni belgilashda ularning grammatik jihatdan shakllanishi, mazmuni, ohangi kabilarga e’tibor qaratiladi. Bu jarayon ergashgan qo‘shma gap tarkibida bosh va ergash gapni farqlashda birmuncha murakkabroq kechadi. G‘.Abdurahmonovning qayd etishicha, «ergash gap ma’lum bir fikr tugalligini ifodalashi, predikativlik xususiyatiga ega bo‘lishi, modal munosabatlarni ifodalashi shart; ergash gap o‘z tarkibida ega va kesimga ega bo‘lgandagina gapning asosiy belgilarini o‘zida ifodalay oladi, tarkibida o‘z egasi bo‘lmagan gaplar ma’lum bir sintaktik oborot bo‘lib qoladi».8
A.Nurmonovning fikricha, ergash gaplarni aniqlashdagi bu tamoyil o‘zbek tilshunosligining tayanch nuqtasi bo‘lgan. Lekin o‘zbek tilshunosligiga bir cho‘qqili nazariyaning kirib kelishi ergash gaplarni belgilash tamoyiliga ham o‘zgarish kiritdi. Ikki cho‘qqili nazariyada ergashgan qo‘shma gaplarni sodda gaplardan farqlashda ergash gapning o‘z egasi bor yoki yo‘qligi belgisi asosiy tayanch nuqta hisoblanadi. Kesimning kesimlik belgisiga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e’tiborga olinmaydi. Bu esa keyinchalik ergashgan qo‘shma gaplar bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida turli bahslarning tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi.9
An’anaviy sintaksisdagi ergash gaplarning tasnifi10 boshqa tillardagi ergash gaplarning tasnifiga yaqin turadi. Chunki turkiy tillardagi, shuningdek, boshqa tillardagi ergash gaplar nazariyasi sodda gap nazariyasi bilan uzviy bog‘langan. Ergash gaplarni sodda gaplardagi muayyan bo‘laklar bilan nisbatlash an’anaviy sintaksisda asosiy tamoyil hisoblanadi.
Ergash gaplarni sodda gap bo‘laklariga o‘xshatishga asoslangan tasnifga ergash gapli qo‘shma gap qismlarining bog‘lanish vositalariga ko‘ra shakliy tasnifi qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunday tasniflar rus tilshunosligida A.M.Peshkovskiy, M.N.Peterson, L.A. Bulaxovskiy, A.B. Shapiro va boshqalar tomonidan ilgari surilganligi ma’lum.11
Rus tilshunosligida ergash gapli qo‘shma gaplarni yaxlitligicha sodda gaplarga, ergash gaplarni esa sodda gap bo‘laklariga o‘xshatishga tasnif juda keng tarqaldi. Bu tasnifga muvofiq ergash gaplar orasida ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol ergash gaplar farqlanadi; hol ergash gaplarning turlari sifatida o‘rin, ravish, daraja-miqdor, payt, sabab, maqsad, shart, to‘siqsiz ergash gaplar ajratiladi.
Rus tilshunosligida ergash gaplarning tarkibiy-mazmuniy jihatdan ham tasniflanishi kuzatiladi. Bu tasnif asosida ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki asosiy tipi farqlanadi: ikki a’zoli tip va bir a’zoli tip. Ikki a’zoli gaplarda ergash gap bosh gap bilan yaxlitligicha bog‘lanadi, bir a’zoli gaplarda ergash gap bosh gapdagi bir so‘zga tegishli bo‘ladi va uning mazmunini izohlaydi.12
Ergash gaplarning bosh gapni yaxlitligicha izohlashi yoki uning biror bo‘lagi bilan aloqador bo‘lishi haqidagi qarash o‘zbek tilshunosligida M.Asqarova tomonidan ilgari surilgan.13
N.Mahmudov o‘zbek tilshunosligida keng qo‘llanib kelinayotgan «bosh gapni yaxlitligicha izohlaydigan ergash gaplar» iborasiga e’tiroz bildiradi. Uning fikricha, bu iboraning qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri emas. «Qanday qilib ergash gap bosh gapni izohlashi mumkin? Har qanday gap bo‘lagi (aniqlovchi bundan mustasno) funksional jihatdan faqat kesimga aloqador bo‘ladi. Keng ma’nodagi hol sintaktik o‘rnini egallagan predikativ birlik, ya’ni, ergash gap ham yaxlit bosh gapga emas, balki uning bir konstruktiv bo‘lagi – kesimga aloqador bo‘ladi»,- deb yozadi olim.14
N.Mahmudov ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gaplarni ham tasniflash lozim deb hisoblaydi. U ergash gapli qo‘shma gaplarning quyidagi turlarini farqlaydi: 1. Havola bo‘lakli bosh gaplar. 2. Havola bo‘laksiz bosh gaplar.
Olim havola bo‘laklar deganda tilshunoslikdagi «deyksis belgilar»ni nazarda tutadi. Deyksis belgilarning mohiyati shundaki, ular voqelikni, predmetni, belgini bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi. О‘zbek tilidagi olmoshlar va boshqa nisbiy so‘zlar qo‘shma gapda havola bo‘lak sifatida qo‘llanadi.15
Ega, kesim, aniqlovchi to‘ldiruvchi, ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘lakli gaplar bo‘lib, ularda ba’zan bosh gapda, ba’zan ham, bosh gapda, ham ergash gapda havola bo‘lak qo‘llanadi. Qolgan hamma ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplar hisoblanadi.16
О‘zbek tilshunosligida ergashgan qo‘shma gaplarning struktur-semantik belgilari asosida turlarga ajratilishi ham kuzatiladi. Bu belgilarga ko‘ra ergashgan qo‘shma gaplar: a) sintetik tip; b) analitik tip kabi turlarga ajratiladi.17
Sintetik tip ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi biror so‘z, so‘z birikmasi bilan aloqador bo‘ladi va uning leksik ma’nosi hamda morfologik tabiatiga oydinlik kiritadi. Bunday tipdagi qo‘shma gaplarning predikativ birliklari leksik-morfologik asosdagi sintaktik aloqalar yordamida bog‘lanadi.
Sintetik tip ergashgan qo‘shma gaplar sintaktik munosabatlarning predikativ, obyektli, attributiv, qaratqichli munosabat ko‘rinishlari asosida 4 turga bo‘linadi.
Analitik tip ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlamaydi, balki ergash gaplar bosh gapning predikativ markaziga to‘liq aloqador bo‘ladi, ularni ish-harakat belgisi, o‘lchov-daraja, qiyoslash-chog‘ishtirish, payt, sabab, maqsad, shart, to‘siqsizlik, sabab-natija munosabatlariga ko‘ra izohlaydi.18 Bunday tipdagi qo‘shma gaplar biriktiruvchi vositalar xarakteriga ko‘ra: a) bog‘lovchili tur; b) bog‘lovchisiz tur; v) aralash turga bo‘linadi.
Xullas, o‘zbek tilshunosligida ergash gaplar turli jihatdan tasniflanadi. Shulardan biri grammatik va logik jihatdan ko‘pchilik tillarda shu vaqtgacha davom etib kelgan an’anaviy tamoyil asosidagi tasnif bo‘lib, unga ko‘ra ergash gaplar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) to‘ldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) ravish ergash gap; 6) o‘lchov-daraja ergash gap; 7) chog‘ishtiruv-o‘xshatish ergash gap; 8) sabab ergash gap; 9) maqsad ergash gap; 10) payt ergash gap; 11) o‘rin ergash gap; 12) shart ergash gap;13) to‘siqsiz ergash gap; 14) natija ergash gap. Quyida an’anaviy tasnif asosidagi ergashgan qo‘shma gap turlari xususida fikr yuritamiz.

Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish