Aylanish oʻqiga ega boʻlgan jismning muvozanati qanday?
Aylanish oʻqiga ega jismning muvozanatda boʻlish sharti aylanma harakat qilayotgan sistema uchun Nyutonning birinchi qonunini qoʻllash kabidir. Aylanma harakat qilmayotgan jism biror kuch momenti taʼsir qilmaguncha tinch holatini saqlaydi. Xuddi shunga oʻxshab, aylanma tekis harakat qilayotgan jism ham kuch momenti taʼsir qilmaguncha oʻzgarmas tezlikda harakatini davom ettiradi.
Aylanish oʻqiga ega boʻlgan jismning natijaviy kuch momentini topish jismga bir necha kuch momentlari taʼsir qilgan masalalarni yechishda qoʻl keladi. Agar jismga taʼsir qilayotgan natijaviy kuch momenti nolga teng boʻlsa, jism muvozanat holatida boʻladi va burchak tezlanishga ega boʻlmaydi.
1-mashq: 3-rasmda koʻrsatilgan gʻildirakka ikkita kuch taʼsir qilmoqda. Gʻildirak muvozanatda boʻlishi uchun kuchning qiymati qanday boʻlishi kerak?
3-rasm: ikkita kuch momenti taʼsiri ostida boʻlgan gʻildirak.
[Yechim]
Kuch momenti, quvvat va energiya orasida qanday bogʻlanish mavjud?
Kuch momenti, quvvat va energiya oʻrtasida biroz chalkashlik mavjud. Masalan, dvigatelning kuch momenti baʼzan notoʻgʻri ravishda “burilish quvvati” deb tasvirlanadi.
Kuch momenti va energiyaning birliklari bir xil (yaʼni ularning birliklari XBS ga koʻra bir xil), biroq ular aynan bitta narsani ifodalamaydi. Ularning farqi kuch momenti vektor kattalik boʻlib, u faqatgina aylanish oʻqiga ega boʻlgan sistemalarda mavjud.
Biroq quvvat, agar aylanish tezligi maʼlum boʻlsa, kuch momenti yordamida hisoblanishi mumkin. Aslini olganda, motor va dvigatellarning quvvati (ot kuchi) toʻgʻridan toʻgʻri hisoblanmaydi, balki kuch momenti va aylanish tezligi yordamida topiladi. Ular orasidagi bogʻlanish quyidagicha:
Ot kuchi bilan bir qatorda maksimal kuch momenti ham transport vositasining muhim texnik xususiyatlardan biridir. Amalda maksimal kuch momenti tranportning qanday tezlanish olishi va qancha yuk koʻtara olishini xarakterlaydi. Ot kuchi esa (ogʻirlik kuchiga nisbatan) koʻproq transportning maksimal tezligini ifodalaydi.
[Izoh]
Maksimal kuch momenti va ot kuchi transportning muhim umumiy xususiyatlari boʻlishiga qaramay, ular transport vositasining umumiy harakatiga doir hisoblashlarni amalga oshirishda cheklangan maqsadda qoʻllanishini tan olish kerak. Buning sababi shuki, amalda ularning ikkalasi ham aylanish tezligining funksiyasi hisoblanadi. Umumiy bogʻlanish chiziqli boʻlmasligi mumkin va 4-rasmda koʻrsatilgandek motorning turiga qarab farq qiladi.