Harakatni bajarishning oliy maqomi.
Shakllangan harakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi harakat akti yoki harakat faoliyatini bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi shug’ullanuvchining malakasini har qanday sharoitda egallashga va uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, harbiy, sport sohasida) odatlantirish va o‘rgatishdir. Faqat shu holdagina malaka o‘zining amalliy qimmatiga ega bo‘ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shug‘ullanuvchi ishonch bilan balandlikdan sakrab o‘ta olsayu, lekin o‘sha malakani tabiiy to‘siqlardan o‘tishda amaliyotda (hayotda) qo‘llay olmasa, bunday malakaning qimmati past bo‘ladi.
Harakatni oliy tartibda bajara olish – bu o‘zlashtirilgan, o‘rganilgan harakatlarni oz kuch sarflab, sarflanadigan energiyani o‘ta iqtisod qilib turmushda aniq qo‘llay olishdir.
Bunday ijro malakasi shakllangan harakat malakasi asosida va nisbatan yuqori darajadagi maxsus bilimlar evaziga vujudga keladi. Aslida ta’limning o‘qitishning pirovard maqsadi ham harakatni oliy tartibda bajara olish malakasini shakllashtirishdir.
Xarakterli belgilari.
1. Oliy tartibdagi harakat ongning xizmat faoliyatini eng yuqori darajasi hisobidan bajara oladi. Xolatni ob’ektiv tahlili qila olish, vaqt difitsitini e’tiborga olgan holda xolatni ob’ektiv tahlil qilib malakani shunday qo‘llaydiki, u albatta eng yuqori samaraga olib keladi.
2. Harakat faoliyatini tashkillovchi harakat aktlarini avtomatlashgan holda, ongning nazorati ostida, kerak bo‘lsa ko‘nikmagan sharoitda korreksiya talab qilinganda ham bajara oladi.
3. Oliy tartibdagi harakatni qila olish faqat to‘la (bir butun) harakat faoliyatlarini bajarishdagina namoyon bo‘ladi.
Oliy tartibda bajara olishning shakllanishi jismoniy tarbiyaning amalliy ahamiyatini ifodalaydi va sport mahoratini oshirishning rezervi hisoblanadi. Harakat malakalariga qo‘yilayotgan talablarning xarakteri bajara olishning oliy tartibini uch turga ajratish imkonini beradi.
O‘rganganidan, egallaganidan qila oladigandan, atrof muhitni talablari bilan muvofiq, parallel yoki turli xil ketma-ketlikda samarali foydalanish lozim bo‘ladi. Masalan, yugurish malakasini tabiiy to‘siqlardan oshishda qo‘llash.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha shakllangan malakalardan foydalana olish, masalan yugurib ketayotib uloqtirish.
Ikki yoki bir-necha shakllangan malakalardan ketma-ket samarali foydalana olish. Masalan, dumbaloq oshishlardan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish.
Harakat malakasining shakllanishi va takomillashishi qonuniyatlari harakat faoliyatlarini o‘qitishning har bir holatida namoyon bo‘ladi. Lekin uning shakllanishi, takomillashishi va so‘nishining davomiyligi (uzunligi) juda ham turlicha va o‘quvchining qobiliyatiga, ayniqsa, malakaning o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘qituvchining shaxsi va ta’lim metodikasining takomillashuviga, ortib borayotgan harakat tajribasi va h.k.ga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |