Mavzu: Guldagi chetdan changlanishga moslanishlar



Download 85 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi85 Kb.
#723409
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Guldagi chetdan changlanishga moslanishlar
Elektrdan oraliq I, АЗА, 2 5406731344485029847, Цитология Бекчонова Нуржон, 11 информатика билет, FONETIKA TEST 1, KELAJAK FONI, KELAJAK FONI, Cambridge 16, Biosfera haqida umumiy ma\'lumot, matematika, 1 5022071097042927768, диплом, Маймун чечаги

Farruxbek Marimboyev

Mavzu: Guldagi chetdan changlanishga moslanishlar.

Reja:



1. Changlanish va otalanish xaqida tushuncha.
2. O`z-o`zidan va chetdan changlanish.
3. Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi.
4. Umumiy ma'lumot.

Changlanish- Otalanish
Changning otalanish changdonidan onalik og`izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo`ladi:
1. O`zidan changlanish-Avtogamiy
2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya
3. O`z-o`zidan changlanish.
Bu jarayon quyidagicha kechadi.
1) Avtogamiya - urug`chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o`tadi.
2) Geytenogamiya - bir o`simlik individuli o`rtasida bo`ladi, ya`ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o`simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi.
3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya`ni yopiqlik paytida changlanish bo`ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum) o`simliklarida ko`rish mumkin.

Buyuk biolog Charlz Darvin o`zining 27 yil mobaynida o`simlik gulining tuzilishini o`rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishi tabiatda ozroq bo`lishi, chetdan changlanish esa ko`proq bo`lishini ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishida xosili sog`lom bo`lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog`lom va o`zgaruvchan bo`lishini ta`kidlab o`tadi. Ivan Vlad, Michurin o`simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb xisobladi. O`zidan changlanuvchi o`simliklarga: arpa, bug`doy, no`xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g`o`za, zig`ir kiradi. Bu o`simliklar ba`zan chetdan ham changlanib turadi. Ba`zan paxta, zig`ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba`zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi.


Faqat o`zidan changlanuvchi o`simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko`rimsiz va ochilmaydigan bo`ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong`oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko`rimsiz gullar esa xosil beradi,o`zidan changlangan bo`ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba`zi o`simliklarning loviya, no`xat g`unchalik vaqtida o`zidan changlanadi. Arpa, bug`doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo`yadi. O`simliklarning ko`pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo`lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba`zan o`simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o`simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o`simliklar misol bo`ladi.


O`simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo`ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba`zan o`simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo`ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba`zi o`simliklarning otalik changi onaligi uchun zaxarli xisoblanadi. Buni orxid deb ataluvchi tropik o`simliklarda ko`ramiz. Qora bug`doy-roj o`simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun ham ko`pchilik o`simliklar chetdan changlanadi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo`ladi:


1. Shamol -Anemofil-veteropilyayemiye rast.
2. Xashoratlar yordamida -Entomofiliya-nasekomoopilyayemiye.
Ba`zi o`simliklar, mayda qushlar, mayda xayvonlar yordamida changlanadi. Hashoroatlar yordamida changlanishni entomofiliya deyiladi. Entomofil o`simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko`pincha to`pgullarga birlashgan bo`ladi. Gultoj barglari yaqqol ko`zga tashlanadi. Ranglari: oq, pushti, sariq, ko`k, qizil. Gullarida nektar bezlari yaxshi rivojlangan changlari yirik tukli yopishqoq bo`ladi. O`rik, gilos, shaftoli, anjir, nok kabi daraxt o`simliklar hashoratlar yordamida changlanadilar. M.tropik mamlakatlarda ba`zi o`simliklar va mayda daraxtlar kolibri degan kichkina qush yordamida changlanadi. Avstraliya o`rmonlaridagi o`simliklar olmaxonlar yordamida changlanadi. O`simliklar suv yordamida ham changlanadi. Bunday changlanish gidrofiliya, o`simliklar esa gidrofil o`simliklar deyiladi. Suvda o`sadigan elodeya, valesneriya o`simliklar suv yordamida changlanadi. Bularning changlari po`sti bir qavat, changni tashqi qavat ekzina bo`lmaydi.Changning shakli ipsimon. Changning solishtirma og`irligi suvning solishtirma og`irligi bilan teng. Shamol bilan changlanadigan o`simliklar anemofil o`simliklar, changlanish esa anemofiliya deb ataladi. Anemofil o`simliklarning gullari ko`rimsiz, mayda va ko`pincha kuchala to`pgulga birlashgan. Nektar bezlari yo`q. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarga ochiq urug`li o`simliklardan: archa, qarag`ay, yopiq urug`li o`simliklardan:terak, tol, yong`oq, nasha, jo`xori kiradi. M.qandlavlagining otalik changi shu qadar yengilki 2000 m balandlikka ko`tarila oladi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning changlari juda ko`p bo`ladi va kichikroq bo`ladi. M.o`rmon yong`og`ining 1 ta otalik gulida kuchalasida 4 mln. chang bo`ladi.

1 ta jo`xorining otalik to`p gulida 50 mln.chang bo`ladi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning gul to`plamlari, otaliklari, tebranib turadi. Onalik og`izchasi ham katta bo`ladi. O`simliklarning ko`pchilik qismi xashoratlar yordamida changlanadi. Gulli o`simliklarning 9/10 qismi xashorat, 1/10 qismi shamol yordamida changlanadi. Xashoratlar yordamida changlangan o`simliklarning gullari katta, chiroyli xidli bo`ladi. Ko`knori, gulsafsar, beda, mevali daraxtlar. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklar gullarida shira ishlab chiqaradigan nektarniklari bor. Bular shirani ishlab chiqaradigan nektar deyiladi. Uning tarkibida 25-90% suv, 3-72% saxaroza, glukoza bo`ladi. Bulardan tashqari xashoratlar o`simlik changidan oziqlanadi. M.asalari chang bilan lichinkalarini boqadi. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklarda nektarning qayerda bo`lishini ko`rsatuvchi belgilari bor: M.gulsafsarning toj bargida sariq tukchalar, lola, lolaqizg`aldoq, ko`knorini tojbargida qora dog`lar bor.



Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti