Tut (Morus)
Gazandao’tlar qabilasi Tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq TUT (M. alba) va qora TUT (M. nigra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox TUT (M. multicaulis), kagayama TUT (M. Kagayamae) va ipak qurti TUTi (M. bombycis) turlaridan, asosan, ipak qurti boqishda foydalaniladi. TUT tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Boʻyi 15— 18, baʼzilariniki 20–25 m, yoʻgʻonligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali TUT daraxtlaridan 20–40 kg gacha barg , 50–60 kg meva hosili olinadi. TUT ning egribugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun TUT) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi.Oq TUT (qarang Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. Oʻzbekistonda TUT qadimdan ekib koʻpaytiriladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. TUT ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. TUT urugʻidan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi.Qurt boqish uchun ekiladigan TUT navlari barg hosili moʻl, boʻyi baland, koʻp kallakli yoki buta shaklida oʻstiriladi. TUT novdalari kesilganda tezda yangi novda chiqaradi. Har yili qurt boqish uchun kesilganligi tufayli 60—70 yilda qarib, hosildan qoladi. Bunday TUT yoshartiriladi. TUT tanasi mustahkam chidamli, TUT yogʻochidan bochkalar, beshiklar, novdalaridan savatlar, zambillar, kajavalar, yengil stullar yasaladi. Ipak qurti boqish uchun TUT nihollari va koʻchatlarini yetishtirish, tutzorlar barpo etish — tutchilik pillachilikning muhim sohasi hisoblanadi. 1970—91 yillardaIpakchilik uHcmumymuda ipak qurti boqishga moʻljallangan TUT ning 9 navi (Mankent, Pioner, SANIISH33, Surxtut, Oʻzbekiston va boshqalar) va 3 duragayi chiqarilgan va rnlashtirish uchun davlat reyestriga kiritilgan.Kasalliklari: bakterioz, vilt, ildiz chirishi, poʻkaklanish va boshqa. Zararkunandalari: tut odimchisi, tut parvonasi, Komstok qurti, kuzgi tunlam, tripslar, boʻrtma nematodlar, simqurtlar, oʻrgimchakkana.
Ahamiyati: Oilaning tut turkumiga mansub o‘simliklari mevasining tarkibida 80% gacha qand moddasi va vitaminlar bor. Ular oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun oziqa hisoblanadi. Anjir o‘simligining hozirgi vaqtda 800 yaqin turi ma’lum.
Maklura (Maclura) turkumi vakillari daraxtlardan iboraTut Barglari oddiy, kctma ket joylashgan. Yosh novdalari va mcvalari sutshiraga boy. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Mevasi sharsimon to'pmcva. O'zbckistonda to'q sariq maklura ckiladi. U bo'yi 10—15 mli darax Tut Shoxlari tikanli. Barglari tuxumsimon, yaproqlarining uzunligi 4—12 sm, eni 3—7 sm, lo'pmevasi ctdor, shirali, yaltiroq-sariq, bujmaygan sharsimon. Aprcl-may oylarida gullab, avgust-sentabrda meva beradi. Manzarali o'simlik.
14-rasm. Maklura (Maclura) turkumi
Do'stlaringiz bilan baham: |