Magnoliyatoifalarning klassiflkatsiyasi
Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashning turli taksonlar orasidagi filogcnctik qimmatini olimlar turlicha talqin etishadi va o'z sistcmalarini qabila va oilalargacha yetkazishadi, xolos.
2-rasm. Magnoliyatoifalar
Faqat A.Englerning filogcnctik sistemasi (tizimi) turkumlargacha, ba'zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan. Ayrim noaniqliklari bo'lishiga qaramasdan bu sistcma hozirgacha ham o'z ilmiy qiymalini yo'qotgani yo'q. Ycr yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gcrbariylar, shu jumladan O'zR FA „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazidagi Gerbariy ham Englcr sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat gerbariyni o'z ichiga oladi.
A mmo sodda yoki murakkab, qadimiy yokipaydo bo'lishiga ko'ra yosh belgilarni ba'zan bir sistematik guruh yoki takson chegarasida, hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko'pchilik Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinium) da, akonit (Aconitum) da, aksincha zigomorf; Nilufardoshlar (Nymphaeaceae) ning ayrim vakillarida tugunchasi ustki, shoxona viktoriya (Victoria regia) da esa tugunchasi ostki; Ra'nodoshlardan (Rosaceae) qulupnay (Fragaria) va maymunjon (Rubus) da tuguncha ustki, olma (Malus), nok (Pyrus), na'matak (Rosa) turkumlarida esa tuguncha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining aksariyat turlarining gullari to'g'ri, ammo qiyagul (Lycopsis) da, ko'ztikan (Echium) ning gullari zigomorf va hokazo.
3-rasm. A.Taxtadjyan
Bundan tashqari, ko'pchilik hollarda sodda tuzilganlik birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin va uni aniqlash ancha qiyin. Masalan, oddiy gulqo'rg'onning umuman bo'lmasligi A.Engler va R. Vettshteyn bo'yicha birlamchi belgi hisoblansa, G.Gallir va A.Taxtadjyanlar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar. Anemofiliya ham xuddi shunday, R.Vettshteyn, A.Engler, N.Bush uni birlamchi hisoblasalar, G.Gallir va A.Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o'simliklarning paydo bo'lishini A.Engler va R.Vettshteynlar ikkilamchi deb hisoblaydilar, ammo G.Gallir va A.Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi.
Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistcmalari orasida rus olimi akademik A.L.Taxtadjyanning sistemasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan.
Magnoliyasimonlarning urug'lari ikki urug'pallali, Lolasimon- larniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'lari bir urug' pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan,
Ayiqtovondoshlar(Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Prirnu- laccac) lardan siklamcn (Ceclamen) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan csa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki urug'pallali ckanligi aniqlangan. Ba'zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi cng muhim belgidir.
Magnoliyasimonlarda urug'pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda csa terminal, ya'ni poyachaning uchida o'rnashgan.
Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o'q ildiz sistcmasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi.
Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashuv sodir bo'ladi; Lolasimonlarda esa kambiy yo'q, poya ikkilamchi yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc) larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning perifcrik qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir bo'ladi. Ammo ba'zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zea mays), qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo tezda uning faoliyati to'xtaydi.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan podofillumda (ikki urug'pallalilar) kambiy butunlay yo'q.
Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon lomirli, ba'zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki urug'pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaccae) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceac) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to'rsimon tomirlangan.
Magnoliyasimonlarning gul qismlari asosan 5 tadan, qisman 4 tadan, ya'ni 4—5 doirali, changchilari ba'zan 2—3 doira hosil qilib o'rnashadi, umumiy gul formulasi: Ca5 Co5 A5+5 G(5). Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a'zoli, umumiy gul formulasi: Ca0 Co3 A3 G(3). Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarining soni, doiralari soni qisman o'zgarishi mumkin. Masalan, Magnoliyasimonlardan zirklarda (Bcrbcris), lavrda (Laurus) gul qismlari har doirada uchtadan; Lolasimonlardan qarg'ako'z (Paris), rdest (Potamogeton) da esa gul qismlari 4 tadan.
7. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo'lishi va joylashuv tartibiga ko'ra ham farq qiladi. Ikkala ajdod ajdod belgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir bclgi cmas, balki bclgilar majmualaridan foydalanish va ularga asoslanish lo/imligini ko'rsatadi. Ayrim darsliklarning mualliflari (Kuznctsov, Bush, Lotsi) bir urug'pallalilar (Lolasimonlar)ni mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o'simliklarning oilalarini ikki urug'pallali (magnoliyasimon) lar sistemasining turli qismlariga joylashtiradilar. Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi, chunki bir urug'pallalilar o'ziga xos guruh bo'lib, ikki urug'pallalilardan ko'p jihatdan farq qiladi.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, hozir Yer yuzida magnoliya- toifalarning 2 ta ajdod, 533 oila va 13000 turkumga mansub 250000 taga yaqin turlari mavjud.
2.3 Gazandagullilar qabilasining xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) — Magnoliopsida, Dicotyledoncs
Bu ajdodning muhim va o'ziga xos xususiyati murtagining ikki
4-rasm. Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) — Magnoliopsida, Dicotyledoncs
urug'pallali bo'lishidir. Ammo kamdan-kam hollarda urug'pallalar
ta yoki 3-4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba'zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba'zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamehi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog'i va o'zagi aniq shakllangan. Murtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a'zoli (jag'-jag'* kurttana, zubturum) bo'lib, ba'zi turlaridagina 3 a'zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba'zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida). Kcyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10.000 ga yaqin turkum va 190.000 dan ko'proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O'zbckistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
5-rasm. Dilleniyakabilar kichik ajdodi (sinfi) — Dillenidae
Bu sinfchaga daraxtlar, butalar va o'tlar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Yog'ochli naychalari narvonsimon yoki oddiy pcrforatsiyali. Gulqo'rg'oni ikki qavat, spiral, spirotsiklik yoki halqa hosil qilib o'rnashgan; tojibarglari crkin yoki tutash; urug'chisi apokarp yoki sinkarp; ustunchalari crkin yoki qo'shilib o'sgan; tugunchasi ustki yoki ostki.
Ushbu kichik ajdodning soddaroq vakillari Magnoliyakabilar
(Magnoliidae) va Ra'nokabilar (Rosidac) ajdodlari oralig'ida filogenetik jihatdan bog'lovchi halqa hisoblanadi. Hajmiga ko'ra Dilleniyakabilar gulli o'simliklarning eng yirik sistematik guruhi bo'lib, 31 ta qabilani birlashtiradi.
Daraxt, buta va o’t o’simlik, barglari oddiy, yonbargli navbatlashib joylashgan, gullari simoz shaklidagi tupgullarda, kisman yakka xolda joylashgan, bir jinsli, aktinomorf. Gul qo’rg’oni oddiy kosachasimon, kosacha barg- pari odatda 4-6 tadan. Changchilari 4-6 ta. Ururchisi bit- ga, ikki mеva bargdan shakllangan. Tugunchasi ustki bir xonali. Mеvasi-yonrokcha yoki danak, ayrim xollarda rеza- zor mеva tuplamidan iboratut urug’i endospеrmli. Qabila tarkibiga 5 ta oila kiradi. Shulardan biz kuyidagi:
6-rasm. Gazandagullilar kabilasi — Urticales
Do'stlaringiz bilan baham: |