Mavzu: G‘arb ritorika san’atining shakllanishi



Download 64,22 Kb.
bet1/5
Sana27.03.2022
Hajmi64,22 Kb.
#512743
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu


2- MAVZU: G‘arb ritorika san’atining shakllanishi.
Reja:
1.G‘arbda ritorika maktablarining shakllanish tarixi.
2.Grek ritorika maktabining shakllanishi.
3.Mashhur grek ritoriklari.

Ritorika san’ati Qadimgi YUnonistonda vujudga keldi va katta mavqega erishdi. Ritorika san’ati haqidagi ilk ma’lumot Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida keltirilgan. U o‘z asarida Menelay, Nestor, Axill, Odissey kabi mashhur notiqlar bo‘lganligi, ular ritorika san’atining to‘rt yo‘nalishiga mansubligi, ritorika maktablarida tahsil olganliklari, xususan, Axillning Feniks nomli so‘z ustasi darsxonasida saboq olganligi haqida qayd etadi. Gomerning ritorika namoyandalarini o‘z asarlariga kiritganligi qadimgi YUnonistonda ritorika san’atining yuksak kamol topganligini ko‘rsatadi.


Qadim YUnonistonda ritorika san’atining rivojiga demokratiya sabab bo‘lgan. Bular:
Besh yuzlar Xalq Sud organi
kengashi majlisi
Kengash a’zosi o‘z pozitsiyasini himoya qila olsa, loyiha qabul qilinar, asoslay olmasa, qabul qilinmas edi. Ana shunday so‘z erkinligi, ya’ni demokratiya ritorika san’atining taraqqiyoti uchun qulay zamin yaratdi. Kengash notiqligi siyosiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun bu toifaga mansub notiqlarning ko‘pchiligi o‘z mavqeiga ko‘ra siyosiy yoki harbiy notiqlar bo‘lib, ular ijtimoiy-siyosiy ritorikaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldilar.
Ijtimoiy-siyosiy ritorikaning yirik namoyandalaridan biri Perikldir. Periklning ritorika mahorati haqida Evpolid shunday deydi: ”U so‘zda donoligi jihatdan hammadan ustun turadi. Uning lablariga ishontirish xudosi makon qurgan: u shu qadar maftun eta olardiki, notiqlar ichida, tinglovchilarida o‘z nishtarini qoldiradigan yakkayu yagonasi edi.”
Notiq-Periklning ibrat bo‘ladigan xislatlaridan biri shundaki, u yuksak mahoratga ega ekanligiga qaramay, to puxta tayyorgarlik ko‘rib, nutq matnini ko‘ngildagiday qilib to‘la-to‘kis yozib olmaguncha, sira minbarga chiqmagan.
Plutarxning aytishicha, odamlar qaysarlik qilib talab qilganda ham, tayyorlanib ulgurmaganligini aytib, so‘zga chiqmagan. U o‘z nutqida mantiq masalasiga alohida e’tibor bergan. Buning uchun u nutqida qo‘llanadigan fakt va hujjat, misol va dalillarni shunday joylashtirganki, natijada, uning nutqini eshitgan tinglovchida notiq pozitsiyasining to‘g‘riligiga hech qanday shubha qolmagan. Perikl nutq matnlarining tiliga va uning talqini jarayonidagi talaffuziga ham e’tibor berib, o‘z fikrlarini obrazli ifodalashga harakat qilgan.
YUnon demokratiyasining ikkinchi hal qiluvchi organi – qonun chiqaruvchi Xalq majlisi edi. Besh yuzlar muhokamasidan o‘tgan masala va loyihalarni keng umumxalq muhokamasiga qo‘yishar va ana shu muhokama natijasida muayyan masala yoki loyiha qabul qilinardi yo uzil-kesil inkor etilardi. SHu jarayonda fuqarolarning barchasi erkin ishtirok etish va erkin muhokama yuritish huquqiga ega edi.
Bu hol keng omma orasida ritorika san’atining rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratdi. CHunki ritorika san’ati har bir fuqaro uchun ehtiyojga aylangan edi. Ular ritorika san’atining asoslarini egallash uchun kurashar va maqsadga erishish uchun maxsus ustoz- o‘qituvchilardan dars olishardi. Badavlat oilalar esa o‘z bolalarini bolalik chog‘idanoq shu san’at sirlaridan xabardor etishga urinar va farzandlarini maxsus ritorika maktablariga berib o‘qitardi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ana shu ommaviy ehtiyoj tufayli ritorika san’atining boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim darajasidagi maktabi mavjud bo‘lib, ularda minglab kishilar ta’lim olardi.
SHuhrat qozongan maktablardan biri Isokratning maktabidir. Isokrat eramizdan avvalgi 436-338 yillarda yashagan. U ritorika, falsafa va yurisprudensiya sohasida Suqrot, Lisiy, Gorgiy kabi zabardast olimlardan saboq oladi. Sud notiqligi YUnonistonda eng katta mavqe va e’tiborga, amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan ritorika turlaridan biridir. Antik demokratiya qoidalariga ko‘ra har bir erkin fuqaro xohlagan paytida, xohlagan ishi bo‘yicha sudga murojaat etishi va o‘z manfaatini himoya qilishi mumkin bo‘lgan. Sud jarayonida sud hay’ati chinakamiga demokratik, odilona pozitsiyada turar, sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha ularning ritorika san’atidagi mahoratiga bog‘liq edi.

Download 64,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish