Mavzu: G‘arb ritorika san’atining shakllanishi



Download 64,22 Kb.
bet4/5
Sana27.03.2022
Hajmi64,22 Kb.
#512743
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

Lisiy (taxminan 459-380 y.y.)
Lisiyning asl vatani Sitsiliyadir. Notiqning otasi Periklning taklifiga binoan Afinaga kelib, shu erda o‘rnashib qoladi. Lisiylar oilasi shaharning anchagina davlatmand xonadonlaridan hisoblansa ham uning a’zolari metek, ya’ni kelgindi bo‘lganliklari sababidan Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. Peloponess urushida Afinaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida, demokratiyaning tarafdori sifatida Lisiyning akasi qatl qilinadi, uning o‘zi arang qochib qutiladi. 403 yilda demokratiya tartiblari yangidan tiklangach, Lisiy yana Afinaga qaytib, muttasil logograflik kasbi bilan shug‘ullana boshlaydi.
Qadimgilarning shahodatiga qaraganda, Lisiy merosidan bizga qadar faqat o‘ttiz to‘rttasi etib kelgan. Ularning barchasi, asosan, sud nutqlaridan iboratdir. O‘z faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan Lisiy, dastavval sud ahllarining va sudga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust tahsil ko‘rmagan odamlar bo‘lganlar, shu sababli ular ayyor va ustomon odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan hadiksirab ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu xildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta, biron odam ko‘maklashgan bo‘lsa kerak, deb gumon qilardilar. Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muhtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar orasida jamiyatning turli-tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy har bir nutqni yozishga kirisharkan, u avvalo buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish-kelmasligigi katta e’tibor beradi. Gapirishi lozim bo‘lgan kishining xarakterini, ijtimoiy ahvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq matnini ishlab chiqishga juda usta edi. Natijada Lisiy tayyorlagan nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi.
Isokrat (eramizdan oldingi 436-338)
Isokrat ritorika, falsafa va yurisprudensiya sohasida o‘z zamonasining eng yirik vakili hisoblangan. U ko‘zga ko‘ringan fan va madaniyat arbolari bo‘lgan Suqrot, Tisiy, Gorgiylardan ta’lim olgan. Isokrat siyosiy vaziyatga ko‘ra 404 yilda Xios oroliga ko‘chib ketadi va u erda ritorika maktabini ochadi. Bir yildan so‘ng, Afinada demokratiya tiklangach, ona yurti Attikaga qaytib keladi. Isokrat ona shahrida logograflik bilan shug‘ullanadi. Afinada ritorika maktabini ochadi va qariyb 40 yil davomida ustozlik qiladi. O‘z zamonasida Isokratning ritorika maktabi juda katta shuhrat qozongan. SHuning uchun ham u ochgan maktabga afinaliklargina emas, balki YUnonistonning barcha burchaklaridan o‘quvchilar kelib tahsil oladilar.
Natijada Isokratga to‘lanadigan mehnat haqi ham ko‘payib ketadi. O‘z davrining mashhur kishilaridan hisoblangan ulug‘ notiqlar Likurg va Giperid, zabardast tarixchilardan Efor va Feopomp Isokrat maktabini
bitirishgan edi.
Isokrat mahoratli ustozgina emas, balki o‘z zamonasining yirik notig‘i ham edi. U ritorika san’atining nazariyotchilaridan biri sanalgan. Bizgacha uning 27 ta nutqi turlicha ahvolda etib kelgan.
Isokratning nutqlarini quyidagicha tasnif etish mumkin:
1. Sud nutqlari – 6 ta.
2. Epideyktik nutqlari – 6 ta
3. O‘quv-epideyktik nutqlari – 9 ta
4. Siyosiy nutqlari – 6 ta.
Bulardan tashqari uning 9 ta maktubi va ritorikaga oid qo‘llanmasidan parchalar ham etib kelgan. Bu manbalar notiqning ijodiy faoliyatini o‘rganishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Isokrat notiqligining biz uchun ibratli tomoni shundan iboratki, u nutq matnlari ustida uzoq ish olib borgan va ixtirolari bilan boshqa notiqlar nutqidan farqlanib, ajralib turgan. Notiq o‘z nutqining tashqi bezagiga juda katta e’tibor bergan. Buning uchun u “gorgiy figuralari” deb dong taratgan uslubdan keng foydalangan. Natijada “gorgiy figuralari” sistemasini yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘targan. Isokrat nutqini shakliy bezak san’ati egallab olganligi uchun ham uning nutqlarida shaklning mazmundan ustun kelish holatlarini sezish mumkin. Biroq Gorgiy uslubini ijodiy rivojlantirgan Isokrat o‘z ustozining ovoziga xos bo‘lgan balandparvozlik xususiyatini yo‘qotadi va ko‘rkam figuralar bilan bezalgan nutqlarining tabiiy va sodda bo‘lishiga erishadi.
Isokratning ritorika san’atida o‘rnak olishga arziydigan yana bir xizmati bu nutqning davrlarga bo‘linishiga alohida e’tibor berganligidir. Nutqlarning davrlarga bo‘lib Isokratdan avval ham amalga oshirilgan edi. Biroq Isokratning asosiy xizmati nutqlarining ayrim davriy bo‘laklari o‘zining cho‘ziqligi, bir xilligi bilan ajralib turganligidadir. CHunki u nutqning musiqiyligini so‘z va jumlalarning ichki tuzilishidan izladi. Bu esa o‘sha davr ritorika san’atida yangi ijodiy qadam edi.

Download 64,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish