6-Laboratoriya
Mavzu: Galogenlar mavzusini o`qitishda eksperimentdan foydalanish
Reja
1. Galogenlarning xossalariga oid tajribalar o`tqazish
2. Hisobot yozish.
Kerakli asbob va reaktivlar: xlor olish asbobi, xlorni yig`ish uchun bankalar (yoki kolbalar), silindrlar, probirkalar, kristallizator, vodorod xloridning suvda erishini ko`rsatish uchun qalin devorli banka yoki kolba, uchta tubulusi bor yuttirish kolonkasi.
Xlorid kislota, marganes (IV)-oksid (yoki kaliy permanganat), lakmus, ishqor eritmasi, mis, temir.
1- tajriba. Xlorning olinishi. (mo`rili shkafda bajariladi). Vyurs kolbasiga 20-30 g oksidlovchi solinadi. Oksidlovchi sifatida marganes (IV) - oksid, kaliy permanganat, (kislorod olish uchun kizdirilgan kaliy permanganat qoldig`idan (bu kaliy manganat K2MpO4 bilan marganes (IV)-oksid MpO2 aralashmasidan iborat bo`ladi) foydalaniladi. Marganes (IV)-oksid ishlatilgan taqdirda reaksiya qizdirish yo`li bilan olib boriladi, boshqa oksidlovchilar ishlatilganda esa kolba qizdirilmasa xam reaksiya yaxshi boraveradi.
Xlor bankalarga yoki silindrlarga yig`iladi. Buning uchun Vyurs kolbasining gaz chiqarish nayi banka yoki kolbaga ulanadi. Kolba og`zi gaz chiqarish nayi o`tkazilgan rezina probka bilan berkitilgan. Nayning uchi kolbadan havo bilan birga qo`shilib chiqadigan xlorni yutadigan ishqor eritmasiga botib turadi. Vyurs kolbasiga konsentrlangan xlorid kislota oz-ozdan quyib turiladi. Idishning xlorga to`lganligini uning sarg`ish-yashil rangidan bilish mumkin (kolba orqasiga oq qog`oz qo`yiladi). Elektr nurida xlorning rangi yaxshi sezilnaydi. Agar mo`rili shkafga ko`k lampochka o`rnatilsa, ko`k shu’lada xlorning rangi yaxshi ko`rinadi. Idish xlorga tulgandan keyin uning og`zi rezina probka bilan zich berkitiladi; bu vaqtda Vyurs kolbasidan xlor uzluksie chiqib turganligi sababli gaz chiqarish nayining uchini ishqor eritmasiga tushirib qo`yish kerak. Bundan keyin boshqa bir kolba og`zi gaz chiqarish naylari bor probka bilan berkitiladi va unga xlor to`ldiriladi. Qolba yoki bankalarga (bulardan ikkitasiga oldin ozroq qum solinadi) va bitta probirkaga (bu probirka ham kolbalar kabi probka bilan berkitiladi) xlor to`ldiring. Iig`ilgan xlor bundan keyingi tajribalarda ishlatiladi.
Xlorning xossalari
1- tajriba. Xlorning vodorod bilan o`zaro ta’siri.
Vodorodning tozaligi tekshirib ko`rilgach, u vodorod olinadigan asbob nayining uchida o`t oldiriladi va xlorli idishga tushiriladi. Vodorod xlorda xam yonib turaveradi, ammo alangasining rangi keskin o`zgarib ketadi - uning rangi oqish bo`lib qoladi. Vodorodni xlor batamom yo`qolguncha yoqish kerak. So`ngra bankaga ko`k lakmus eritmasi quyiladi, lakmus qizil tusga kiradi. SHuni nazarda tutish kerakki, agar bankada juda oz bo`lsada, xlor qolgan bo`lsa, u lakmusni parchalaydn va eritma rangsizlanadi.
2- tajriba. Misning xlorda yonishi. Sim dastasi kuchli kizdirilganidan keyin tigel qiskich bilan qisib olishb, xlorli bankaga tushiriladi. Mis qattik kizib, sinib ketadi, banka ichi mis (P)-xlorid va mis (1)-xloridning qattiq mayda zarrachalarndan iborat qo`ng`ir tutunga to`ladi. Bankaga ozgina qum solib qo`yiladi, aks holda mis yonganda banka tubiga uzilib tushishi va banka yorilib ketishi mumkin.
3- tajriba. Temirning xlorda yonishi.Temir koshikchaga ozroq (2 g) temir kukuni solib kattiq kizdiriladp va xlorli idishga oz-ozdan sepiladi. Temir har tomonga uchkunlar sochib yonadi. YOnish maxsulotlari banka tubiga tushganda banka darz ketmasin uchun tubiga qum sepib qo`yiladi.
Hisobot yozish
Jonlashtirish uchun savollar
1. Maktab darsligi materialidan foydalanib, xlorning ishlatilish sxemasini chizing.
«Galogenlar» mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish
Ishni bajarish tartibi:
Xlorid kislotaning asosiy xossalariga taalluqli tajribalar o'tkaziladi. Tajribalar xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Ish quyidagi jadval asosida olib boriladi.