Markaziy hujumchi
Bu iqtisosdagi futbolchi hamma vakt darvozaga intilib turadi va zarba berish joyiga chiqish
uchun eng yaqin yo‘l izlaydi. U hamma vaqt raqiblardan bir nechtasining qattiq nazorati ostida
bo‘ladi, shuning uchun ham ochilib chiqishlar bilan raqib mudofaasidagi asosiy o‘yinchilarni
chalg‘itishlarni birga qo‘shib ko‘p manevrlarni amalga oshirish kerak. Markaziy hujumchi qanot
hujumlari vaqtida jarima maydoni markaziga yoki darvozaning o‘ziga yaqin turgan ustuniga qanot
hujumchisi g‘izillatib yoki uzatib bergan to‘p qarshisiga chiqib, to‘p uchun kurashda
himoyachilardan ko‘ra ildamlik qilishga intiladi. Markaziy hujumchi to‘p olgandan keyin asosan
raqibni aylanib o‘tish vositalaridan foydalanib, darvozani mo‘ljallab zarba berish uchun sharoit
yaratishga harakat qiladi. Biroq sheriklarni ham unutib bo‘lmaydi. Markaziy hujumchilar ular bilan
hamkorlik qilishdan raqibni yutib chiqishni osonlashtirish uchun va darvozani zabt etishga qulayroq
joyda turgan sherigiga to‘p oshirib berish uchun foydalanishi kerak.
Ayrim epizodlarda markaziy hujumchi orqaga chekinib ochilishi ham mumkin. Sherigiga
zonani bo‘shatib berish yoki raqib qo‘riqchilaridan nariroqda to‘p olib, keyin tezkor manevr qilish
uchun shunday qilinadi.
Hujumchilar soni oz-ko‘p bo‘lgandagi hujum harakatlari
37
To‘rt hujumchi, bilan hujum qilish.
To‘rtta hujumchi bilan bo‘ladigan hujumda qanotlardan foydalangan ma’qul. Tezkorlik
xislatlari yuksak bo‘lgan qanot hujumchilari yakka kurashda yoki eng yaqin turgan sherigi yordami-
da uni qo‘riqlayotgan o‘yinchini dog‘da qoldirib, ilgarilab keta boshlaydi. Bunda quyidagicha
harakatlarni amalga oshirishi mumkin:
a) darvoza chizig‘i yaqiniga chiqish va to‘pni kalla qo‘yib hujumni yakunlash uchun
mumkin qadar uzoqdagi ustun yaqiniga tepalatib uzatish;
b) darvoza chizig‘i yaqiniga chiqib, keyin sherigi zarba berishini yoki raqib oyog‘idan
rikoshet bo‘lishini mo‘ljallab to‘pni darvozaning uzunasiga yoki sal orqaroqqa pastdan g‘izillatib
berish;
v) qanot hujumchisining darvoza ro‘parasida zarba berish joyiga chiqishi, ya’ni «burchak
kesib» chikiщi.
Markaziy hujumchilarning asosiy vazifalari — markazdan yorib o‘tishni uyushtirish.
Darvozani zabt etishga qulay joyda bo‘lganlari uchun ular aylanib o‘tishlar va sherik bilan
hamkorlik qilishlarni birga qo‘shib olib borishdan keng foydalanib, dadil, keskin harakat qilishlari
kerak. Bu ixtisosdagi o‘yinchilar darvozabondan shtangadan qaytgan to‘plarni qayta urib kiritishga,
darvozani mo‘ljallab zarba berish uchun paydo bo‘lib qolgan ozgina imkoniyatdan ham foydalanib
qolishga hamma vaqt tayyor turadilar. Agar hujum markazdan bo‘layotgan bo‘lsa, unda markaziy
hujumchilar sohta manevrlardan va joy almashinishlardan foydalanib, o‘zgaruvchan tezlikda
o‘ynab, zarba beradigan joyga ochilib chiqishga harakat Qiladilar. Markaziy himoyachilardan
birining orqasidan ochilib chiqish eng foydali ochilish hisoblanadi. O‘rta qator o‘yinchisini
hujumga qo‘shib kombinastiya qilishda markaziy hujumchi sohta manevr kilib, sherigi kirib
keladigan zonadan markaziy himoyachini olib ketishi kerak. O‘rta qatorning o‘yinchilari oldingi
marralarga chiqishi mumkin. Bunda ulardan biri hujumda faol ishtirok etadi, ikkinchisi esa qanot
himoyachilari bilan birgalikda hujumni quvvatlab sal orqaroqda harakat qiladi. Biroq o‘rta qator
o‘yinchilari epizodik tarzdagina hujumning birinchi esheloniga qo‘shilishlari kerak. O‘rta qator
o‘yinchilarining hadeb ilgarilab ketaverishi to‘rtta hujumchining harakatlarini qisib, ularni operativ
o‘yin joyidan mahrum qilib qo‘yadi. Qanot himoyachilari ham hujumga epizodik tarzda qo‘shilib
turadilar. Mudofaadagilar to‘p olganlaridan keyin javob hujumi vaqtida asosan shunday qilganlari
ma’qul. Markaziy himoyachilar esa kamdan-kam hujumga tashlanadilar, chunki maydon markazida
raqiblarning hamkorlik qilayotgan o‘yinchilari borligini, buning oqibatida o‘z darvozalari xavfda
qolishi mumkinligini hamma vaqt yodda tutadilar. Agar raqiblar faqat zona himoyasi sistemasini
qo‘llansalar unda hujumchilar harakatiga quyidagilar xos bo‘ladi:
a) o‘rta qator o‘yinchilari va qanot himoyachilari hujumga qo‘shilib, kollektiv manevr qilish
hisobiga hujumning ayrim uchastkasida son jihatdan ortig‘lik hosil qilish;
38
b) darvoza oldidagi ma’lum zonada raqiblardan birini yakka kurashda shaxsan yutib chiqib,
keyin qo‘shni zonada son jihatdan ortig‘lik hosil qilish yoki hujumni zarba berib tugatish.Agar
raqiblar aralash himoya sistemasini qo‘llanib, asosiy o‘yinchilarni juda yaqindan qo‘riqlasalar, unda
hujum qilayotganlar quyidagi harakatlarni bajarishlari kerak:
a) himoyachilarni tarqatib yuborish va ayni vaqtda qanot hujumchisi bilan ikki kishilik
kombinastiyalar uchun yaxshi imkoniyat yaratish maqsadida dispetcherlik vazifasini sheriklaridan
biriga o‘tkazib, dispetcherning o‘zini shaxsiy qo‘riqchisi bilan birga qanotga o‘tkazib yuborish;
b) maydonning eni bo‘ylab va qisman maydon ichkarisida faol manevr qilish.
Uchta hujumchi bilan
hujum qilish
Uchta o‘yinchisini oldinga chiqarib hujum qiladigan jamoalar, odatda ikkita qanot
hujumchisi va bitta markaziy hujumchi bilan, ahyon-ahyonda esa ikkita markaziy hujumchi va bitta
qanot hujumchisi bilan o‘ynaydilar.
Bundagi ataka uyushtirishning quyidagi holatlari yuqorida bayon etilganlardan farq qiladi:
a) hujumning birinchi esheloniga maydon o‘rtasidagi uch o‘yinchidan ikkitasi faol
qo‘shiladi (ko‘pincha bu orqaroqda o‘ynaydigan yarim hujumchi va dispetcher bo‘ladi);
b) yarim himoyachi hujumga sistematik tarzda qo‘shilib turadigan qanot himoyachilari bilan
birgalikda hujum ikkinchi eshelonini hosil qiladi;
v) ikkita markaziy himoyachilardan biri epizodik tarzda hujumga qo‘shilib turadi (odatda bu
katta tezlikda bajariladi va rakib darvozasiga real xavf solinadi). Hujumga qo‘shiladigan
o‘yinchilarning hammasi hujumchining harakatlarini mohirona bajara olishi, ya’ni universal tayyor-
garlik ko‘rgan"o‘yinchilar anchagina bo‘lishi hujum chinakam zo‘r bo‘lishini ta’minlash uchun
zaruriy shart hisoblanadi. Zonalariga hujum ikkinchi eshelonidagi sheriklaridan birontasi kirib
kelishi mumkin bo‘lgani uchun ham qanot hujumchilari maydonning eni bo‘ylab tez-tez manevr
qilib turadilar. Bularning hamasi hujumchilarga hujum yo‘nalishini uzluksiz o‘zgartirish, kuchlarni
qayta guruxlab turish imkonini
beradi. Ana shuning uchun ham hozirgi zamon futbolida uchta «sof»
hujumchisi bor hujum uyushtirish juda keng tarqalgan. Agar jamoa ikkita markaziy hujumchi bilan
o‘yin qilayotgan bo‘lsa, unda qanotlardan biri bo‘shab qoladi. Undan qanot himoyachisini yoki
o‘rta qator o‘yinchilaridan birini hujumga qo‘shish uchun foydalangan ma’qul.
Ikkita hujumchi bilan hujumqilish.
Ikkita hujumchi bilan hujum qilish oldingilaridan anchagina farq qiladi. Bu xil hujumni
uyushtirishda kamida ikkita yarim hujumchining va dispetcherning qatnashishi shart. Yaxshi
tayyorgarlik ko‘rgan ana shunday ixtisosdagi o‘yinchilar bo‘lmasa, ikkita hujumchili sxema
ochiqdan-ochiq mudofaa sxemasi bo‘lib qoladi, oqibat match davomida tashabbusni qo‘lga olishni
qiyinlashtirib qo‘yadi. Bu sxemadagi asosiy taktik variantlardan biri sheriklardan birining (qanot
himoyachisining, o‘rta o‘yinchisining) hujumga faol qo‘shilishi uchun biron qanotny sun’iy
39
bo‘shatib qo‘yishdir. O‘rta qatordagi to‘rt o‘yinchining deyarli har biri hujumchi vazifasini
zimmasiga ola biladi. Bu individual tarzdagina emas, balki ikqi, uch kishi bo‘lib improvizastiya
qilish imkonini yaratib, maydonning turli joy va nuqtalaridan muvaffaqiyatli hujum qilishga
yordam beradi. Hujumchilar hujumni tayyorlashda maydonning eni bo‘ylab ko‘p manevr qiladilar.
Ular tez hujum paytida o‘yinni keskinlashtiradigan qilib uzatilgan to‘pni olib, zarba joyiga chiqish
imkonini yaratadilar yoki o‘ziga xos «ochiqlik»lar— sheriklar kelib qo‘shilishi uchun bo‘sh zonalar
hosil qiladilar. Bu «ochiqlik» larga o‘rta qator o‘yinchilari, qanot himoyachilari va hatto markaziy
himoyachilar
uzliksiz
yorib
kirib
turadilar.
Bularning
hammasi
orqadagi
axvoldan
xavfsiramaydigan va ko‘p yurishli kombinastiyalarda hamkorlik.qiladigan 5—6 faol o‘yinchi
hujumga qo‘shilib, tadrijiy hujum qilishiga qulaylik yaratadi. Hujumda o‘rta qator o‘yinchilariga
juda muhim o‘rin ajratilgan. Ular hujum harakatlarini uyushtiribgina qolmay, balki ko‘pincha
hujumni yakunlaydilar ham. Vazifasi hujumda muntazam ravishda va o‘ylab ishtirok etishdan
iborat qanot himoyachilari ham ko‘tarinki faollik bilan harakat qiladilar. Ular yo qanot hujumchilari
singari xarakat qilib, qanotdan o‘tib boradilar, yoki ikkinchi eshelonda harakat qilib, sheriklarini
quvvatlab turadilar. Markaziy himoyachilar hujum harakatlarining roli ham ortib, ular raqiblar
mudofaa qatoriga tez-tez yorib kiraveradigan hamda nisbatan «nazoratsizliklari»dan foydalanib,
zarba berish joyiga tez-tez chiqadigan bo‘lib qoladilar. Shunday paytlarda ular yo darvozani zabt
etishga urinib ko‘radilar, yoki mudofaadagi o‘yinchilarni chalg‘itib, sheriklarining harakati uchun
qulay sharoit yaratib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |