2
KIRISh.
Hozirgi kunda millionlar o‘yini nomini olib ulgurgan eng ommaviy sport turi futbol xaqida
gap ketganda barchamiz rivojlanib borayotgan O‘zbekiston futboli tarixi, kelajagi xaqida
qiziqishimiz aniq. Shu o‘rinda Vatanimizda yosh futbolchilarni xozirgi kundagi tayyorgarliklari
xavas qilgudek darajaga etishida xozirgacha bosib o‘tilgan yo‘llar zaxmatlidir.Futbol -
O‘zbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. O‘zbek futbolining
tarixi chuqur va
mustahkam ildizga ega bo‘lib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi. 1912-yildayoq, hozirga
kelib «Millionlar o‘yini» deb atalayotgan mazkur o‘yin «kasalligi» bilan Farg‘ona va Qo‘qonning
butun aholisi «og‘rigan» edi. O‘zbek futboli tarixidagi ilk jamoa ham aynan shu vohada paydo
bo‘lgani ham fikrlar isbotidir. Shundan so‘ng, Samarqand, Toshkent, Andijon,
Namangan hamda
O‘zbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo bo‘la boshladi. O‘tgan asrning 20-
yillari o‘rtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham o‘tkazila boshladi. 1928-yilda
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi asos solindi. O‘sha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada
o‘tgan spartakiada baxslarida o‘ziga hos natijalarni qayd etdi.1956-yilda esa, hozirga kelib, nafaqat
O‘zbekistonning, balki butun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri «Paxtakor» futbol klubiga
asos solindi. «Paxtakor» jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-o‘rinni
egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yo‘l olishgan.
O‘sha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi «Politotdel», Jizzaxning «Bo‘ston»,
Farg‘onaning «Neftchi», Namanganning «Navbahor», Samarqandning «Dinamo» klublari ham
Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
1991-yilda O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Futbol Federastiyasi (O‘FF)
1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederastiyasi (OFK) hamda FIFAning to‘laqonli a’zosiga
aylandi. Shu yo‘l bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga
kiritdi. Jahon
va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari musobaqalari o‘z
navbatida Federastiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi
murabbiylariga bo‘lgan munosabatlarini tiklash va qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratib berdi.
Ana shu e’tibor va harakatlar bois, turli yillarda Farg‘onaning Neftchi
hamda Qarshining Nasaf
jamoalari Osiyoning klublar o‘rtasidagi nufuzli Qit’a Kubogi o‘yinlarida muvafaqqiyatli ishtirok
etdi. Yutuqlardan bir shingil sifatida, O‘zbekiston terma jamoasining 1994-yilda, Yaponiyaning
Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lganini alohida tilga olish mumkin.
Bu hozirga qadar, O‘zbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi. Shuningdek,
2000-yilda Futzal, ya’ni kichik-futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma
jamoasi Osiyo chempionati
ikkinchi o‘rinni egalladi.
2002-yilga borib, 20-yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma
jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Terma jamoalarning
3
muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich
Karimov hamda mamlakat
hukumatining diqqat va e’tibori bilan bog‘lash mumkin. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni
rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada,
mini-futbol, ayollar hamda bolalar va o‘smirlar futboli,
ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob
beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va
klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab bo‘ldi.