Mavzu: futbolda darvozabonning texnik


Uchib kelayotgan to‘pni pastdan ilib olish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Uchib kelayotgan to‘pni pastdan ilib olish 
To‘pni yuqoridan ilib olish 



Bu ish yugurish qadami, juftlama qadam yoki chalishtirma qadam bilan, shuningdek 
ko‘proq bir oyoqda depsinib yuqoriga, oldinlab yukoriga yoki yon tomonga yukorilab sakrash bilan 
amalga oshiriladi. Shundan keyingi harakatlar sistemasining tahlili yuqorida berilgan. 
To‘pni yuqoridan ilib olish o‘rtacha traektoriyada (ko‘krak va bo‘y baravar) uchib 
kelayotgan, shuningdek baland uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan to‘gglarni egallab 
olish uchun qo‘llaniladi. 
Darvozabon tayyorlov boskichida dastlabki xrlatni egallayotganda qo‘llarini sal bukib, 
oldinga yoki yukorilatib oldinga (to‘pning uchib kelish balandlitiga qarab) uzatadi. Oldinga 
qaratilgan kaftlarning barmoqlari yoziq, yarim bukilgan bo‘lib, «yarim sfera» singari shakl hosil 
qilib turadi. Bosh barmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo‘lmaydi (3-5 sm dan oshmaydi). 
Ishchi bosqichda to‘p qo‘lga tegish paytida barmoklar uni sal oldinroq yonidan tutib oladi, 
barmoklar bir-biriga salgina yaqinlashadi. Barmoqlarning so‘ndiruvchi harakati va qo‘llar bukilishi 
hisobiga to‘pning tezligi so‘ndiriladi. Yakunlovchi bosqichda darvozabon qo‘llarini maksimal 
darajada bukib, to‘pni eng qisqa yo‘l bilan ko‘kragiga tortadi. 
O‘yin sharoitida darvozabon to‘pni asosan u uchib kelayotgan tomonga kerakligicha 
jilgandan keyingina ilib oladi. Buning uchun harakatlanish texnikasining turli usullari va ularning 
birga qo‘shilgan variantlari qo‘llaniladi. 
To‘pni yonidan ilib,to‘pni yiqila turib olish
(uchish fazasisiz) ilib olish 
Baland to‘plarni, ya’ni baland traektoriyada uchib kelayotgan to‘plarni qo‘lga kiritish uchun 
sakrab ikki qo‘llab yuqoridan ilib olish qo‘llaniladi. To‘pning uchish yo‘nalishiga qarab bir yoki 
ikki oyoqda depsinib yuqoriga, yuqorilab oldinga yoki yuqorilab yonga sakraladi. 
Harakatlanayotgan paytda asosan bir oyoqda, joyda turganda esa ikki oyoqda depsinib sakraladi. 
Depsinish paytida qo‘llar silkinch harakat qilib, to‘p tomon yuqoriga uzatiladi. To‘pni ilib olgandan 
keyin oyoqlarni bir oz bukib erga tushiladi. 
To‘pni yondan ilib olish darvozabonning yon tomoniga o‘rtacha traektoriyada uchib 
kelayotgan to‘plarni qo‘lga kiritish uchun qo‘llaniladi.Tayyorlov bosqichida qo‘llar oldinlatib 
yonga, to‘p uchib kelayotgan tomonga uzatiladi. Panjalar deyarli parallel, barmoqlar sal yoziq va 
yarim bukik. Gavdaning og‘irligi to‘p ilinadigan tomondagi oyoqqa o‘tkaziladi. Gavda ham shu 



tomonga sal buriladi. Ishchi va yakunlovchi bosqichlar bajarilish tuzulishi jihatidan to‘pni 
yuqoridan ikki qo‘llab ilib olishdagiga o‘xshaydi. 
To‘pni yiqla turib ilib olish darvozabondan chetga qo‘qqisdan, aniq, goho esa juda kattiq 
yo‘naltirilgan to‘plarni qo‘lga kiritiishing samarali vositasidir. To‘p uzatilganda (darvoza bo‘ylab 
«g‘izillatib» berilganda) ushlab qolish va raqib oyog‘idagi to‘pni olib qo‘yishda qo‘llaniladi. Iiqila 
turib to‘p ilishning ikki varianta bor: uchish bosqichisiz ilish va uchish bosqichi bo‘lganda ilish. 
Birinchi variant odatda darvozabonning yon tomoniga undan 2—2,5 m narida yumalab yoki past 
uchib kelayotgan. to‘plarni ilib olish uchun qo‘llaniladi (56-rasm). Tayyorlov- boskichida to‘p 
harakati tomonga katta qadam tashlanadi. To‘pga yaqin turgan oyoq qattiq bukiladi. Og‘irlik 
markazining o‘qi tayanch sathidan chiqarilib, pastroq tushiriladi. Qo‘llar to‘p tomon keskin 
uzatiladi, bu gavdaning harakatlanishiga ham, yiqilishga ham yordam beradi. Erga tushish bunday 
tartibda bo‘ladi: oldin oyoq- 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish