Mavzu: futbolda darvozabonning texnik


Darvozabonning mudofaadagi harakatlari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

 
Darvozabonning mudofaadagi harakatlari. 
Darvozabonning asosiy vazifasi bevosita o‘z darvozasini himoya qilishdir. Bunda 
«darvozadagi harakatlar» bilan «darvozadan chiqqandagi harakatlar»ni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Darvozadagi harakatlar 


14 
Raqibning yakunlovchi zarbalaridan darvozani bevosita himoya qilishda darvozabon 
quyidagilarga rioya qilishi kerak: 
1.
 
Joy (joy) tanlash. To‘g‘ri tanlangan joy darvozabonga eng kam kuch sarflab, raqiblar 
darvozaga yo‘naltirgan to‘plarni ishonchli qabul qilib olish imkonini beradi. Bunda hujum 
qilayotgan jamoaning to‘pni boshqarayotgan o‘yinchisi ho-latini, ya’ni qanday burchak hosil qilib 
zarba berilishini hisobga olish zarur. Burchak qanchalik o‘tkir bo‘lsa (masalan, raqiblar jamoasining 
o‘yinchisi qanotda darvoza chizig‘iga etib qolsa), darvozabon to‘pi bor o‘yinchi tomondagi ustunga 
shunchalik yaqinlasha boradi. Markazdan hujum bo‘lganda darvozabon nishonga urish burchagini 
toraytirish va darvozaning istalgan burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni olishni osonlashtirish uchun bir 
oz oldinroqqa chiqishi kerak. Joyni yaxshi tanlovchi darvozabon to‘pga kamdan-kam yiqilib 
tashlanadi. Bu esa hujumchi go‘yo darvozabonni poylab to‘p yo‘naltirganday taassurot hosil qiladi. 
Xuddi shuning o‘zi joy tanlay bilishga berilgan eng yuksak bahodir. 
2. Qaysi hujumchi qanday yo‘nalishda zarba berishni yaxshi ko‘rishini bilish. Tajribali 
darvozabonlar raqiblar harakatini sinchiklab o‘rganib, ba’zan har qaysi etakchi hujumchiga 
kartotekadek bir nima tuzib boradilar. Bu umumiy qonuniyatlargagina emas, balki mazkur konkret 
raqibning xususiyatlariga asoslanib joy tanlashni ko‘p jihatdan osonlashtiradi. Shuning uchun 
darvozabon gohida «to‘g‘ri joy»ga nisbatan u yoki bu tomonga ko‘proq siljib fikran to‘g‘ri qiladi. 
3. O‘z harakatlarining kuchli va zaif tomonlarini bilish. Ayrim hollarda darvozabon yiqila 
turib to‘p olish qulayroq tomonda darvozaning kattaroq qismini qoldiradi. Bu hol darvozaning 
kattaroq qismini to‘sish uchun eng qulay joy tanlash imkonini beradi. Joy tanlashni 
takomillashtirish sistematik suratda mashq qilishni, har bir match davomida yig‘inchoqlikni, 
nihoyatda e’tibor berib o‘ynashni, bosiqlik va shoshilmaslikni talab qiladi. Harakat usulini tanlab 
olish darvozabonga berilgan zarbani bir yoqlik qiladigan texnik usulni to‘g‘ri ijro etish imkonini 
beradi. Bunda darvozabon quyidagilarni e’tiborga oladi: darvozadagi o‘z joyini, to‘pning uchish 
traektoriyasini (to‘p yuqoridan, pastdan, yon tomonga yaqinroqdan yoki uzoqroqdan va hokazo 
kelayotganini); zarba kuchini, ya’ni to‘pning uchish tezligini (to‘pni ilib olish tomoniga surilish 
yoki uni yiqila turib ilish kerakligi shunga bog‘liq); o‘z o‘yinchilari va raqib o‘yinchilari qanday 
joylashganini (shunga qarab to‘pni ilib olish, qaytarib yuborish yoki tashqariga o‘tkazib yuborish 
kerakligi hal qilinadi); maydon va to‘pning ahvolini (to‘pning sirti va er ho‘lmi yoki quruq ekani va 
hokazo). 
Harakat usulini aniqlab olgandan keyin darvozabon tegishli texnik usul yordamida uni 
amalga oshiradi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish