Nurmamatov Jamoliddin 2-kurs 203 guruh



Download 6,02 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi6,02 Kb.
#606075
Bog'liq
NURMAMATOV JAMOLIDDIN

Nurmamatov Jamoliddin

2-kurs 203 guruh


Mavzu: Qoʻl toʻpi oʻyinida darvozabon oʻyini texnikasi va taktikasini tasnifi
Darvozabon o‘yin texnikasi
Darvozabon himoyaning oxirgi chizig‘i, uning ishonchli harakati jamoa muvaffaqiyatini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Darvozaga yo‘llangan to‘p soniyasiga 25 m tezlikda uchadi, darvozabon harakati esa, undan tezroq bo‘lishi lozim. Darvozabonning to‘g‘ri joylashishi, zarba yo‘nalishini oldindan ko‘ra bilishi va tez reaksiya qilishi muvaffaqiyat omili bo‘ladi. Darvozabon o‘yin texnikasi turish, harakatlanish (siljish), yiqilish (tashlanish)lardan iborat. Darvozabon to‘pni qo‘liga ilib olishi, qaytarishi yoki oyoq bilan qaytarishi mumkin. Darvozabonning to‘pni tashlab berishi ham uning texnik harakatlariga kiradi. Darvozabon o‘yin texnikasi o‘yin taktikasini tanlashi bilan uzviy bog‘liq. Turli holatlardan, turli burchak ostidan zarba berilganda va erkin otish o‘ynalganda qarshi hujumlarni tashkil etish darvozabon harakatlari majmuasini tashkil etadi.
Joy tanlash. Darvozabonning pozitsiyasi otayotgan o‘yinchi turgan masofa va otish burchagi bilan aniqlanadi. To‘g‘ri tanlangan joy darvozani zabt etish ehtimolini minimumga olib keladi.
Hozirda darvozabonlar joy tanlashni chiqishlari bilan birlashtiradi. Chiqishlar zabt etish sektorini qisqartiradi. Darvozabonning eng qiyin vazifasi — 7 metrlik jarima to‘pini bartaraf etish. Muvaffaqiyat omili darvozabon reaksiyasi, to‘p yo‘nalishini topa bilishi va joy tanlashidir. Qoidalar darvozabonning darvoza oldida, jarima to‘pini otayotgan o‘yinchidan 3 m dan kam bo‘lmagan masofada turishiga yo‘l qo‘yadi. Darvozadan 2–2,5 m oldinga chiqib turgan darvozabonlar zarbani ko‘proq bartaraf etishadi. 9 metrlik erkin otish bajarilganda darvozabon 2–3 o‘yinchidan iborat «devor» tashkil qiladi, o‘zi himoyalangan burchakni yopadi. Yondan zarba berishda «devor» 1–2 o‘yinchidan iborat bo‘ladi. Tezkor hujum uyushtirilganda darvozabon uni uzib qo‘yish uchun yugurib chiqadi. Darvozabon chiqishi undan doimiy sergaklikni, o‘yin vaziyatini baholashni va o‘z vaqtida harakatlanishni talab qiladi.
Darvozabon turishlari qo‘l holati bilan farq qiladi. Tizzada bukilgan qo‘llar yelka balandligida va undan baland yoki past bo‘lishi mumkin. Kaftlar oldinga qaratiladi. Oyoqlarni bukish, ularni yelka kengligida qo‘yish va tizzalarni bukish hisobiga barqaror holat ta’minlanadi (35-rasm). Oyoqlarining joylashishi darvozabonga istalgan yo‘nalishda maksimal tezlikda tashlanishga va harakatlanishga imkon beradi.
Darvoza chizig‘i bo‘ylab siljishlar qisqa qadam tashlash yoki darvoza burchagiga tez tashlanish bilan bajariladi. Darvozabon doim maydonchaga oyog‘i mustahkam tegib turishiga intiladi, shunda oldinga, orqaga, yon tomonga harakatlanishi va qulay joylashish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.
To‘pni qo‘l bilan qaytarish. Darvozaga yuqori yoki o‘rta balandlikdan yuborilgan to‘pni qo‘li bilan bartaraf etadi. Eng ishonchlisi to‘pni ilib olishi, biroq kuchli zarbalarni darvozabon yo qaytaradi, yo maydonchaga urib tezligini kamaytirib bartaraf qiladi. Ilib olishda qo‘llar oldinga chiqarilib, kaftlar to‘p shaklini oladi, barmoqlar erkin, orasi ochiq. To‘pni barmoqlar qarshi oladi, keyin uni kaftlar tutib oladi. Qo‘llar bukilib, zarba kuchi so‘ndiriladi. To‘pni so‘ndirish kaftlarning qisqa harakati bilan to‘pni polga yo‘llab bajariladi. Qaytarish uchib kelayotgan to‘pga qarata qo‘llarni tezkor harakatlantirish bilan bajariladi. Odatda, darvozaning yuqori burchagiga yuborilgan to‘plar qaytariladi.
To‘pni oyoq bilan qaytarish. Pastki burchakka yoki poldan sakratib berilgan zarbalar oyoq bilan qaytariladi yoki tashlanib ushlab olinadi. To‘pni oyoq bilan qaytarganda oyoq shunday qo‘yiladiki, kaftning ich tomoni to‘pni kutib olsin. Qo‘l ham oyoq uzatilgan tomonga cho‘ziladi.
Tashlanish darvoza burchaklariga yo‘llangan to‘plarni bartaraf etishda bajariladi. Yiqilish gavda qismlariga ketma-ket tushishi hisobiga yengillashtiriladi. Avval oyoqlar, keyin gavda qismlari ketma-ketlikda polga qo‘yiladi To‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni egallagach, darvozabon o‘z jamoasi hujumini tashkil etadi. To‘pni o‘yinga kiritadi. To‘p uzatish aniqligi va tezligi hujum rivojini belgilab beradi. Darvozabon qanotdan yoki markazda ochilib turgan yaqin o‘yinchiga to‘pni uzatadi yoki tez yurib o‘tishi uchun uzoqroq masofaga to‘pni tashlaydi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 6,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish