Qayd etilgan asosiy tavsiflar negizida huquqiy davlatning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
Birinchidan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning ustunligi. Zero, qonunning eng avvalo, Konstitutsiyaning ustunligi jamiyatda huquq qonunchiligining mustahkam rejimini, adolatli huquqiy tartibni yaratadi.
Ikkinchidan, huquqiy davlat shaxsning manfatlari va daxlsizligi bilan bog'liq huquqlariga ijobiy ta'siri, jumladan, shaxsning ta'lim olish, ijtimoiy himoya huquqlari, sud himoyasi va boshqalar amalga oshiriladi. Shaxs erkinligining rivojlanganligi darajasi davlatchilikning huquqiy borasidagi etukligi, iqtisodiy vama'naviy asos-zaminlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |