Ijtimoiy tuzulma - jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar tuzulmasi. U jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal qilishini aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular oʻrtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Ularning oʻzaro munosabatlari, shu jamiyatdagi tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish, ishlab chiqarish munosabatlari shakli jamiyatning qanday tuzumda ekanligini koʻrsatadi. Har qanday ijtimoiy tuzum asosida iqtisodiy munosabatlar yetakchi rol oʻynaydi. Ijtimoiy munosabatlar va uning boshka shakllari bir-birini toʻldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Ijtimoiy tuzilma jamiyatning skeleti, ijtimoiy tuzumning asosidir. Demak, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi deganda shaxs, guruhlar va jamiyat o‘rtasidagi barqaror va tartibli munosabatlar tarmog‘i tushuniladi, buning natijasida jamiyat ijtimoiy tizim sifatida uning yaxlitligini ta’minlaydi.
Ijtimoiy tuzilmaning sotsial-demografik, sotsial-sinfiy, sotsial-etnik, ijtimoiy-professional, sotsial-konfessional, sotsial-hududiy tuzilmalar kabi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin.
Biroq, jamiyat qanday ishlashini bevosita ko'rish mumkin emas. Bu barqaror ijtimoiy munosabatlarning butun majmuasidan jamiyat uchun o'ziga xos asosni tashkil etuvchi munosabatlarni ajratib ko'rsatish uchun mavhumlikni talab qiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ.oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.).
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan.
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik
jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan
huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik
huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining,
fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim
va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”1 3. Demokratik saylovlar orqali demokratik
mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha
fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi Saylov xalq
hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi
– fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga
oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot
yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli
saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda
oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.Erkin saylovlarni o‘tkazish
jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal
qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
xizmat qiladi.Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat,
saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov
asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.Saylovlar
kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning
takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga
kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish
organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas
tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga,
saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi1 5. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik,
barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik
saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir.Saylov
tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, tizimlari.Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy
jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar
– bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda
ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohishirodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining
asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”. Demokratik
saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat
tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari
ro‘yobga chiqadi.Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat
a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli
fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir.
Milliy va xorijiy tajriba shuni ko'rsatadiki, rivojlangan ko'ppartiyaviylik tizimi, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik institutlarining etukligi va faolligi, fuqarolarning yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyati jamiyatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. Qaysi davlat mana shu tabiiy qonuniyatlar va siyosiy voqelikni inobatga olmasdan, davlat va huquq sohasidagi islohotlarni sun'iy ravishda tezlashtirsa, u davlatchilik asoslarini buzadigan, tartibsizliklarga olib keladigan, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar boshqaruvini izdan chiqaradigan hamda demokratik qadriyatlarga putur etkazadigan muammolarga duch keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |