Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning
suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Fuqarolik jamiyati –bu yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati –bu shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonunlar ustuvorligi ta’minlanadi, inson huquq va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei yuksak bo‘ladi. Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari faoliyatida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan o‘z ehtiyojlarini qondiradi Fuqarolik jamiyatida davlat va uning organlari faoliyati ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida „Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari” dasturi asosida davlatning ayrim vakolatlarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni kechmoqda. „Fuqarolik jamiyati” tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Fuqarolik jamiyati keng ma’noda jamiyatning shunday qismini bildiradiki, bu qismda davlat uning tuzilmalari bevosita qamrab olinmagan bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati tor ma’noda ya’ni o‘z ma’nosida huquqiy davlat bilan bevosita bog‘liq. SHu ma’noda fuqarolik jamiyati huquqiy davlatsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas va aksincha, huquqiy davlatni fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:1. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tashkiloti;1) Xususiy mulk asosida faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar;2) SHirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;3) Ijara asosida ishlovchi jamoalar4) Aksiyadorlik jamoalari;5) Moliyaviy jamg‘armalar va uyushmalar;6) Ishlab chiqarish korporatsiyalari, konsernlari va birlashmalari7) Tadbirkorlik uyushmalari(palatasi) va boshqalar.2. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti;1) Oila va uning manfaatlarini himoya qiluvchi maxsus tashkilotlar;2) Ta’lim- tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari);3) Jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;4) Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari;5) Mustaqil ommaviy axborot vositalari;6) Diniy tashkilotlar;7) Milliy-madaniy markazlar;8) Ixtiyoriy ko‘ngilli jamiyatlar;9) Jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari;10) Turli ijtimoiy ixtiloflarni hal etuvchi tuzilmalar va boshqalar.3. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti.1) Siyosiy partiyalar2) Ijtimoiy-siyosiy harakatlar;3) Inson huquqlarini himoya qiladigan institutlar va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |