Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar


O’zbekiston Respublikasi – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ekti sifatida



Download 239 Kb.
bet21/28
Sana08.01.2022
Hajmi239 Kb.
#331440
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

2.2. O’zbekiston Respublikasi – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ekti sifatida

Umumiy qoidalar

O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e'lon qilinishi, uning xalqaro huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O`zbekistonning o`z boyligini o`zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalarning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo`ldi. Darvoqe, O`zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir1.

O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro foydali hamkorlik o`rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ja'mi amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun foydalanadi.

Ma'lumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatdagi mavjud subyektlarning, ya'ni, turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar o`rtasidagi jipslikni ta'minlashdan iborat. Shu ma'noda barcha huquqiy demokratik davlatlarda bo`lgani singari O`zbekiston Respublikasida ham O`zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin (Konstitutsiyaning 10-moddasi). Manbalar mavzusida ayganimizdek, Konstitutsiya normalari joriy qonun hujjatlarida to`ldirib boriladi. Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib, shunday deyiladi: “Respublika mulki bo`lgan mol-mulkni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa) tasarruf qiladilar”. Amalda davlat nomidan yuqoridagi normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo`mitalari, davlat tashkilotlari qatnashishi mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini o`tkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta'minlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi1. Keyinchalik bu vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi1.

O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o`zaro foydali aloqalarni o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O`zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari ta'sis etiladi. Bu vakolatxonalar o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, o`zlari to`g`risidagi Nizomga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolatxonalar to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi o`z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan fuqarolik huquqining mustaqil subyekti sifatida mamlakat ichida va xorijda chet davlatlar va boshqa subyektlar bilan bo`ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashib, o`z nomidan harakat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilganidek, O`zbekiston – suveren demokratik respublika degan nom bilan mustaqil davlat bo`lib, o`zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi (1, 2-moddalar).

Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.

Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo`linmasdir. Shunga binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt (fuqarolar va yuridik shaxslar kabi ko`p va turli xil emas) deb qaraladi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari bilan teng huquqli ishtirokchi hisoblanadi.

Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo`lganligi tufayli fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi:

1. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyekti sifatida fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni o`zi belgilaydi.

2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi bo`ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FKning 8-moddasi, 2-bandi).

3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya'ni, davlat mol-mulkidan haq undirishga davlat organlari rozi bo`lgandagina yo`l qo`yiladi.

4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo`yicha boshqa subyektlarga taalluqli bo`lgan qoidalar davlatga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Biroq ayni paytda, davlatning huquqlari mutloq cheksiz ham emas. Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega bo`lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga ega bo`lgan subyektdir.


Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish