04.05.2017
O‘zA O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
http://uza.uz/uz/tech/axborotkommunikatsiyatexnologiyalariningyangiimkoniyatlari02.08.201328121?ELEMENT_CODE=axborotkommunikatsiyatexnolo…
1/2
02.08.2013 20:15
Chop etish versiyasi
Axborotkommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlari
Bugungi kunda ko‘plab vazirlik va idoralar, turli hukumat tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan
ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari yagona Milliy axborot tizimining bir qismiga aylanmoqda. Shu o‘rinda
Milliy axborot tizimi nima, uning tuzilmasi nimalardan iborat, qanday rivojlanish istiqbollari va
yo‘nalishlariga ega, degan savol tug‘iladi. “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish va joriy etish markazining Milliy axborot tizimini shakllantirish departamenti texnik qo‘llab
quvvatlash va ekspluatatsiya guruhi boshlig‘i Shahnoza Abduvohidova O‘zbekiston Milliy axborot
agentligi – O‘zA muxbiriga shular haqida so‘zlab berdi.
– O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 15moddasida Milliy axborot tizimiga davlat
organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning
axborot tizimlari kirishi belgilangan, – deydi Sh.Abduvohidova. – Boshqacha aytganda, Milliy axborot tizimi – bu
shunchaki axborot tizimlari to‘plami emas, balki fuqarolar, xo‘jalik sub’ektlari va davlat hokimiyati organlarining axborot
sohasida samarali hamkorligini ta’minlaydigan, ularning axborot mahsulotlari hamda xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy va
shaxsiy ehtiyojlarini qondiradigan axborot makonini yaratish vositasi va texnologik manbaidir. Milliy axborot tizimini
shakllantirishdan maqsad davlat organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazasini
integratsiyalashtirish, shuningdek, “Elektron hukumat”ni joriy etish uchun interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha
yaxlit texnologik yechimni ta’minlashga doir yagona texnik siyosatni ishlab chiqishdan iborat.
– Milliy axborot tizimining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
– Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati va
markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimlarini yaratish Milliy axborot tizimini
shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi. Axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlari, jumladan, axborot
xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish inobatga olingan holda, davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy
shaxslarning axborot tizimlarini integratsiyalashtirish, AKT sohasini tartibga solish tizimini takomillashtirish uning eng
muhim vazifasidir. Bugungi kunda Milliy axborot tizimi tarkibiga 84 turli axborot tizimini o‘z ichiga olgan 32 axborot tizimi
kiradi. Ularning barchasi 20122014yillar mobaynida integratsiyalashtirilishi shart.
– Milliy axborot tizimini yaratishda qanday maqsadlar ko‘zda tutilgan?
– Milliy axborot tizimi “Elektron hukumat”ni joriy etish uchun texnologik asosdir. Uni bosqichmabosqich shakllantirish
uchun Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yil 21martda qabul qilingan “Zamonaviy axborotkommunikatsiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “20122014yillarda
O‘zbekiston Respublikasida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi” va
“20122014yillar davrida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot
tizimiga ulanadigan axborot tizimlari ro‘yxati” tasdiqlandi. Shuningdek, Milliy axborot tizimini yaratish va rivojlantirish
choratadbirlari belgilangan “20132020yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari,
tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” hamda “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va
ma’lumotlar bazasini yaratish loyihasi va tadbirlari ro‘yxati ham tasdiqlandi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
04.05.2017
O‘zA O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
http://uza.uz/uz/tech/axborotkommunikatsiyatexnologiyalariningyangiimkoniyatlari02.08.201328121?ELEMENT_CODE=axborotkommunikatsiyatexnolo…
2/2
– Bugun har bir davlat tashkiloti o‘zining elektron yoki axborot tizimiga ega bo‘lishga intilmoqda. Buning
sababi nimada va mazkur jarayon qanday rivojlanish istiqbollariga ega?
– Ma’lumki, har qanday tashkilot faoliyati davomida ko‘plab turli axborotlar to‘planib qoladi. Bugungi kunda
mamlakatimizda bu kabi ma’lumotlar aksariyat tashkilotlarda qog‘oz shaklida saqlanmoqda va ularga ishlov berish
chog‘ida arxivdagi barcha hujjatlarni ko‘tarishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Ba’zan esa
ayrim hujjatlarni topishning imkoni bo‘lmayapti. Axborot tizimining asosiy vazifasi – axborotni to‘plash, saqlash, unga
ishlov berish va tahlil qilishdir. Axborot tizimlarining joriy etilishi qog‘oz shaklidagi hujjatlar hajmini, shuningdek, vaqtni
sezilarli ravishda kamaytirish imkonini beradi. Ularni yanada rivojlantirish kelajakda bir yo‘la bir qancha tashkilotlar
foydalanishi mumkin bo‘lgan idoralararo axborot tizimini yaratishga yordam beradi. Bunday tizimni ishlab chiqish
tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashga ketadigan vaqtni qisqartirish, qog‘oz sarfini tejashga ko‘maklashadi,
fuqarolar va yuridik shaxslarga elektron shaklda davlat xizmati ko‘rsatish imkonini beradi.
– O‘z axborot tizimini yaratish istagida bo‘lgan tashkilot, birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratishi lozim
va mamlakatimizdagi axborot tizimlari ishlarini monitoring qiladigan muassasa bormi?
– O‘z axborot tizimini tashkil qilmoqchi bo‘lgan tashkilot, birinchi navbatda uning maqsadi va asosiy vazifalarini aniq
belgilab olishi kerak. Bu borada avtomatlashtirish rejalashtirilayotgan jarayonni va uning texnik vazifasini atroflicha
o‘rganib chiqishi zarur.
Davlat aloqa inspeksiyasi 2013yilda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat
bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirildi hamda uning zimmasiga ishchi va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish
samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlari, idoralararo
ma’lumotlar almashish tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi
qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Inspeksiya ushbu vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi
davlat hokimiyati organlari, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi
korxona va tashkilotlarida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda rivojlantirish jarayonlarini
belgilangan tartibda nazorat va monitoring qilib, o‘rganib bormoqda.
O‘zA, R.Bondarchuk
Do'stlaringiz bilan baham: |