Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 239 Kb.
bet22/28
Sana08.01.2022
Hajmi239 Kb.
#331440
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI

O`zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik huquqiy munosabatlarning subyekti

O`zbekiston Respublikasi FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki oborotidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtiroki quyidagilarda namoyon bo`ladi:

a) davlat o`ziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifatida harakat qilganida;

b) egasi bo`lmagan yoki egasi noma'lum bo`lgan ashyo egasiz hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga o`tkazilganida (FKning 191-moddasi);

v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasiga, 2-bandiga binoan ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga o`tganda;

g) har bir fuqaro vasiyat bo`yicha o`zining butun mulkini yoki uning bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida (FKning 1120-moddasi);

d) O`zbekiston Respublikasi davlati huquq subyekti sifatida ba'zi fuqarolik-huquqiy xarakterda bo`lgan kredit munosabatlarida, masalan, davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok etganida;

e) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko`zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to`lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo`yilishida (rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya o`tkazilishiga sabab bo`lgan vaziyatlarning amal qilishi to`xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o`ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli ekanligida (FKning 203-moddasi);

yo) mol-mulk musodara qilinganida, ya'ni, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning hukmi (qarori) ga muvofiq jinoyat yoki o`zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to`lamasdan mulkdordan olib qo`yilishida (FKning 204-moddasi);

j) davlat ba'zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda, masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik munosabatlarida ixtiroga bo`lgan patentni sotib olganida huquq subyekti sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar ham davlat budjetiga o`tkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablag`lari hisobiga yaratilgan intellektual mulk obyektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qo`lga kiritadi.

z)davlat, shuningdek konsessiya munosabatlarida ham qatnashadi; Unga ko`ra, davlat chet el firmasi xususiy shaxs bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xo`jalik faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspulatatsiya qilish hamda boshqa huquqlarni beradi1.

i) davlat chet mamlakatlarda ko`chmas mulkni sotib olishida va h.k.

Davlat o`zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo`yicha o`z mulki bo`lgan mablag`lari bilan javob beradi.

Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.

Mamlakat ichidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, ya'ni, uning ichki oborotida davlat nomidan aksariyat hollarda O`zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat qo`mitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, O`zbekiston Respublikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasi va Moliya vazirligi, Markaziy bank alohida mavqega ega. Masalan, davlat nomidan davlat mulkni idora etadigan va boshqaradigan organ O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash qo`mitasidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi 1991 yil 19 noyabr qonuniga binoan bu organ:

–mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni davlat nomidan amalga oshiradi;

–xususiylashtirish to`g`risidagi bitimlarni tuzadi;

–xususiylashtirish va ijaraga berish bilan bog`liq bo`lgan boshqa huquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.

Davlat idoralarini fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki ikki xil ko`rinishda bo`ladi:

1. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda – muayyan organ davlat nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol bo`la oladi).

2. Davlat organi fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining do`konlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.

Davlat ba'zi hollarda subyekt sifatida o`zining mansabdor shaxslari yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni to`lashda javobgar bo`ladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g`ayriqonuniy harakatlari natijasida ular yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`ladilar).

O`zbekiston Respublikasi FKning 15-moddasida aytilganidek, davlat organi yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan to`lanishi kerak.


Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish