Friksion uzatmalarni kontakt kuchlanish buyicha hisoblash
Hisoblashning yuqorida keltirilgan usuli friksion uzatmalarni hisoblashning eng oddiy va taxminiy usulidir. Aslida uzatmaning g’ildiraklari bir-biriga deyarli bir chiziq bo’ylab urinadi. Bunday sirt kontakt sirt deyiladi. Kontakt sirtda Q kuchdan kontakt kuchlanish hosil bo’adi. G’ildirak sirtini kontakt kuchlanish buyicha hisoblashga asoslangan usul friksion uzatmalarni hisoblashning asosiy usulidir.
Bunday hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
(9)
bu yerda Ev – keltirilgan elastiklik moduli, v – keltirilgan egrilik radiusi; b – kontakt chizig’ining uzunligi; nr – ruxsat etilgan kontakt kuchlanish; Q- siquvchi kuch. Agar g’ildiraklar bir xil materiallardan yasalgan bo’lsa, keltirilgan elastiklik moduli Ev=E1=E2 bo’ladi, gildiraklar har xil materiallardan yasalgan xollarda esa quyidagicha topiladi:
Ev= (10)
bu yerda E1 va E2 – yetaklovchi va yetaklanuvchi g’ildiraklarning elastiklik modullari. Keltirilgan egrilik radiusining qiymati quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
(11)
bu yerda va - yetaklovchi va yetaklanuvchi g’ildiraklarning egrilik radiuslari. Kontakt chizig’ining uzunligi g’ildirakning eniga teng qilib olinadi. Ruxsat etilgan kontakt kuchlanish qiymati 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
G’ildirak uchun ishlatiladigan materiallar
|
Ishlash sharoiti
|
f
|
nr, MPa
|
, N/sm
|
Po’lat bilan po’at
|
Moyli
|
0,05
|
(2,5…3,0)NV
|
---
|
Chuyan bilan chuyan
|
»
|
0,05
|
1,5V
|
|
Po’lat bilan po’lat
|
Moysiz
|
0,1…0,15
|
(1,2…1,5) NV
|
|
Tekstolit bilan po’lat yoki chuyan
|
»
|
0,2…0,25
|
---
|
400 – 800
|
Fibra bilan po’lat yoki chuyan
|
»
|
0,15…0,20
|
---
|
350 – 400
|
Charm bilan chuyan
|
»
|
0,25…0,35
|
---
|
150 – 250
|
Yog’och bilan chuyan
|
»
|
0,4…0,50
|
---
|
25 – 50
|
Rezina bilan po’lat yoki chuyan
|
»
|
0,45…0,60
|
---
|
100 – 300
|
|
Siquvchi Q kuch (3) formuladan aniqlanadi.
O’qlararo masofa:
a=
bundan
D2 = (12)
ekanligini e`tiborga olib, siquvchi Q kuchning quyidagicha aniqlash mumkin:
Q =9550 (13)
Q ning topilgan bu qiymatini asosiy formula (9) ga quysak va ya`ni b=a deb olib, hosil bo’lgan tenglamani a ga nisbatan yechsak, friksion uzatmalarni kontakt kuchlanish buyicha- loyixalash zarur bo’lgan quyidagi formulani hosil qilgan bo’lamiz:
a= (14)
bu yerda N1 - quvvat, kVt; nr - ruxsat eitlgan kontakt kuchlanish, MPa; - gildirakni egnini belgilovchi koeffisient, uning qiymati 0,2 - ….0,4 qilib olinadi.
(14) formuladan a hisoblab topilgach (12) formula yordamida D2 ning qiymati, so’ngra D1 ning qiymati va g’ildirakning eni b=a topiladi.
Konussimon g’ildirakli uzatmani kontakt kuchlanish buyicha loyixalashda avvalo konuslik masofasi aniqlanadi:
L= sm (15)
bu yerda tg
va b= ekanligi e`tiborga olingan.
Bundan tashqari (9)formuladagi siquchi kuch quydagicha topilgan.
Q=KF/f=K·10³N1·60/fπD2n2
bu yerda D2 m bilan ifodalangan.
2-rasmdan d1o`r=D , d2o`r=D2
L-b/2=1/2√(D²1+D²2)=D2√(u²+1)/2u
bo`ladi, bu yerdan
D2=(2L-b)u/√(u²+1)
D2 ning qiymatini (6) formulaga qo`ysak, quyidagi munosabat kellib chiqadi:
Q=2·9550K/f·N1√(u²+1)/ n2(2L-b)u·H
Odatda, = 0,2….0,25 qilib olinadi. Shuni nazarda tutib va berilganlardan foydalanib, (5) ifodadan L ni aniqlagach, b= L ni topamiz. L, b va u larning qiymatlarini (7) ga qo’ysak, D2 ning qiymati chiqadi. D2 va u ma`lum bo’lgach, D1 ni topish qiyin bo’lmaydi.
Konussimon friksion uzatmaning asosiy geometrik o’lchamlari aniqlangach, (8) tenglikdan Q ni topib, (9) formula yordamida uzatmaning mustaxkamligi tekshirib ko’riladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, kontakt kuchlanish buyicha chuyan, po’lat, tekstolitdan va Guk qonuniga bo’ysunadigan boshqa materiallardan yasalgan g’ildiraklar hisoblanadi. Boshqa xollarda yuqorida qayd etilgan soddalashtirilgan usuldan foydalanish bilan kifoyalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Sulaymonov “Mashina detillari” O’qituvchi. Toshkent. 1981 yil.
M. N. Ivanov “Detali mashin” Moskva, “Mashina stroenie” 1984g.
A. Juraev, M. Shukurov “Mashina detallari” Fan. Toshkent. 1999 yil.
R. N. Tojiboev, M. M. Shukurov, I. Sulaymonov “Mashina detallari” kursidan materiallar tuplami. Ukituvchi. 1990 yil.
R. N. Tojiboev, M. M. Shukurov “Mashina detallarini layixalash” Fan. Toshkent. 1997 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |