O‘zbek tilining izohli lug‘ati — o‘zbek tilining besh jildli izohli lug‘ati. Bu lug‘at shu kungacha chiqarilgan eng keng ko‘lamli o‘zbekcha izohli lug‘atlardan biridir.
Lug‘atga hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llaniladigan 80 000 so‘z va so‘z birikmalari, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid atamalar, ayrim shevaga oid hamda tarixiy va eskicha so‘zlar kiritilgan. Lug‘atda so‘zlarning qo‘llanilishi o‘zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.
Lug‘at ustida ishlash va nutq o‘stirish. Kishining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning nutqi shunchalik mazmunli, aniq, ravshan va ta'sirli bo‘ladi. Maktabda lug‘at ustida ishlashni shunday uyushtirish kerakki deb ta’kidlanadi ona tili va adabiyot dasturida, o‘quvchiar tushunmaydigan birorta so‘z yoki ibora izohsiz qolmasin. Lug‘at ustida ishlash: 1. O‘quvchilarni ona tilining lug‘at boyligi bilan tanishtirish. 2. Lug‘at sostavidagi so‘zlarni nutqda to‘g‘ri, o‘rinli qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish. 3. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni yangi so‘zlar bilan tanishtirish. Shevachilik va boshqa ta'sirlar tufayli o‘quvchilar nutqida uchraydigan, Lug‘at ustida ishlash, birinchidan, o‘quvchiga ta'lim - tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, uning fikr doirasini kengaytiradi, kelajak faoliyatida zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.Ikkinchidan, o‘quvchini yangi-yangi so‘zlar bilan tanishtiradi, ayrim so‘zlarning (o‘quvchilarga ilgaridan tanish bo‘lsa ham) ma’nosini aniqlashtiradi, tilimizning boy, nafis ekanligini ko‘rsatadi, har qanday fikrni ifoda qila olish uchun so‘z boyligimiz yetarli ekanligini isbotlaydi. Uchinchidan, ona tili darslarida grammatik, orfografik, punktuatsion qoidalar ustida mashg‘ulotlar olib borilar ekan, ma’lum maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda lug‘at ustida ishlashni ham unutmaslik talab qilinadi. Bizning nutqimizning shakllanishida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etganligi sababli lug‘at ustida ishlash, so‘zlarning ma’nolarini izohlash nutq o‘stiruvchi vositalarning muhimi hisoblanadi.
Xulosa
O‘zbek xalqiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ular so‘zlayotgan gaplarining ma’nosiga mos iboralarni o‘z o‘rnida qo‘llashadi, bu esa albatta, o‘sha so‘zlarning ta’sir kuchini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, keksalarimizning biron gaplari yo‘qki, ibora va o‘xshatishlarsiz sayqallanmagan bo‘lsa. O‘xshatishlar orqali gaplar jozibador, aniq tasavvur chizmalarini chiza oladigan, yetkazilmoqchi bo‘lgan sezgilar aynan yetkaziladi. E’tibor bersak, og‘ir sukunatni “o‘lik chiqqan uyday” yohud kutilmagan gapdan esankirash holatini “ustiga sovuq suv quyganday” kabi o‘xshatishlar orqali ifodalanganda ongimizda qanchalar aniq tasavvurlar hosil bo‘ladi. Halollik timsolini “ona sutiday” ta’rifidan ortiq aniqlikda izohlash mushkul bo‘lsa kerak. Kitobni varaqlar ekanmiz, uning so‘zlashuvda ishlatiladigan o‘xshatishlarni qamrab olganini, har bir o‘xshatilayotgan so‘zlarni bir tizgin bo‘ylab alifbo tartibida joylashtirilganini, bundan tashqari, ishlatilish doirasi kamroq bo‘lgan “ignaning uchiday”, “o‘t bilan suvday”, “supaday”, “tepaday”, “qaqnusday” kabilarning o‘rin olganligining guvohi bo‘lamiz. Ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchi, yohud oddiy kitobxon uchun ham biror bir so‘zning ma’no qirralarini bilib olishida bu kabi qulayliklarning yaratilganligi ayni muddaodir. Umuman olganda, tilimizdagi o‘xshatishlarni sinchkovlik bilan kuzatib, jamlab va tahlil qilib kitob holiga tayyorlash ishi tahsinga sazovordir. Ushbu kitob, o‘zbek tilining lug‘at boyligini, ifoda imkoniyatlarini ko‘rsatish, ulardan o‘rinli foydalanishda o‘ziga xos manba hisoblanadi. Chunki lug‘atda o‘xshatishlardagi so‘zlar qanday fe’llar, otlar yoki sifatlar bilan qo‘llanishi ko‘rsatilib o‘tilib, shu bilan birga badiiy asarlardan keltirilgan misollar bilan boyitilgan. Ushbu lug‘at orqali o‘zbek tiliga, uning jozibasiga befarq bo‘lmay qaragan inson o‘zi uchun ma’lum bo‘lmagan qaysidir qirralarni ochishi shubhasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni (Xalq so‘zi. 2017-yil, 8-fevral).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari” to‘g‘risida (Xalq so‘zi 2017-yil, 21-aprel)
Suvonova R. O‘zbek tilida metonimiya. Toshkent, 2003 y.
O‘rinbayev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv qo‘llanma Samarqand -2001 yil.
Toshaliyev I. Hozirgi o‘zbek tili adabiy tilida kiritma konstruksiyalar. Toshkent, O‘zbekiston fan nashriyoti. 1976 y.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent - "Talqin" - 2005.
Baxtiyor Mengliyev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. "Tafakkur bo‘stoni" nashriyoti. Toshkent-2018.
Pinxasov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Leksikologiya va Frazeologiya. "O‘qituvchi" nashriyoti. Toshkent-1969
Bozorboy O‘rinboyev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (o‘quv qo‘llanma) Samarqand-2001.
Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi o‘zbek tili (Morfologiya) Toshkent-2019.
Abdurahmonov G‘.,Sulaymonov A., Xoliyorov X., Omonturdiyev J. (Sintaksis). Toshkent, "O‘qituvchi" -1969.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent-2009.
Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, "O‘zbekiston"-1992.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Fonetika, Leksikologiya, Morfologiya). O‘zbekiston SSR "Fan" nashriyoti. Toshkent-1966.
Rahmatullayev Sh., O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, T., 1966;
Виноградов В.В. Основные понятие русской фразеологии как лингвистической дисциплины, в его кн.: Изб. Труды, т.3. –M., 1977
FOYDALANILGAN SAYTLAR
1. www.ziyonet.uz
2. www.google.com
3. www.referat.com
Do'stlaringiz bilan baham: |