Mavzu: Frazemalarning semantik tarkibi



Download 49,67 Kb.
bet2/4
Sana31.05.2022
Hajmi49,67 Kb.
#622927
1   2   3   4
Bog'liq
Saidxo‘jayeva Dildoraxon. Kurs ishi

FRAZEOLOGIZM, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o‘zaro bog‘liq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan va bo‘linmaydigan, barqaror (turg‘un) bog‘lanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar, shaklan o‘zlariga o‘xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yo‘li bilan yuzaga kelmaydi, balki ma’no va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, ya’ni Frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urug‘i, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sig‘may ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qo‘li ochiq, qulog‘i og‘ir va b. Frazeologizmlar tarixiy qo‘llanish me’yorlariga, usullariga ega bo‘lib, ularning ma’nolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Frazeologizm larning quyidagi turlari farklanadi: frazeologik chatishma — frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi suzlarning ma’nosiga bog‘liq bo‘lmaydi, frazemadan anglashilgan ko‘chma ma’no o‘ning tarkibidagi suzlarning ma’nosi bilan izohlanmaydi: to‘nini teskari kiymoq, oyog‘ini qo‘liga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va b. ; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi suzlarning ma’nolari asosida izoxlanadi, shu ma’nolar asosida umumlashtiruvchi ko‘chma ma’no ifoda qilinadi (ko‘pincha bunday birlashmalarning o‘z ma’nosida qullanadigan variantlari ham mavjud buladi): yog‘ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sug‘urgandek, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq va b.; frazeologik qo‘shilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanadi, boshqasi esa o‘z lug‘aviy ma’nosini saqlaydi: gapning tuzi, qo‘li gul, ishtahasi ochildi va boshqalar.
Frazeologizmlar sintaktik tuzilishiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: birikmaga teng Frazeologizmlar (katta og‘iz, ammamning buzog‘i, tuyog‘ini shiqillatmoq) va gapga teng Frazeologizmlar (yuzi yorug‘ bo‘ldi, boshi osmonga yetdi, sirkasi suv ko‘tarmaydi). Frazeologizmning qismlari ajralmas holda bo‘lganligi uchun, Frazeologizm gapda bitta sintaktik vazifada keladi. Maye: «Qizga o‘zbek qishlog‘ining sodsa hayoti, oq ko‘ngil odamlari yoqdi» va «Nasimjon boshi ko‘kka yetguday suyundi» gaplarida «oq ko‘ngil» frazemasi — aniqlovchi, «boshi ko‘kka yetguday» frazemasi hol vazifasida kelgan. Frazeologizmlar tayyor lug‘aviy birlik — so‘zga teng bo‘lganligi tufayli so‘zga xos shakl va ma’no munosabatlariga ham ega bo‘ladi, ya’ni tilda frazeologik omonimiya (mas, qo‘l ko‘tarmoq —urmoq, urmoqchi bo‘lmoq, tarafdorligini bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq bo‘lmoq — sabrkosasi to‘lmoq) va frazeologik antonimiya (ko‘ngli oq — ichi qora, ko‘kka ko‘tarmoq — yerga urmoq) mavjuddir.
Asrlar davomida shakllangan Frazeologizmlar og‘zaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publitsistikada o‘tkir, ta’sirchan tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi. Yozuvchilar o‘z asarlarida Frazeologizm lardan unumli foydalanish bilan birga mavjud Frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman o‘zgartiradilar, shu yo‘l bilan yangi iboralar yaratadilar. Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad va b. tomonidan ijod qilingan Frazeologizmlar bunga misol bo‘la oladi.
Turli xususiyatlarga ega bo‘lgan Frazeologizmlar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi Frazeologizmlar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologizmlarni o‘rganish va tasnif qilish bilan frazeologiya shug‘ullanadi.
Bu semalar frazeologik ma’noga tayanadi. Masalan: aravani quruq olib qochmoq (fe’l frazema), arpasinixom o‘rmoq (fe’l frazema), ammamning buzog‘iday (sifat frazema), bag‘ri qattiq (sifat frazema), bir og‘iz (ravish frazema), bir og‘izylan (ravish frazema), to‘rt ko‘z bilan (ravish frazema), tomdan tarasha tushganday (ravish frazema) kabi.
Iboralarning semantik tarkibi
Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, ma’noni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi.
Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir.
Iboralarga misollar:

  • avzoyi buzilmoq – vajohati yomonlashmoq, achchiqlanmoq;

  • aravani quruq olib qochmoq – uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;

  • bag‘ri qon – g‘am-a’lamli, g‘am a’lamda;

  • bahri dili ochildi – kayfiyati yaxshilandi;

  • bosh og‘rig‘i – ortiqcha tashvish, dahmaza;

  • boshi osmonga yetmoq – xursand bo‘lmoq;

  • bir kesak bilan ikki quyonni urmoq – ayni bir paytda ikki narsani ko‘zlab ish tutmoq (amalga oshirmoq);

  • bir yoqadan bosh chiqarmoq – hamjihat bo‘lmoq, yakdil bo‘lmoq;

  • burgaga achchiq qilib, ko‘rpa kuydirmoq - arzimagan narsani deb, jahl ustida nojo‘ya, zararli ish qilib qo‘ymoq;

  • besh barmog‘ini o‘g‘ziga tiqmoq – hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intilmoq, nafsga berilmoq;

  • bir boshini ikki qildi – oilali qildi;

  • bir boshdan – boshlanishidan, tartib bilan;

  • bosh egdi – itoat qildi, bo‘ysundi;

  • bosh qo‘shdi – aralashdi, qatnashdi;

Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgantil birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Frazeologik iboralarning deyarli barchasi ekspressivlikka, obrazlilikka, alohida ifodalilikka egadir. Masalan: kutmagan so‘zi yetti uxlab tushiga kirmagan iborasi bilan ma’nodosh, ammo ibora ifodalilik jihatidan so‘zdan ancha stun. 
Yana qiyoslang: o‘taketgan – uchiga chiqqan; beqiyos (juda) – yer bilan osmoncha; albatta – turgan gap; hech qachon – ikki dunyoda (ham); yashirin – yengichida. 
Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, birinchidan, ma’noni kuchli daraja bilan ifodalasa, ikkinchidan, ularda obrazlilik yorqin bir tarzda aks etadi.
Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir.
Shuning uchun ham ular nutqning ifodaliligini ta’minlashda betakror vositalardir. So‘z san’atining ustalari tildagi bu vositalardan unumli foydalanadilar.
Iboralarning asosiy qo‘llanish o‘rni, yashash joyi, asosan, badiiy uslub dir. Ilmiy va rasmiy uslublarda esa iboralar deyarli qo‘llanmaydi.
Tilshunoslik bo‘limi sifatidagi Frazaeologizmlar ning asosiy diqqat e’tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o‘rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo‘llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazaeologizmlar ning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutkda hosil qilinadigan (ya’ni avvaldan tayyor bo‘lmagan) so‘z birikmalaridan farklab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniklashdir. Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) o‘rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko‘plab tadqiqotchilar Frazaeologizmlar ni 2 xil: tor va keng ma’noda tushunadilar. Uni keng ma’noda tushunilganda, Frazaeologizmlar doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba’zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, ya’ni Frazaeologizmlar ni keng ma’noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo‘lib qolmoqda.
Frazaeologizmlarning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o‘rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo‘llanuvchi so‘zlar va ularga xos ma’nolarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniklash; frazeologizmlarning so‘z turkumlari bilan o‘zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniklash; frazeologik birliklar tarkibida so‘zlarning yangi ma’nolari hosil bo‘lishini o‘rganish va boshqa Frazaeologizmlar frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni o‘rganish, tasniflash va lug‘atlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. F.da ishlab chiqilgan o‘ziga xos, xilmaxil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik vazifaviyuslubiy asoslarga kura tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
Frazaeologizmlar tilshunoslikning mustaqil tarmog‘i sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo‘lgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan bo‘lsa, barqaror (turg‘un) so‘z birikmalarini alohida tilshunoslik bo‘limi — F.da o‘rganish masalasi 20—40-yillardagi o‘quvmetodik adabiyotlarda — Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida ko‘tarib chiqilgan. G‘arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida F. tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajratilmaydi.
Frazeologiya – tilshunoslikning bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Frazeologiya – lotin tilidan olingan bo‘lib, prasis – ifoda, logos – ta’limot deganidir.
Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topib, ko‘chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan turg‘un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Tilning iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya, iboralar yig‘indisi esa frazeologizm deb yuritiladi.
Frazeologik birikmalarning shakl va ma’no turlariga ko‘ra tasnifi

Download 49,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish