Mavzu: Frazemalarning semantik tarkibi
Reja:
Kirish
Frazemalar haqida
Iboralarning semantik tarkibi
Iboralarning Grammatik tabiati
“O‘zbek tili izoxli lug‘atida”gi iboralar
Xulosa
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, yurtimizdagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash hisoblanadi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, yuksak ma’naviyatli shaxslar tarbiyalashning yangi tizimini barpo etish, yurt kelajagi uchun barkamol, yetuk, salohiyati yuksak avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada, avvalo, ta'lim jarayonida ta'lim va tarbiya uyg‘unligi tamoyilini keng yo‘lga qo‘yib, yuksak ma’naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash dolzarb masalalardan biri qilib belgilab qo‘yildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq yangilangan pedagogik tafakkur barcha fanlar oldiga yangicha talablarni qo‘ymoqda. Xususan, ona tili ta’limining bosh maqsadi yoshlarimizni ijodiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin va ta'sirli qilib yozma va og‘zaki shaklda ifodalashga, o‘zbek tili qonun-qoidalarini ongli o‘zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasini o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, Vatanimizga, milliy an'analarimizga, boy ma’naviyatimizga mehr- muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratildi. Shu bilan birga ta'lim mazmunining yangilanishida “o‘quvchi o‘quv jarayonining faol ishtirokchisi” tamoyiliga o‘tildi. Dars jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirib, ma’naviy-tarbiyaviy jihatdan yetuk inson bo‘lib yetishishida zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanib, noan'anaviy tarzda dars o‘tish, shuningdek, o‘quvchilarning grammatik savodxonligi, ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida turli xil o‘yin-topshiriqlar, boshqotirma va topishmoqlardan foydalanib, dars jarayonini tashkil qilish zamon talablari darajasiga ko‘tarilmoqda. Binobarin, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: “Fan – taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay, Vatannning kelajagi haqida gapirish qiyin” . Yoki “Xalq ta’limi, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |