kengaitirishga urinib, slavyanlarga qarshi yurishlar qildi. Lekin u о‘lgandan keyin shuiday bir davr
boshlandiki, 639 yildan 751 yil о‘rtasidagi butun bir davr «yalqov qirollar» davri deb ataldi.
1
. VII—VIII asrlardagi Merovinglar faqat nomigagina qirol bо‘lib, ular qо‘lida haqiqiy
hokimiyat yо‘q edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib oldi.
Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada eng zodagon xonadonlar yetishib chiqib, bular о‘z
yurtlarida qirol mayordomlari sifatida butun hokimiyatni о‘z qо‘llariga oldilar. Mayordom
(’’xonadon og‘asi’’, ya’ni saroy boshlig‘i deb atalib, Merovinglar davridagi oliy mansabdor
shaxs).
Dastlab uch mayordomdan eng kuchlisi Neystriya mayordomi edi. U Burgundiya
mayordomini bо‘ysundirdi, lekin Avstraziya mayordomining qarshiligiga uchradi.
Avstraziyaning Pipinlar xonadonidan chiqqan mayordom gertsog Pipin II Geristalskiy 687
yilda Tertri yonida raqibi Neystriya mayordomini tor-mor qilib, butun qirollikni bir о‘zi idora qila
boshladi, u hokimiyat tepasiga kelgach, yangi dinastiya, bu dinastiya keyinchalik uning mashhur
namoyandasi bо‘lgan Karl Buyuk nomi bilan Karolinglar dinastiyasi (687-987yillarda
boshqargan) deb ataldi.
Pipin Geristalskiyning о‘g‘li Karl Martell («Tо‘qmoq») mayordom-gertsog sifatida 715
yildan 741 yilgacha idora qildi. Karl Martell Neystriyaliklarni uzil-kesil tor-mor qildi, sо‘ngra
frizlar, sakslar, allemanlar va bavarlarga qarshi yurishlar qilib, Reynning narigi tomonida frank
davlatini tikladi, bu qabilalar franklarga yana xiroj tо‘laydigan bо‘ldi.
732 yilda Galliyaga bostirib kirgan arablarga qarshi olib borilgan jang Karl Martell tomonidan
berilgan zarba bir tomondan arablarning Yevropaga kirib borishiga chek qo’yilgan bo’lsa, ikkinchi
tomondan, mayordomlarning qudratini kuchayishiga va ularning qirollikning haqiqiy egalariga
aylanishini tezlashtirdi. 732 yil oktabrdagi Puatye yonidagi jang uch kun davom etib, jangda
Abdurahmon I o’ldirildi, bu jangda erishgan g‘alabasi uchun Karl Martell «tо‘qmoq» degan nom
oldi.
Karl Martell harbiy islohot o’tkazdi. Harbiy ishda otliq qо‘shin uzil-kesil ravishda asosiy
о‘rin tutadigan bо‘lib qoldi (ilgari asosiy kuch piyoda askarlar edi). Harbiy islohot o’tkazilishi
munosabati bilan Karl Martell yer sohasida ham siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan otliq
askarlar zarur bо‘lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga qarashli yerlardan harbiy
benefitsiy deb atalgan yer maydonlari berish keng qо‘llandi. Bu benefitsiylar harbiy xizmatni
о‘tash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan о‘rtacha va mayda pomestyelar edi.
Harbiy xizmat о‘tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlar berishdan tashqari Karl Martell
cherkov yerlaridan ham qisman foydalandi. U о‘ziga qarshi kо‘tarilgan qо‘zg‘olonlarda dunyoviy
zodagonlar va yepiskop va abbatlarning pomestyelarini musodara qildi. Neystriyada va
Akvitaniyada bunday ru-honiy yer egalari kо‘p edi. Ruhoniylardan musodara qilib olingan
yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi.
G‘arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta о‘tkazilgan katta sekulyarizatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: