Mavzu: Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi 4-soat Reja


palata grafi (bu oliy sudya



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#634256
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу

palata grafi (bu oliy sudya 
bо‘lib, imperatorning yо‘qligida uning о‘rinbosari ham edi);
arxikansler (imperator 
devonxonasining boshlig‘i); kamerariy (qirol xazinasining boshlig‘i); konnetabl (qirol otliq 
askarlarini -boshqaruvchi) dan iborat edi. Imperatorning farmonlari yozma ravishda tuzilib
kapitulyariya deb atalar edi (kapitulyariya latincha caput degan sо‘zdan olingan bо‘lib, bob 
2
Middle Ages
Cambridge University Press, 2000.P.10. 
3
История средних веков. Т.1. Под.ред.С.П.Карпова. М.,2003. С.57. 


demakdir, farmon alohida paragraflarga bо‘linganligi uchun shunday deb atalardi).
Karl 
Buyukning 250 ga yaqin farmoni bizgacha yetib kelgan. 
Karl Buyuk 814 yilda 72 yoshida vafot etdi va Axenga kо‘mildi. Taxt uning katta о‘g‘li 
Lyudovik Xudojo’yga о‘tdi. Lyudovik davrida (814-840) imperiyaning bolinib ketishiga 
urinishlar ko’p bo’ldi. U lapashang qirol bо‘lib, ruhoniylarga (uning Xudojо‘y degan laqabi ham 
shuni kо‘rsatadi) va dunyoviy zodagonlarga qaram edi. Uning qirollik davrida ko’p g‘alayonlar 
bo’lib turdi.
 
Karl
 Buyuk tomonidan zarb qilingan kumush tanga 
Lyudovik Xudojо‘y vafotidan keyin imperator unvonini olgan Lotarga qarshi ikki ukasi — 
Lyudovik Nemis bilan Karl Yaltiroqbosh bosh kо‘tardi.841-yilda Fontenua yonidagi jangda Lotar 
ikkala ukasining birlashgan qо‘shinlaridan yengildi, 842 yilda Lyudovik bilan Karl Strasburg 
shahri yonida bitim tuzib, Lotar ustidan tо‘la g‘alaba qozonmaguncha kurashni davom ettirishga
ahd qilishdi. 
Endi g‘alaba qozonishga kо‘zi yetmagan Lotar yon berishga majbur bо‘ldi. 
 
843 yilda Verdenda Karl Buyukning uch nabirarasi imperiyani uch qismga bо‘lib oldi. 
Verden ahdiga muvofiq akasi Lotar imperatorlik unvonini saqlab qoldi, lekin ukalariga nisbatan 
hech qanday maxsus huquqqa ega emas edi. 
Lotarga- Italiya, sharqda Reyn bilan g‘arbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari 
о‘rtasidagi yerlar tegdi, Reynning sharqidagi yerlar Lyudovik Nemisga tegdi, Lotarga qarashli 
yerlarning g‘arbidagi yerlar Karl Yaltiroqboshga tegdi.
Verdenda bо‘lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat— 
Fransiya, Germaniya va Italiyani tashkil topishini belgilab berdi. IX asrning yarmida bu davlatlar 
ichida eng yaxliti «g‘arbiy franklar» davlati edi, bu keyinchalik vujudga kelgan Fransiyaning 
kurtagi bo’ldi.Bu yerdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topib kelayotgan franshuz xalqidan 
iborat bо‘lib, bu xalq alohida bir shimoliy roman tilida, ya’ni ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu 
davlatning poytaxti Parij bо‘lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosida joylashgan. 
«G‘arbiy franklar» qirolligi yoki ( X asrdan Fransiya deb atala boshlandi) da Karolinglar X 
asrning oxirigacha hokimiyatni о‘z qо‘llari ostida saqlab keldilar. Germaniya bilan Italiyada esa 
X asrning boshlarigacha hokimiyatni boshqargan edilar. 
«Birinchi fransuz qiroli» Karl Yaltiroqbosh о‘z zodagonlariga yon berishga majbur bо‘ldi. 
847 yilda u Mersen kapitulyariysini imzolab, unda har bir erkin kishiga senyor topib olishni taklif 
qildi, qirol о‘z fuqarolari ustidan qanday hokimiyatga ega bо‘lsa, senyor ham о‘z vassallari ustidan 
shunday hokimiyatga ega edi. 887 yildagi Kyersen kapitulyariysi yer benefitsiylarining nasldan-
naslga meros bо‘lib qolishini qonunlashtirdi.


Karl II Yaltiroqbosh zamonida Fransiya qirolligiga normanlar hujum qila boshlagan edi. Karl 
II vafotidan keyin (877 yil) bu hujumlar juda ham avj oldi. Hujum qilganlar qisman norvejlar, 
qisman shvedlardan iborat bо‘lgan skandinavlar edi. Ular dengizda suzishni yaxshi bilgan, temir 
qurollardan foydalana olgan (chunki Skandinaviyada temir rudasi chqar edi), normanlar 
kemalarida fransuz daryolari quyiladigan joylargacha kelib, mamlakatni talab ketardilar.
885—886 yillarda normanlar Parijni 10 oy qamal qildi, lekin ololmadi. Parijning 1chi grafi 
Robert Zо‘rning о‘g‘li, graf Ed Parijskiy muvaffaqiyatli mudofaa uyushtirib, dushmanni qaytardi. 
Sо‘nggi Karolinglarning biri Karl IV Anqov 911 yilda quyi Sena qirg‘og‘ini normanlar boshlig‘i 
— gertsog Rollanga berishga majbur bо‘ldi, Rollan bu yerda kо‘chib kelgan normannlardan iborat 
juda kuchli bir knyazlik— Normandiya gersogligini tuzdi. Normanlar mahalliy aholi bilan tezda 
aralashib ketdilar, xristianlikni qabul qildilar va fransuz tili hamda urf-odatlarini о‘zlashtirib 
oldilar. Yangi fransuz-normandiya gersogligi Shimoliy Fransiyadagi eng kuchli feodal knyazlik 
bо‘lib qoldi, bu yangi knyazlik rasman Karolinglarga vassal-tobe edi, amalda esa ularga mutlaqo 
tobe bо‘lmay, ba’zan Parijning о‘zini ham bosib olish xavfini solib turardi. 
X asrning oxiriga kelib, Karolinglar dinastiyasi qo’lida faqatgina Lan shahri qoldi, sо‘nggi 
Karoling Lyudovik V Yalqov о‘lgandan keyin graf Robert Zо‘rning avlodlaridan biri bо‘lgan 
Gugo Kapet 987 yilda zodagonlar va ruhoniylar yig‘ilishi tomonidan Fransiya qiroli etib saylandi. 
Shunday qilib, Fransiyani yangi dinastiya — Kapetinglar dinastiyasi idora qila boshladi.(shunday 
qilib,687 yilda Pipin II Geristalskiy asos solgan Karolinglar dinastiyasi, 987 yilga kelib, Lyudovik 
V Yalqov vafotidan keyin tugadi). 
Kapetinglar dinastiyasining asoschisi Gugo Kapet bo’lib,1328-yilda Filipp IV vafotidan 
keyin, bu dinastiyada erkak zurriyoti qolmagach, hokimiyatga Filipp VI Valua o’tiradi,va 
Kapetinglar dinastiyas tugadi. Lekin keyinchalik, XII va XIII asrlarda bu dinastiya shaharlarga 
suyanib, qaddini rostlab oladi, va Fransiyani birlashtirishga va markazlashgan davlatga asos
solishga muvaffaq bо‘ladi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish