Franklarning mehnat qurollari va ro`zg`or buyumlari
Cherkov ham qirol xazinasidan in’om (donatio) tariqasida kо‘p yer oldi. Dunyoviy
zodagonlar ham cherkov zodagonlari ham, о‘z yerlarini,
qiroldan tashqari, dehqonlar hisobiga
kengaytirdilar. Dehqonlar qо‘shni dunyoviy katta yer egalari homiyligiga
(patronat yoki
kommendatsiya ;ishonib topshiraman, beraman degan ma’noni bildirib, G’arbiy Yevropada ilk
o’rta asrlarda o’zini kuchliroq, boyroq, qudratliroq kishi homiyligiga topshirish hujjati)
ga
о‘tdilar. Shuningdek, dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarini shu shaklda bо‘lar
edilarki, cherkov-dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok tо‘lab turish yoki
barshchina о‘tash sharti bilan
umrbod foydalanishga berardi, bu yer turi prekariy
(«iltimosga
muvofiq berilgan yer»)
deb atalardi.
Merovinglar dinastiyasi (402-687yillarda boshqargan) deb nom chiqargan Xlodvig о‘zaro
urushlar natijasida zaiflashdi. Xlodvigning vorislari о‘rtasida bо‘lgan qirq yillik urushdan ko’proq
vaqt davom etgan urush VI asrning 60- yillari oxiridan to 613 yilgacha davom etdi. Dinastiyaning
ikki avlodi о‘rtasida bо‘lgan bu urushda ikki qirolicha ayniqsa katta rol о‘ynadi. Biri; Avstraziya
qiroli Sugibertning xotini Brungilda, ikkinchisi; Neystriya qiroli Xilperikning xotini Fredegonda
edi. Brungilda (u vestgot malikasi edi) qirol xonadonidagi 10ta shahzodani о‘ldirtirib, raqibi
Fredegonda va eri Sugibert vafotidan keyin, dastlab о‘g‘li nomidan, keyin nevaralari
nomidan
taxtni idora qildi.
613 yilda butun hokimiyat Xilperik va Fredegondaning о‘g‘li Xlotar II ga о‘tdi.
Xlotar II hokimiyati kuchli hokimiyat bо‘lmadi. Xlotar II ning о‘g‘li Dagober zamonida
(629—639) qirol hokimiyati obro’si oshdi. Dagober franklarning sharqdagi chegaralarini
kengaitirishga urinib, slavyanlarga qarshi yurishlar qildi. Lekin u о‘lgandan keyin shuiday bir davr
boshlandiki, 639 yildan 751 yil о‘rtasidagi butun bir davr «yalqov qirollar» davri deb ataldi.
1
. VII—VIII asrlardagi Merovinglar faqat nomigagina qirol bо‘lib, ular qо‘lida haqiqiy
hokimiyat yо‘q edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib oldi.
Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada eng zodagon
xonadonlar yetishib chiqib, bular о‘z
yurtlarida qirol mayordomlari sifatida butun hokimiyatni о‘z qо‘llariga oldilar. Mayordom
(’’xonadon og‘asi’’, ya’ni saroy boshlig‘i deb atalib, Merovinglar davridagi oliy mansabdor
shaxs).
Dastlab uch mayordomdan eng kuchlisi Neystriya mayordomi edi.
U Burgundiya
mayordomini bо‘ysundirdi, lekin Avstraziya mayordomining qarshiligiga uchradi.
Avstraziyaning Pipinlar xonadonidan chiqqan mayordom gertsog Pipin II Geristalskiy 687
yilda Tertri yonida raqibi Neystriya mayordomini tor-mor qilib, butun qirollikni bir о‘zi idora qila
boshladi, u hokimiyat tepasiga kelgach, yangi dinastiya, bu dinastiya keyinchalik uning mashhur
namoyandasi bо‘lgan Karl Buyuk nomi bilan Karolinglar dinastiyasi (687-987yillarda
boshqargan) deb ataldi.
Pipin Geristalskiyning о‘g‘li Karl Martell («Tо‘qmoq») mayordom-gertsog sifatida 715
yildan 741 yilgacha idora qildi. Karl Martell Neystriyaliklarni uzil-kesil tor-mor qildi, sо‘ngra
frizlar, sakslar, allemanlar va bavarlarga qarshi yurishlar qilib, Reynning narigi
tomonida frank
davlatini tikladi, bu qabilalar franklarga yana xiroj tо‘laydigan bо‘ldi.
732 yilda Galliyaga bostirib kirgan arablarga qarshi olib borilgan jang Karl Martell tomonidan
berilgan zarba bir tomondan arablarning Yevropaga kirib borishiga chek qo’yilgan bo’lsa, ikkinchi
tomondan, mayordomlarning qudratini kuchayishiga va ularning qirollikning haqiqiy egalariga
aylanishini tezlashtirdi. 732 yil oktabrdagi Puatye yonidagi jang uch kun davom etib, jangda
Abdurahmon I o’ldirildi, bu jangda erishgan g‘alabasi uchun Karl Martell «tо‘qmoq» degan nom
oldi.
Karl Martell harbiy islohot o’tkazdi. Harbiy ishda otliq qо‘shin
uzil-kesil ravishda asosiy
о‘rin tutadigan bо‘lib qoldi (ilgari asosiy kuch piyoda askarlar edi). Harbiy islohot o’tkazilishi
munosabati bilan Karl Martell yer sohasida ham siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan otliq
askarlar zarur bо‘lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga qarashli yerlardan harbiy
benefitsiy deb atalgan yer maydonlari berish keng qо‘llandi. Bu benefitsiylar harbiy xizmatni
о‘tash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan о‘rtacha va mayda pomestyelar edi.
Harbiy xizmat о‘tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlar berishdan tashqari Karl Martell
cherkov yerlaridan ham qisman foydalandi. U о‘ziga qarshi kо‘tarilgan qо‘zg‘olonlarda dunyoviy
zodagonlar va yepiskop va abbatlarning pomestyelarini musodara qildi. Neystriyada va
Akvitaniyada bunday ru-honiy yer egalari kо‘p edi. Ruhoniylardan
musodara qilib olingan
yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi.
G‘arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta о‘tkazilgan katta sekulyarizatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: