Imperator Karl Buyuk
Karl Martellning o’g’li Pipin III Pakana ham (741—768) avval faqat mayordom unvoni bilan
yurdi. Pipin hokimiyat tepasiga kelgach, papalar bilan dо‘stona munosabat о‘rnatishga
harakat
qildi. U cherkov yerlarini sekulyarizatsiya qilishdan bosh tortdi.
751 yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida Pipin frank qiroli deb e’lon qilindi.
Oxirgi Meroving qiroli Xilperik III monastirga jo’natildi, umrining Merovinglarni chetlatishda
yordam berganligi uchun papaga minnatdorlik yuzasidan Pipin Pakana langobardlarga qarshi
755—756 yillarda
ikki marta yurish qilib, chunki langobardlar papani siqib, Rimni bosib olish
xavfini solayotgan edilar.
Pipin III pakana papa Stefan II (752—757) ga 756-yilda Ravenna
va Rim viloyatlarini
«hadya» qildi, shu tariqa VIII asrning о‘rtalarida Yevropada cherkov papa davlati rashkil topdi,
(bu davlat Rim shahrining bir qismini egallagan,’’papa davlati’’-Vatikandir, u 1922 yildan beri
yashab kelmoqda).
Karl Buyuk Karolinglar dinastiyasining eng atoqli namoyandasi edi. U 46 yil (768-814)
hukmronlik qildi. Karl katta sarkarda va istilochi edi. Karl Buyukning shaxsan о‘zi 50 dan ortiq
yurishda qatnashdi. U 773—774 yillarda langobardlarga qarshi urushib, langobardlar poytaxti
Paviyani bosib oldi va qirol Dezideriyni taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin о‘z mus-
taqilligini yо‘qotdi, frank qirolligiga |qо‘shib olindi, graflar tomonidan idora qilina boshlandi.
Keyinchalik Karl Langobardiyaga о‘g‘li Pipinni vitse-qirol qilib tayinladi. Karlni ’’franklar va
langobardlar’’qiroli deb e’lon qilishdi.
VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush qildi. U 778 yilda Pireneya tog‘lari
orqasiga
yurish qilib, Saragosa shahrini bosib olishga harakat qildi. Yurish muvaffaqiyatsiz
chiqadi Saragosani ololmaydi.Qaytishda Ronseval darasida franklarga mahalliy aholi basklar
hujum qiladi.Bu jangda franklar otryadi deyarli qirib tashlanadi. Halok bо‘lganlar qatorida Bretan
markasining grafi Roland ham bor edi. Keyincha bu epizod «Roland haqida qо‘shiq»
nomli
mashhur dostonga mavzu bo’ldi
2
.
Karl Buyukning Ispaniyaga 2chi marta yurishi 801-yildagi yurish natijasida Barselona shahri
tortib olinib,bosib olingan yerlarda Ispan markazi tuzilib,franklar davlatining chegara viloyatiga
aylantirildi, va bu okrugga Barselona grafligi deb nom berildi.
Karl Buyukning sakslar bilan urushi 30 yildan ortiq (772 yildan 804 yilgacha) davom etdi.
Sakslar G‘arbiy Germaniyadagi eng katta qabila edi. Ular Reyndan El’bagacha chо‘zilgan juda
katta hududda yashar edilar. Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bо‘ysundirdi.
Avval g‘arbiy sakslar-vestfallar (ular Reyn va Vezer daryolari о‘rtasida yashar edilar)
bо‘ysundirildi. Undan keyin Ostfallar-sharqiy sakslar (ular Vezer daryosining sharqida yashar
edilar) bo’sundirildi. 777 yilda Paderbornda bо‘lgan syezdda saks qabilalarining boshliqlari
Karlga qasamyod qildi. Bu esa sakslarning ko’pchiligi tomonidan
xiyonat deb qabul qilinib,
franklarga qarshi kurashning kuchayishiga olib keldi.
778 yilda sakslar qо‘zg‘olon kо‘tardilar, bu qо‘zg‘olondan maqsad franklar zulmidan xalos
bо‘lish edi. Qо‘zg‘olon kо‘targan sakslarning asosiy boshliqlaridan biri — vestfallar gersogi
Vidikund qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785 yilda sakslarga xiyonat qildi va Karl tomoniga о‘tdi.
Nihoyat, 804-yilga kelib, Saksoniya batamom Karl Buyuk imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Sakslar bilan urishish vaqtida Karl Sharhiy Yevropadagi boshqa xalqlar bilan ham urush olib
borishga majbur bо‘ldi. U polab (El’ba bо‘yi) slavyanlari bilan urushdi va bu qabilalardan ba’zilari
— lyutichlar va lujichanlarga —
xiroj soldi, Dunayning о‘rta oqimidagi avarlar (sharqik,
xunnlarga yaqin qabila bo’lib,VI asrning oxirlarida O’rta Yevropada vujudga kelganlar. Ular
Dunay bo’yi rayonlaridagi slavyan qabilalarini bir qismini o’ziga bo’ysundirgan) asos solgan
Avariya podsholigi
franklarga qaram bо‘ldi. Karl Buyuk zamonida uning chegaralari g‘arbda Ebro
daryosi, Pireneya tog‘laridan Atlantika okeanigacha, sharqda El’ba va Dunay daryolari va Adriatik
dengizi qirg‘oqlarigacha, shimolda Friz (yoki Nemis) va Boltiq dengizlarigacha, janubda deyarli
janubiy Italiyagacha bordi. Papa davlati ham Karl Buyuk davrida unga bо‘ysunuvchi vassal davlat
bо‘lib qoldi.
Frank qiroli qо‘l ostidagi yerlarning juda kengayib ketishi,
Karl Buyukni va uning
maslahatchilarini unvonini (titulni) о‘zgartirish tо‘g‘ri keldi. 800 yil 25-dekabr kuni Avliyo Pyotr
ibodatxonasida Rim papasi Lev III Karlni imperator deb e’lon qildi va unga toj kiydirdi
3
.
Juda katta bir davlatni idora qilish uchun Karl ma’muriy apparatni qayta tuzib chiqdi.
Karl Buyukning idora qilish markazi qirol saroyi— palatsiy edi.
Yuqori mansabdagi
amaldorlarning butun ishi shu palatsiyda markazlashtirilgan edi. Bular;
Do'stlaringiz bilan baham: