Mavzu:
Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi 4-soat
Reja:
1.Xlodvigdan oldingi franklar.
2.’’Sali haqiqati’’ga ko’ra franklarning ijtimoiy tuzumi.
3.Merovinglar hokimiyatining zaiflashuvi.
4.Karolinglarni idora qila boshlashi.
5.Karl Buyuk imperiyasi.
6.Karl Buyuk vafotidan keyin frank davlatidagi o’zaro urushlar. So’nggi karolinglar.
7.Kapetinglarni idora qila boshlashi.
Tayanch iboralar:
Vandallar; vesgotlar; osgotlar; franklar, hamavlar, sukambrlar, batavlar,langobardlar;
’’sali franklari’’; ’’ripuar franklar’’; merovinglar sulolasi; ’’Sali haqiqati’’; drujina; vergild;
solid; villa; allod; titul; benefitsiy; votchina; litlar; Karolinglar sulolasi; Karl Buyuk imperiyasi;
patronat; kommendatsiya; obrok; prekariy; magnat; mayyordom; sekulyarizatsiya; ’’yalqov
qirollar davri’’; Mons Vatikanus; marka; vestfallar; ostfallar; seneshal; marshal; kamerariy;
saroy grafi; arxikansler; edikt; arxikapellana; graf; pag; satsebaronlar; tunginlar; vikariylar;
gertsog; kaputulyariy; sen’or; normannlar; Kapetinglar sulolasi.
Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g’arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani,
sharqiy gotlar (ostgotlar)
Italiyani, franklar Galliyani, anglo va sakslar esa Britaniyani egallab
oldilar. Shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar.
Rim imperiyasi hududiida tuzilgan varvar qirolliklari ichida eng kattasi va kuchligi franklar
qirolligi edi. Franklar bora-bora burgundlarni bо‘ysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib
chiqardilar. Italiyada langobardlarni zabt etdilar va Reynning narigi
tomonida qolgan german
qabilalarining hammasini deyarli о‘zlariga itoat ettirdilar.
Franklarning о‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning turli
xil nomlarda, masalan, Tatsit asarida hamavlar, sukambrlar, batavlar degan nomlar bilan atalgan.
«Frank» degan nom (bu sо‘zni «jasur», «erkin» deb tarjima qilishadi) III
asrning о‘rtalarida paydo
bо‘lib, Reynning о‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir guruh german qabilalariga taalluqli
umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab Reyn daryosining о‘ng qirg‘og‘ida yashar edilar. 451
yildagi Katalaun jangida,franklar rimliklar tarafida turib xunnlarga qarshi urushib, ular katta-katta
ikki guruhga bо‘lindilar. Bir guruhi (Reynning quyi oqimida yashovchi) dengiz bо‘yi franklari
yoki sali franklari deb, ikkinchi guruhi (Reynning о‘rta oqimida yashovchi) franklar—qirg‘oq
franklari yoki ripuar franklari deb atalar edi. Bulardan kuchlisi sali franklari bо‘lib, ular
Galliyaning g‘arbiga qarab bordilar. Sali franklarining birinchi qiroli Meroviy bo’lib, u 437
yilgacha boshqargan, undan so’ng taxtga uning o’g’li Xilderik chiqib, u (437-481)yillargacha
boshqargan. Undan so’ng Xlodvig davri (481—511)
boshlanib, bu haqda Tura shahrining
yepiskopi Grigoriy Turskiy yozib, «Franklar tarixi» degan kitobida mufassal bayon qilib bergan.
Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qiladi. Rimnilg bu viloyati hali varvarlar
tomonidan zabt etilmagan hudud edi, Rim imperiyasi qulagandan keyin Shimoliy Galliyani Siagriy
degan rimlik bir magnat, idora qilar edi, bu viloyatning markazi Parij edi. Siagriy franklarga jiddiy
qarshilik kо‘rsata olmadi, Suasson shahriga yaqin bir joyda Rim qо‘shini franklar tomonidan tor-
mor etildi. Siagriy vestgotlar qiroli huzuriga qochadi, lekin vestgotlar qiroli uni Xlodvigga tutib
berdi. Xlodvig Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib olib, franklarga juda ko’p mо‘l-kо‘l yer
bо‘lib berdi.
90- yillar о‘rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning о‘zi va
drujinasi qabul qilgan bo’lsa, keyin oddiy franklar va ularning oila-a’zolari ham qabul qildilar.
Franklarning V asr oxiri-VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi «Sali haqiqati» franklarning sud
sohasidagi rasm-qoidalarni tо‘plami bо‘lib, Xlodvig zamonida (500 yilga yaqin) yozilgan. «Sali
haqiqati»ga («Lex Salia») asoslanib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bо‘lgan, degan