T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning. Eritmalar va ularning konsentrasiyasi haqida tushuncha, eritmalarning ahamiyatini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
1.Eritmalar va ularning konsentrasiyasi. 2.Eritmalarning ahamiyati.
III.Yangi darsning bayoni.
Eritma - erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir. Eritmada modda molekula yoki atomgacha bo‘lgan holatda maydalangan bo‘lib, 10-9 m atrofida yoki undan kichik o‘lchamlarda bo‘lgani uchun erituvchi molekulalari orasida taqsimlangan, tarqalgan bo‘ladi. Masalan, aptekalardagi yodning spirtdagi eritmasida yod molekulalari spirt molekulalari orasida tarqalgan bo‘ladi. Bu eritma tiniq, filtrdan o‘tganda hech narsa qolmaydi. Bu eritmalar haqiqiy eritmalar deb ataladi.Eritmalar suyuq, qattiq, gazsimon bo‘ladi. Suyuq eritmalarga: tuz, qand, spirtning suvdagi eritmasi; qattiq eritmalarga: metallarning tilla buyumlar, dyuralyumin kabi qotishmalari; gazsimon eritmalarga: havo yoki gazlarning boshqa aralashmalari misol bo‘ladi.Eritmalar hosil bo‘lishida issiqlik yutilishi yoki chiqishi kuzatiladi. Eritmalar elektr tokini o‘tkazishi yoki yaxshi o‘tkazmasligi mumkin.Eritmalar mexanik aralashmalarning ham, kimyoviy birikmalarning ham xossalariga ega bo‘ladi.Eritmalarni amaliyotda qo‘llashda erigan modda shu eritma massasining qancha miqdorini tashkil qilishini bilish muhim ahamiyatga ega.Eritma tarkibini (xususan, erigan modda miqdorini) turli usullar bilan o‘lchaymiz (massa ulushi yoki foizlar) yoki o‘lchamli (konsentratsiyalar) kattaliklar bilan ifodalash mumkin.Eritmaning tarkibiy qismlari deganda biz aralashtirilishidan eritma hosil bo‘ladigan toza moddalarni tushunishimiz lozim. Bunda ko‘proq miqdordagisini erituvchi, ozroq miqdordagisini erigan modda deb qabul qilamiz.Bu terminlar qulay bo‘lishi uchun qabul qilingan, chunki, eritma hosil qilish uchun ikki komponent aralashtirilar ekan, ularni qat’iy chegaralash mumkin emas. Toza suyuqlik va qattiq moddadan eritma hosil qilishda, odatda, suyuq komponent erituvchi deb qabul qilinadi. Erigan modda qattiq, suyuq, gazsimon bo‘lishidan qatiy nazar, eritma tarkibi haqida gapirganimizda erigan moddaning erituvchiga nisbatini hisobga olishga majburmiz. Shu nisbiy miqdor - konsentratsiya deb ataladi va uni ifodalashda turli kattaliklardan foydalaniladi.Odatda kimyoda konsentratsiya 1 og‘irlik qism eritmada mavjud erigan modda massa ulushlarida, 100 g eritmada mavjud erigan modda foizlarida, 1 l eritmada mavjud erigan modda mollari yoki ekvivalentlari orqali ifodalanadiEritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Eritmalarning eng katta sinfi albatta suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarni tashuvchi, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi turli jarayonlar amalga oshuvchi muhit (tana haroratini me’yorlashtirish, tanadan turli zararli moddalarni chiqarib yuborish kabi) sifatida alohida o‘ringa ega. Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20—25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalarning tanasining 95—98%, suv o‘tlari tanasining 95—99%, quruqlik o‘simliklari tanasining 50—75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. 3 %-li 200 g HCl eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,19 g/ml bo‘lgan 36 %-li konsentrlangan HCl eritmasidan necha ml olish kerak? .
2. 6 %-li 250 g HNO3 eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,415 g/ml bo‘lgan 70,3 %-li konsentrlangan HNO3 eritmasidan necha ml olish kerak? .
V .Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |