T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning. Suv eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I. Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
1.Suv eng yaxshi erituvchi. 2. Eruvchanlik. 3.Suv eng yaxshi erituvchi va Eruvchanlik oid masalalar yechish.
III.Yangi darsning bayoni.
Suv inson hayoti va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirish jarayoni oziq moddalarni suv yordamida eritma holiga o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Barcha muhim fiziologik suyuqliklar (qon, limfa va b.) suvli eritmalardir. Asosida kimyoviy jarayonlar yotadigan ko‘plab ishlab chiqarish sohalarida suvli eritmalardan foydalaniladi.
Suyuq eritmalar — ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomogen (bir jinsli) tuzilmalardir.Yer yuzining umumiy sathi 510100000 km2 bo‘lsa, shundan 375000000 km2 suv bilan qoplangan. Okean va dengizlardagi suv (ularda erigan tuzlarni hisobga olmagan holda)1,4∙1018 t, quruqlikdagi chuchuk suv va muzliklardagi suv 4∙l015 t, tirik organizmlar va tuproq, tog‘ jinslari tarkibidagi suv 1017t atrofida massaga ega. 70 kg og‘irlikdagi odam tanasida ≈49 kg suv bo‘ladi, ba’zi meduzalar tanasining 98% i suvdan iborat bo‘ladi.Tabiatda suv juda ko‘plab tuzlarni eritgan holda bo‘ladi. Ganga yoki Missisipi kabi daryolar yiliga 100000000 t gacha, dunyodagi barcha daryolar Dunyo okeaniga 2735000000 t tuzni eritib tashib keltiradi.Umuman olganda suvda deyarli barcha moddalar eriydi. Ba’zi moddalar juda yaxshi, ayrimlari o‘rtacha, yana bir xillari yomon eriydi. Ba’zi moddalar juda yaxshi, ayrimlari o‘rtacha, yana bir xillari yomon eriydi.Yomg‘ir suvi atmosferaning quyi qavatlaridan o‘tadigan qisqa vaqt ichida o‘zida sezilarli darajada turli moddalarni erita oladi va bug‘latilganda 1000 g yomg’ir suvidan 3-5g qattiq qoldiq qoladi. Tuproqqa tushgan suv tarkibida erigan moddalar tuproq va tog‘ jinslaridagi tarkibiy qismlar bilan kimyoviy ta’sirlashib, tabiatda uzluksiz davom etadigan tuproq hosil bo‘lishi, tog‘ jinslarining yemirilishi va yangi minerallar hosil bo‘lish jarayonlarida faol ishtirok etadiSuv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi.Bizning nazarimizda erimaydigandek ko‘rinadigan moddalar ham suvda biroz bo‘lsa-da eriydi. Sheele 12 kun davomida distillangan qor suvini kolbada qaynatib, kolba devori bir oz yeyilganini aniqlagan. Lavuazye 101 kun davomida og‘irliklari tortilgan kolbada aniq miqdor suvni qaynatib, idish og‘irligi ma’lum miqdorga kamayganligini va bu miqdor suvni bug‘latgandan keyin qolgan qoldiq miqdoriga tengligini aniqlagan. Demak, shisha ham oz miqdorda bo‘lsada suvda erigan. Eruvchanlik — moddaning erish qobiliyati.Suvda biror modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Xona haroratida (20°C) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to‘yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha miqdor qandni eritib bo‘lmaydi. Eruvchanlik o‘lchami moddaning ma’lum sharoitda to‘yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi. To ‘yingan eritma − ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma.Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |