T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning Kislorodning tabiatda aylanishi, havoning tarkibi. Havoning ifloslanishdan saqlashni tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I. Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
1.Kislorodning tabiatda aylanishi. 2.Havoning tarkibi. 3.Havoning ifloslanishdan saqlash.
III.Yangi darsning bayoni.
Havo-insoniyatning bebaho umumiy mulkidir. Agar chang va g‘ubor bo‘lmasa inson 1000 yil hayot kechirgan bo‘lar edi» deb ta’kidlagan edi Abu Ali ibn Sino.
Kislorodning litosfera, gidrosfera va atmosferada katta miqdorda uchrashi haqida oldingi mavzularda aytib o‘tgan edik.Litosfera gidrosfera, atmosfera, biosferalardan farq qilib, kislorodning tabiatda aylanishida uncha ishtirok etmaydi. Tabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog‘liq.Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta’sirlashib, organik modda va kislorod hosil qiladi. Bunda CO2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun, qolgan yarmi yana suv hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. Karbonat angidrid ta’sirlashadigan suvdagi kislorod O2 holida to‘la atmosferaga o‘tadi. Shunday qilib, fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o‘tishini ta’minlaydi (kislorodning suv molekulasidan ajralishi * belgisi bilan ko‘rsatilgan): 6CO2+6H2O* = C6H12O6 + 6O2*. 6CO2+6H2O* → C6H12O6 + 6O2*. Fotosintezga teskari jarayonlar bo‘lgan nafas olishda, o‘lgan organizmlarning parchalanishi va yonishda kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi:
C6HI2O6 + 6O2→6H2O+6CO2. C6HI2O6 + 6O2→6H2O+6CO2.Yer biomassasidagi kislorod 20—30 yilda to‘liq almashinib bo‘ladi. Litosferaga kislorod atmosferadagi CO2 shaklida bog‘langan holda CaCO3 (masalan, mollyuska chig‘anoqlari orqali) ga o‘tib, so‘ngra shu karbonatlar termik parchalanishidan CO2 holida atmosferaga qaytadi: CaCO3 = CaO + CO2. Bu reaksiya asosan vulkan faoliyati zonalarida ro‘y berib, atmosfera CO2 ini juda sekinlik bilan yangilaydi.Havo. Atmosfera havosi ko‘plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari uning tarkibiga biroz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va suv bug‘lari, vodorod kiradi. Ulardan tashqari sharoitga qarab, havoda chang va ba’zi tasodifiy qo‘shimchalar ham uchrab turadi. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, ular har qanday joyda ham deyarli bir xil miqdorda uchraydi. Karbonat angidrid, suv bug‘lari va chang miqdori sharoitga qarab o‘zgarib turadi. 1 l havo 20°C da va normal atmosfera bosimida 1,293 g keladi.-192°C va 101,33 kPa bosimda havo rangsiz, tiniq suyuqlikka aylanadi. Suyuq havodan azot, kislorod, inert gazlarni ajratib olinadi.Havodagi CO2 va suv bug‘lari Yer issiqligini koinotga tarqalib ketishini oldini oluvchi to‘siq — himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami quyosh va yulduzlarning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini — Yerdagi hayot uchun halokatli nurlarni o‘tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi.Havodagi qattiq zarralar — chang yomg‘ir tomchilari hosil bo‘ladigan yadrolar vazifasini bajaradi (chang: mineral moddalar, ko‘mir zarralari, o‘simliklar changi, turli bakteriyalardan iborat bo‘ladi).Havodagi tasodifiy qo‘shimchalarga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo‘ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo‘lgan sulfit angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo‘ladigan azot oksidlari kabi murakkab moddalar mansub bo‘lib, ular davriy ravishda yomg‘ir, qor bilan havo tarkibidan chiqib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |