T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning Kislorodning kimyoviy xossalari, biologik ahamiyati va ishlatilishini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemas laboratoriya jihozlarii,
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
Kislorodning kimyoviy xossalari, Kislorodning biologik ahamiyati Kislorodning ishlatilishi.
III.Yangi darsning bayoni.
Fizik xossalari. Kislorod molekulasi ikki atomdan iborat bo‘lib, oddiy modda sifatida O2 formula bilan ifodalanadi. Nisbiy molekulyar massasi 32 ga teng. Odatdagi sharoitda kislorod — rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz. Havodan biroz og‘ir (1 l kislorodog‘irligi 1,43 g; 1 l havo og‘irligi 1,293 g). Kislorod suvda eriydi: 0°C da 1 l suvda 49 ml, 20°C da 1 l suvda 31 ml kislorod eriydi. 1500°C atrofida kislorod atomlarga ajray boshlaydi. -183°C da kislorod havorang suyuqlikka aylanadi. Suyuq kislorod magnitga tortilish xususiyatiga ega. Ozon. Kislorod yoki havodan elektr uchquni o‘tkazilsa (yoki momoqaldiroqda, chaqmoq chaqqanda) o‘ziga xos hidga ega yangi modda — ozon hosil bo‘ladi. Ozonni toza kisloroddan olish mumkinligi hamda faqat kislorod atomlaridan tashkil topganligi uni kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi ekanligini tasdiqlaydi: 3O2 = 2O3 — 289 kJ. Ozon doimiy ravishda stratosferada (Yer yuzasidan 23—25 km balandlikdagi havo qatlami) Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida, ninabargli o‘simliklarda smolasimon moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lib turadi. Stratosferada 2—4,5 mm li ozon qatlami bo‘lib, u Yerni quyoshning halokatli radiatsiyasidan (zararli nurlaridan) himoya qiladi. Ozon qatlamining yemirilishi Yerdagi tirik hayot uchun o‘ta havflidir. Shuning uchun olimlar doimiy ravishda ozon qatlami «teshiklarini» hosil bo‘lish sabablari va ularning oldini olish choralari ustida izlanishlar olib borishmoqda. . Ozon rezinani yemiradi, moylar va qog‘ozni oqartiradi, bakteriyalarni o‘ldiradi. Sanoatda texnologik jarayonlarni takomillashtirishda, tutun gazlarini, sanoat va maishiy hayot oqavalarini tozalashda, havo va ichimlik suvlarini dezinfeksiyalashda ishlatiladi. Ozon — moviy rang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshiroq eriydigan gaz (0°C da 1 litr suvda 490 ml ozon eriydi. Ozon osonlik bilan parchalanadi: O3 = O2 + O; 20 = O2
Ozon laboratoriyada ozonator yordamida olinadi. Ozonni kisloroddan kuchli sovutish orqali ajratib olinadi (-111,9°C da ozon qaynaydi) Ozon zaharli. Uning havodagi miqdori 10-5 % dan ortmasligi lozim. Kumush kislorod bilan ta’sirlashmasada, ozon uni oksidga aylantiradi. Kislorod ftordan keyin eng faol metallmasdir. Kislorod yonishga yordam beradigan gaz
Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, kumush, platina va platina qatori metallaridan tashqari deyarli barcha metallar bilan turli sharoitlarda reaksiyaga kirishib, oksidlarni hosil qiladi: 2Mg + O2 = 2MgO; a + O2 = 2CaO; 4A1 + 3O2 = 2A12O3;
2Na + O2 = Na2O2; 3Fe + 2O2 = Fe3O4 (FeO·Fe2O3).
Galogenlardan (VII guruh bosh guruhchasi elementlari) tashqari barcha metallmaslar ham kislorod bilan reaksiyaga kirishib, oksidlarni hosil qiladi: S + O2 = SO2; 4P + 5O2 = 2P2O5; C + O2 = CO2; Si + O2 = SiO2.
Kislorod murakkab organik va anorganik moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O; 2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2.
Do'stlaringiz bilan baham: |