So’ndiruvchi reagentlar — bu minerallarni to'plovchi bilan gidrofoblanishini to‘xtatishda ishlatiladigan reagentdir. Ular flotatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lgan minerallami ajratishda flotatsiyani selektivligini oshirishda kerak bo‘ladi.
So’ndiruvchi reagentlarni 5 ta asosiy ta’sir etish mexanizmi bor:
1- mezanizm — mineral yuzasidan oldindan o‘mashgan to‘plovchlarini eritish.
Misol uchun, quyidagi jarayon natijasida sianidlar yordamida mis sulfidlar(xalkopirit, kovellin, xalkozin) flotatsiyasini so‘ndirilishi( 10.7, 1 rasm).
CuFeS22CnX↔CuFeS2CuX+Сu++X-
mineral eritma
Eritma va sirt o‘rtasida ma’lum bir muvozanat hosil bo‘ladi.
Sianid qo‘shilishi (NaCN yoki KCN) eritmadagi Cu++ 2CN-= [Cu (CN)-2] mis ionlami bog'laydi, natijada eritmada mis konsentrati kamayadi, muvozanat yo‘qoladi va mineral yuzasidan mis ksantogenati eriydi.
2 - mexanizm — mineral ionlari bilan yomon eriydigan gidrofil birikma hosil qiladigan to'plovchi ionlami depressor ionlari bilan siqib chiqarib yuborilishi.
Misol uchun, galenit flotatsiyasida natriy sulfidi bilan so‘ndirish (10.7, 2- rasm). Bunday holda oltingugurt ionlari mineral yuzasidan ksantogenat ionlarini quyidagi reaksiya orqali chiqarib yuboradi:
PbS PbX2 + S2- → PbS PbS + 2X- mineral mineral eritma
3 - mexanizm — to'plovchi band qilmagan(uni so‘ndirmasdan) sirt maydonlarida depressor reagentlari bialn gidrofil birikma hosil qilishi. Natijada umumiy gidratsiyalanish oshadi, flotatsiya esa yomonlashadi.
Misol uchun, galenit flotatsiyasida kaliyning ikki xromli nordon tuzlari (K2Cr20 7) bilan so'ndirish (10.7, 3-rasm). Bunday holda to‘plovchi bilan band bo’lmagan galenitning gidrofil joylari hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshinning gidrofil sulfidxromatlari bilan qoplanadi. Sirtning umumiy gidratsiyalanishi oshadi, galenitning flotatsiyalanishi esa pasayadi.
4 - mexanizm — flotatsiyani so‘ndirib, eritmada depressor reagentlari tomonidan hosil qilingan va to‘plovchi molekulalarini himoyalovchi nisbatan katta bo‘lgan gidrofil birikmalami to'plovchi bo‘lmagan sirt joylariga o'mashib olishi.
5 - mexanizm — bo'tananing suyuq fazasidagi to‘plovchi reagentlar xususiyatining o'zgarishi, ulaming minerallar sirtiga mahkamlanishini yomonlashishiga olib keladi.
Misol uchun, to'plovchini erimaydigan birikmalar bilan qo'shish, fiotatasion-faol anionlar konsentratsiyasi tushishi bilan to'plovchining dissotsiatsiya darajasi kamayishi va boshqalar.
Muhit sozlovchi reagentlar
Muhitni boshqaruvchilariga pH muhiti regulatori va bo‘tana ion tarkibini boshqaruvchilar kiradi.
Muhitning vodorod ko‘rsatkichi (pH) deb vodorod ionlari konsetratsiyasining manfiy logarifmiga aytiladi:
pH = -lg[H ]+ (10.7)
Kislotali muhitda pH<7, neytral muhitda pH=7, ishqoriy muhitda pH>7.
Suvli eritmalarda ko‘p flotoreagentlar kuchli gidrolizlangan va ion konsetratsiyalari hamda flotorcagent molekulalari orasidagi munosabat sezilarli darajada ishqoriy muhitga bog'liq. pH muhitni boshqarish uchun kislotalar, ishqorlar va ulaming tuzlaridan foydalaniladi.
Bo'tanadagi ionli tarkibning boshqaruvchilari flotatsiyalanayotgan mineral yuzasi bilan to'plovchining ta’sirlashishiga halaqit berayotgan ionlami olib tashlash uchun ishlatiladi. Misol uchun, natriy oksidini flotatsiya qilishda kalsiy va magniy ionlari zararli hisoblanadi, shunday qilib natriy oksidi bilan ta’sirlashganda qiyin eriydigan birikma hosil bo'ladi, cho'kmaga tushishi natijasida esa bo'tanada to'plovchi ion konsentratsiyasi kamayadi va oxir oqibatda flotatsiya jarayoni yomonlashadi.
Bo'tanada bo'lgan va sfalerit flotatsiyasini faollashtiruvchi, qo'rg'oshinrux rudalaridan qo'rg'oshin minerallarining flotatsiya jarayoni selektivligiga yomon ta’sir qiluvchi - mis ionlari hisoblanadi. Buning natijasida sfalerit galenit bilan birga ko'pikka o'tadi.
Istalmagan ionlar bilan qo'shilish uchun ohak, soda va boshqa regulyatorlar ishlatiladi. Boshqaruvchi reagentlar flotatsiyada va flotatsiya natijalariga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun shlam peptizatorlari sifatida ishlatiladi. Flotatsiya jarayonida peptizator sifatida suyuq shisha, natriy geksametafosfat, natriy tripolifosfat va yana ba’zi elektrolitlar keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |