Mavzu: flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi va qo’llanilishi


Flotatsion reagentlarning vazifasi va ularning klassifikatsiyasi



Download 2,5 Mb.
bet3/5
Sana14.04.2022
Hajmi2,5 Mb.
#549814
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOYITISH M.I.

Flotatsion reagentlarning vazifasi va ularning klassifikatsiyasi
Flotatsion reagentlar deb flotatsiya jarayoniga minerallami flotatsiyalanishini boshqarish maqsadida kiritiladigan organik va noorganik moddalarga aytiladi.
Flotatsion reagentlar ishlatilish vazifasiga qarab to'plovchilar, modifikatorlar va ko'pik hosil qiluvchilarga bo'linadi.
Yordamchi reagentlarga pH muhitni boshqaruvchilar kiradi, ya’ni ko'pik modifikatorlari, flokulyantlar va dispergatorlar.
To'plovchi reagentlar — bu mineral zarracha yuzalarining namlanmaslik xususiyatini oshiruvchi va ko'pikli mahsulot olishni ta’minlovchi reagentdir. Ko'plab organik birikmalar to'plovchi sifatida qabul qilingan. 10.4-rasmda ularning umumiy klassifikatsiyasi ko'rsatilgan.
To'plovchi reagentlar 2 ta katta gumhga bo'linadi: ionogen (ionlarga dissotsiyalanadi) va noionogen (ionlarga dissotsiyalanmaydigan). Ionli to'plovchilar mineralga qaysi ion o'rnashishiga (anion va kation) va gid rofoblan ishiga qarab anionli va kationli turlarga bo'linadi.

10.4-rasm. To‘plovchilarning asosiy guruhlari klassifikatsiyasi


Anionli to‘plovchilar sulfgidril va oksigidril to'plovchilarga bo'linadi. Oksigidril to'plovchilarda molekula polyar qismining kationi kislorod bilan, sulflgidril - oltingugurt bilan bog'langan.
Sulfigidril to'plovchilarga ksantogenat, ditiofosfat, ditiokarbonat, merkaptanlar va tiofenollar kiradi. Rangli metallarni flotatsiya qilishda ksantogenat va ditiofosfatlar keng qo'llaniladi.
Ksantogenatlar — kuchli ksantogen kislotaning tuzlaridan iborat bo'lib, umumiy formulasi ROCSSMe.

bunda R— uglevodorodli radikal (tarkibida spirt bo‘lgan alkil bo'lishi mumkin); Me— ishqoriy metal (K yoki Na). Radikaldagi uglevodorod guruhlari soniga qarab ksantogenatni mos ravishda etilli va butilli deb atash mumkin.


Ditiofosfatlar — ditiofosforli kislotalaming organik hosilalari. Ditiofosfatning umumiy formulasi ROOPSS(Me).

Radikal spirt(spirtli ditiofosfat) yoki fenollar( fenolli ditiofosfat) qoldig'i bo'lishi mumkin.
Sulfigidril to'plovchilar metal sulfidlarini yaxshi flotatsiyalaydi.
Oksidgidril to'plovchilarga yog' kislotasi-karbon kislotasi va sovunlarining hosilalari; alkil-(aril) sulfatlar va sulfonatlar; fosfor va mishyak kislotalarining hosilalari kiradi. Ularning ichida eng ko'p qo'llaniladigani organik kislotalar va ularning sovunlari - yog' kislotasi hosilalari, umumiy strukturaviy formulasi RCOOH(Me).

Bunday to'plovchilar karboksillar deb ataladi. Bu turdagi to'plovchilarga olein kislotasi (C17H33COOH) va natriy oleati (C17H33COONa), neft kislotasi, neft kislotalari tuzi, talliy yog‘i, sulfatli sovun va boshqalar kiradi. Bu to'plovchilar yordamida gidrooksid metal tuzlari va qora metal karbonatlari yaxshi flotatsiyalanadi; temir va marganes oksidlari yomonroq.


Sulfat kislota hosilasi bo‘lgan sulfokislota to'plovchilar (alkisulfat va alkilsulfonat) - uglevodorodli radikal va sulfat kislota qoldiqli birikmani o‘zida mujassam etadi.
Kationli to'plovchilar ionogen turdagi reagent bo'lib, uning gidrofoblovchi ioni kation hisoblanadi.
Kationli to'plovchilardan amaliyotda eng keng qo'llaniladigani bu birlamchi amin RNH2 va to'rtlamchi ammoniy asosdir. Metalmas foydali qazilmalami va oksidlanagan sulfidli rudalami(HM-l1 va АНП reagentlari) flotatsiya qilishda qo'llaniladi.
Apolyar to‘plovchilar uglevodorodli organik birikmalar bo'lib, noinogen to'plovchilarga kiradi. Apolyar to'plovchilar suvda yaxshi erimaydi, ionlarga dissotsiyalanmaydi, suvli emulsiya ko'rinishida ishlatiladi. Yaxshi flotatsiyalanadigan - ko'mir, elementar oltingugurt, grafit, talk, molibdenit minerallarini flotatsiya qilishda ishlatiladi, bundan tashqari aralashmada ionogen to'plovchilar bo'lgan qiyin flotatsiyalanadigan rudalami boyitishda ham ishlatiladi. Apolyar to'plovchilaming selektiv harakati ionogen to'plovchilaming selektivligiga bog'liq. Apolyar to'plovchilar sifatida texnik mahsulot bo'lgan kerosin, transformator, dizel va boshqa yog'lar, mazut, tabiiy neft va boshqalar ishlatiladi.
Ko'plab ionogen to'plovchilar ikki qismdan iborat murakkab asimmetrik tuzilishga ega, bular o'zining fizik-kimyoviy va kimyoviy xususiyati zo'r bo'lgan hamda apolyar va polyarligi.
Ionogenli to'plovchilar minerallar bilan kimyoviy adsorbsiya asosida ta'sirlashadi, noionogenlilar mineral zarrachalarga fizik adsorbsiya va adgeziya yo'li bilan o'rnashadi.

10.5 rasmda ksantogenat to‘plovchining molekula tuzilishi ko'rsatilgan. Molekula suv bilan ta‘sirlashmaydigan polyar guruhdan iborat, qaysiki mineral bilan uning molekulasini kimyoviy bog’laydi va mineral yuzasiga mahkamlaydi, va apolyar gruppasi uglevodorod radikali C4H9 mineralga gidrofob xususiyatini xabar qiladi, ya’ni uni suv bilan qiyin namlanadigan qiladi.


Gidrofobsiyalanish natijasida uch fazali namlanish perimetri mahkamlanish darajasiga yetadi, yana havo pufakchasini mineralga yopishish tezligi ko‘payadi va yopishish mustahkamligi sezilarli darajada oshadi.
Faollashtiruvchi reagentlar — bu to‘plovchini mineral yuzasida yaxshi mahkamlanishiga sharoit yaratib beradigan reagentdir.
Faollashtiruvchi reagentlar 3 ta asosiy ta’sir etuvchi mexanizmlari bilan farqlanadi.
1-mexanizm — to‘plovchi faol birikadigan, mineral yuzasi bilan to‘glridan to‘g‘ri ta’sirlashmaydigan to'plovchilar bilan ploynka hosil qilishi. Misol uchun, oksidlangan minerallami natriy sulfidi bilan sulfidlanishi (10.6, 1- rasm). Oksidlangan minerallar ksantogenat bilan o‘zaro ta’sirlashmaydiar. Biroq natriy sulfidi bilan ta’sirlashganda ularning to‘plovchi birikadigan yuzasida metal sulfidining plyonkasi hosi bo‘ladi.

Misol uchun, ikk va uch valentli metallaming ( Ca2+, Ba2+, Аl3+ va boshqalar) (10.6, 2a-rasm) oldindan mahkamlanishi yordamida karboksil polyar guruh to'plovchi bilan kvars flotatsiyasining faollashuvi yoki mis ionlari bilan sfalerit flotatsiyasining faollashuvi ( 10.6, 2 b-rasm).
3 - mexanizm — ikkilamchi gidrofil plyonka yuzasidan eritish va olib tashlash, so‘ng to‘plovchi bilan yangi paydo bo’lgan yuzaning o‘zaro ta’sirlashuvi.
Misol uchun, pirit yuzasidan temir gidrooksid plyonkasini kislota yordamida olib tashlash va piritga ksantogenatni birikishi (10.6, 3-rasm).

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish