Ikkinchi usul. O‘rtacha xronologik usulda 1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha sonini hisoblaymiz. O‘rtacha xronologik formula quyidagicha ko‘rinishda yoziladi:
Bunda: X1, X2, X3,..., Xn - har qaysi oy boshiga sigirlar soni; n - oylar soni. Misolimiz ma’lumoti bo‘yicha har qaysi bo‘limda oy boshiga sigirlar sonini yozib chiqamiz.
1- oyda sigirlar soni - 224 bosh 2- oyda sigirlar soni - 224 bosh
3- oyda sigirlar soni - 240 bosh 4- oyda sigirlar soni - 300 bosh
Endi bu raqamlarni formulaga qo‘yib, 1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha sonini aniqlaymiz.
Bu o‘rtacha ko‘rsatkich ham to‘g‘ri, lekin u oldingi hisoblangan o‘rtacha ko‘rsatkichdan (262 bosh) biroz to‘liqdir. Chunki bu usulda chorak ichida har bir oyning boshiga sigirlar sonida bo‘lganda o‘zgarishlar etiborga olinadi.
O‘rganilayotgan davrni har bir kun bo‘yicha sigirlar sonida bo‘lgan o‘zgarishlarni to‘liq hisobga olish uchun sigirlarning o‘rtacha soni ozuqa kunlari asosida hisoblanishi lozim.
Uchinchi usul. Ozuqa kunlari asosida 1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha sonini hisoblaymiz. Buning uchun avvalo 1 chorak bo‘yicha ozuqa kunlari sonini hisoblab olish kerak, keyin uni chorakdagi kunlar soniga bo‘linadi. Ozuqa kunlari soni qo‘yidagicha hisoblanadi.
1.1- yanvardan 16- fevralgacha 46 kun bo‘lib, har kuni 224 bosh sigir boqilgan, demak, ozuqa kunlar soni 46 x 224 = 10304 ga teng;
2.16- fevraldan 2- martgacha 14 kun bo‘lib, har 240 bosh sigir boqilgan, ozuqa kunlar soni 14 x 240 =3360 ga teng;
3. 2- martdan 1- aprelgacha 30 kun bo‘lib, har kuni 300 bosh sigir boqilgan. Ozuqa kunlar soni 30 x 300 = 9000 ga teng.
Demak 1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha soni
Shunday qilib, uchinchi usulda hisoblangan sigirlarning o‘rtacha soni to‘g‘ri va to‘liqdir. Binobarin, statistika amaliyotida ozuqa kunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisoblangan mollarning o‘rtacha bosh soni to‘g‘risidagi ko‘rsatkichidan keng foydalaniladi.
Chorvachilik statistikasida chorva mollarining o‘rtacha bosh sonini aniqlashdan tashqari, ularni shartli bosh soniga aylantirish hisoblash ham muhim ahamiyatga ega. Bunday zaruriyat avvalo chorva mollarining yem-xashak bazasi bilan ta’minlanganlik darajasini hisoblash vaqtida muhim rol o‘ynaydi. Alohida chorva mollarining turlari, ularning yoshi va jinsi bo‘yicha guruhlari bir biridan vazni, qiymati va yem xashakka bo‘lgan talabi bilan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari turli ixtisoslashish darajasiga ega bo‘lgan xo‘jaliklar bo‘yicha chorva mollarining bosh soni ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirish ko‘pincha noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga olib keladi.
Chorva mollarini shartli bosh soni birligi sifatida katta yoshdagi qoramol qabul qilingan ularning qiymati yoki ozuqaga bo‘lgan talabini katta yoshdagi qoramolni qiymatiga yoki ozuqaga bo‘lgan talabiga bo‘lish orqali qo‘yidagi koeffitsientlardan aniqlash mumkin (1-jadval). Mollarni shartli bosh soniga aylantirish koeffitsientlari qo‘yidagicha:
Chorva mollarini shartli bosh songa aylantirish koeffitsienti avvalo bosh son indeksini hisoblashda foydalaniladi. U quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: Q1, va Q0 - chorva mollarining turlari bo‘yicha hisobot va bazis davrdagi bosh soni; Q - shartli bosh soniga aylantirish koeffitsienti;
Chorva mollarining bosh soni ko‘rsatkichi yil davomida o‘zgarib turadi. Shuning uchun mollarning bosh soni ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda, doimo ayni bir davr ko‘rsatkichlaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |