Mavzu: fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari tannarxini statistik taxlili va tannarxini pasaytirish imkoniyatlari reja



Download 1,76 Mb.
bet1/9
Sana10.06.2023
Hajmi1,76 Mb.
#950368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chorva tannarx taxlili


MAVZU: FERMER XO‘JALIKLARIDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARI TANNARXINI STATISTIK TAXLILI VA TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
REJA:

Kirish

1. Chorvachilik statistikasining vazifalari hamda qishloq xo‘jalik chorva mollarining soni va ularni ko‘paytirish ko‘rsatkichlari.
2. Andijon viloyati Izboskan tumani “LAZIZ GO‘ZAL CHORVASI” xo‘jaligida chorvachilik maxsulotlarini tannarxini statistik taxlili
3. Chorva mollarining soni, mahsuldorligi va ularning mahsulotini iqtisodiy statistik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Qishloq xo‘jaligi statistikasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning holati va rivojlanishini, bu tarmoqda yuz berayotgan ommaviy hodisa va voqealarni miqdor tomonidan ularning sifat xususiyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
Chorvachilik statistikasi qishloq xo‘jalik statistikasining tarkibiy qismi bo‘lib, u chorvachilik tarmog‘ida sodir bo‘layotgan hodisa va voqealarni miqdor tomonini ularning sifat tomoni bilan ajralmas holda o‘rganadi. Chorvachilik aholini g‘oyat muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini xom-ashyo bilan ta’minlaydi, shuning uchun ham bu xo‘jalik sohasini rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan juda muhim vazifadir.
Chorvachilikni rivojlantirish yuzasidan belgilangan dasturning bajarilishini tavsiflovchi ma’lumotlarni hisobga olish va tahlil qilish chorvachilik statistikasining asosiy vazifasidir.
Statistika chorva mollarining sonini, ularni ko‘paytirishni, mahsuldorligini hisobga olib borishini, sut, go‘sht, jun, tuxum va boshqa mahsulotlar yetishtirish hajmini belgilash hamda bu mahsulotlarni yetishtirishni kuchaytirish zaxiralarini topishi lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi iqtisodiy islohotlar darajasida kichik tadbirkorlik faoliyati shakllarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim sanalgan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlar bosqichma – bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida ham agrar sohada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va diversifikatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish va uni olib borish to‘g‘risidagi me’yoriyhuquqiy xujjatlarga O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun osti hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunning maqsadi fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hozirgi kunda fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy sub’ektlaridan biridir.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasida ham “qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, agrosanoat korxonalari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobarga oshirish, agrologistik markazlarni rivojlantirish, zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish, urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish, xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish, sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish” kabi vazifalar belgilab berilgan .
Vazirlar Mahkamasining 26.02.2021 yildagi «Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 104-son qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:

  • O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi;

  • O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi;

  • O‘zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi.

Konsepsiyaga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

  • aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;

  • aholining turmush darajasi va farovonligini oshirish;

  • mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilish.

Ro‘yxatdan o‘tkazish qishloq xo‘jaligi faoliyatining quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi:

  • qishloq xo‘jaligi ob’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari;

  • mehnat resurslari va ularning demografik tavsiflari;

  • yer resurslari va ulardan foydalanish holati;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni;

  • issiqxonalar maydoni va boshqalar.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkazish 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda (2022-2024 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:

  • ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari hamda metodik asoslari, ro‘yxatdan o‘tkazishga doir boshqa masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish;

  • sinov asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish, natijalarini tahlil qilish;

  • ro‘yxatdan o‘tkazishning yakuniy natijalarini olish va e’lon qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish.

2-bosqichda (2024 yil) bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi, ya’ni qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar yig‘iladi.
 3-bosqichda (2024-2026 yillar) quyidagilar amalga oshiriladi:

  • ro‘yxatdan o‘tkazishga doir birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimida qabul qilib olish;

  • ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayta ishlashga tayyorlash va joriy etish;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki natijalarni olish;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini e’lon qilish va tarqatish.

Hozirgi kunda dolzarb vazifalardan bo‘lib, dehqon va fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, fermerlik harakatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, jamiyatda yetakchi kuchga aylanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yo‘li bilan dehqon va fermerlar daromadini yanada oshirishga qaratilgan masalalarning maqbul yechimlarini topish muhim bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birga respublikamizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini kompleks statistik tahlili, xo‘jaliklarning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ko‘p omilli baholash, hududlar kesimida agrar sektorni rivojlanishidagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb va muhim masala hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, tarkibiy tuzilmalarini statistik baholash bo‘yicha ko‘pgina mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislar tomonidan keng ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Xususan, X.D Xo‘jaqulov., N.X Rashitova., N.N Asqarov., S.N.Sayfullaev va X.Shodiev agrar sektorda tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarning statistik usullardagi tahlilining uslubiy jihatlarini, T.Shodiev qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirishning ekonometrik modellarini nazariy va amaliy jihatlarini ilmiy tadqiq etishgan bo‘lsa, Ch.Murodov, B.Berkinov., Sh.T.Ergasheva., Q.A.Choriev mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini erkinlashtirish, ekin maydonlarini optimal tarkibini shakllantirish, xo‘jalik yuritishning tarkibiy-iqtisodiy mexanizmlarini, B.P.Pankov, N.A.Popov agrosanoat majmuasi modellari, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini samarali tashkil etish masalalarini, V.L.Somov, qishloq xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanishi va samaradorligini statistik usullarda tahlili bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amlga oshirganlar.


  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish