Mavzu: fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari tannarxini statistik taxlili va tannarxini pasaytirish imkoniyatlari reja


Chorvachilik statistikasining vazifalari hamda qishloq xo‘jalik chorva mollarining soni va ularni ko‘paytirish ko‘rsatkichlari



Download 1,76 Mb.
bet2/9
Sana10.06.2023
Hajmi1,76 Mb.
#950368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chorva tannarx taxlili

Chorvachilik statistikasining vazifalari hamda qishloq xo‘jalik chorva mollarining soni va ularni ko‘paytirish ko‘rsatkichlari.

Chorvachilik statistikasida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan xususiyatlar ham e’tiborga olinadi. Bunday xususiyatlar quyidagilardir:
1. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda yer eng muhim ishlab chiqarish vositasidir. Chorvachilik tarmog‘i uchun yer ozuqa yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
2. Qishloq xo‘jaligida, iqtisodiy takror ishlab chiqarish jarayoni tabiiy, biologik jarayon bilan chambarchas bog‘liqdir.
3. Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, chorvachilikda ish davri bilan ishlab chiqarish davri o‘rtasida tafovut bordir va shu kabilar.
Shunga ko‘ra chorvachilik statistikasi qishloq xo‘jaligidagi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bu tarmoqning holatini va rivojlanishini o‘rganadi.
Chorvachilikning holati va rivojlanishiga har tomonlama baho berish uchun statistikada ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlarning ayrimlari ishlab chiqarish sharoiti va omillarini ifodalasa, boshqalari ishlab chiqarishi natijalarini ifodalaydi. Ular o‘z navbatida mutloq, nisbiy, natural va qiymat ko‘rsatkichlariga ajraladi.
Chorvachilik statistikasida barcha ko‘rsatkichlar quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganiladi:
1. Chorvachilikning resurslarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:
1) chorva mollarining bosh soni va tarkibi ko‘rsatkichlari; 2) chorva mollarini takror yetishtirish ko‘rsatkichlari (mollar podasini to‘ldirish ko‘rsatkichlari); 3) yem-xashak bazasi ko‘rsatkichlari kabilar.
II. Chorvachilikda ishlab-chiqarish omillarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:
1) chorvachilikni intensifikatsiyalash darajasi; 2) chorvachilikni ixtisoslashtirish darajasi; 3) chorvachilikdagi konsentratsiyalash darajasi; 4) chorva mollarini ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish darajasi; 5) chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalash darajasi; 6) chorva mollarini chorvachilik binolari bilan ta’minlash; 7)chorvachilikda mehnatni tashkil etish va foydalanish ko‘rsatkichlari kabilar.
III. Chorvachilikda ishlab chiqarish natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:
1) chorvachilik mahsulotlarining hajmi ko‘rsatkichlari;
2) chorvachilik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari;
3) chorva mollarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari;
IV. Chorvachilikning iqtisodiy sataradorlik ko‘rsatkichlari:
1) chorvachilikda mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
2) ozuqadan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari;
3) ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
4) mahsulot tannarxi ko‘rsatkichlari;
5) chorvachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan foyda va ishlab chiqarishning rentabellik darajasi ko‘rsatkichlari kabilar.
V. Chorvachilikni agrosanoat ishlab chiqarish va oziq-ovqat majmuasidagi ishtirokini ifodalovchi ko‘rsatkichlari.
Chorva mollarining bosh soni qishloq xo‘jalik statistikasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsuloti hajmini hisoblash hamda chorvachilikni ishlab chiqarish yo‘nalishiga baho berishda foydalaniladi. Chorvachilik statistikasi chorva mollari va parrandalarning bosh sonini ularning turlari, yoshi va jinsi bo‘yicha guruhlari, ishlab chiqarish yo‘nalishi, iqtisodiy ahamiyati, zoti va boshqa belgilari orqali o‘rganadi.
Mutloq natural ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: chorva mollari va parrandalar bosh soni, hisobot davrida tug‘ilgan yosh mollar soni, podaning harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, zotli mollar soni va boshqalar.
Statistik va iqtisodiy tahlilda eng ko‘p foydalaniladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, chorva mollarining o‘rtacha yillik bosh soni ko‘rsatkichi hisoblanadi. Chorva mollarining bosh soni ko‘rsatkichlari tahlilda katta o‘rinni nisbiy ko‘rsatkichlar egalaydi. Ona bosh sonidan foydalanish, yaroqsiz qilish koeffitsientlari, bitta fermaga va bir gektar yer maydoniga to‘g‘ri keladigan chorva mollarining bosh soni kabilar nisbiy miqdor ko‘rsatkichlari jumlasiga kiradi. Podani yoshi, jinsi va zoti bo‘yicha tarkibi o‘rganilganda ham nisbiy miqdordan foydalaniladi.
Chorvachilik statistikasida chorva mollari va parandalarni bosh sonini o‘rganishdan natural ko‘rsatkichlardan tashqari qiymat ko‘rsatkichlaridan ham keng foydalaniladi.
Masalan: katta yoshdagi mahsuldor mollar va ish hayvonlari qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibiga kiradi. Yosh mollar va boquvdagi mollar oborot fondlar tarkibiga kiradi. Asosiy va oborot (aylanma) fondlari tarkibiga kiruvchi chorva mollari qiymatda (pulda) hisobga olinadi.
Chorva mollar soni dinamikasi asosan yil uchun hisoblanadi. Chunki, hayvonlar soni yil ichida, mavsumga qarab o‘zgaradi: masalan, mollar ko‘proq erta bahorda tug‘adi, kuzda mollar saralanadi.
Xo‘jalikda chorva mollarining bosh soni tez-tez o‘zgarib turadi, ya’ni yosh mollar tug‘iladi, mollar sotib olinadi va sotiladi, go‘shtga so‘yiladi va nobud bo‘ladi. Shuning uchun chorva mollarining sonini ma’lum vaqtga hisobga olish bilan birga, u yoki bu davr (oy, chorak, yil) uchun ularning o‘rtacha soni ham hisoblanadi. Bunda o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha xronologik usullardan foydalanish mumkin. Chorva mollarining o‘rtacha bosh sonini hisoblashning eng to‘liq yo‘li bo‘lib, ozuqa kunlarining yig‘indisini hisoblash davridagi kalendar kunlar soniga bo‘lish orqali topilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Ozuqa kun deganda bitta chorva mol bosh sonini xo‘jalikda bir sutka davomida boqilishi tushuniladi.
Bu usul asosida mollarning o‘rtacha bosh sonini hisoblashni aniq misolda ko‘ramiz.
Misol: " LAZIZ GO‘ZAL CHORVASI " fermer xo‘jaligida birinchi chorak davomida sigirlar soni qo‘yidagicha bo‘lgan.
1- yanvardan 16- fevralgacha 224 bosh
16- fevraldan 2- martgacha 240 bosh
1- martdan 1- aprelgacha 300 bosh
1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha sonini hisoblaymiz. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanamiz. Birinchi usul. o‘rtacha arifmetik usul, ya’ni chorakning boshi va oxiridagi sigirlar sonini qo‘shib, yig‘indisini ikkiga bo‘lish yo‘li bilan. Shunga ko‘ra 1 chorak uchun sigirlarning o‘rtacha soni:

Bu yerda hisoblangan natija to‘g‘ri, lekin u to‘liq ma’lumot emas. Chunki bunday hisoblashda chorak ichida sigirlar sonida bo‘lgan o‘zgarishlar e’tiborga olinadi. Imkoni boricha bunday o‘zgarishlarni hisobga olish lozim.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish