Xalat va shaxsiy kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq kiyimlarini almashtirishlari lozim. Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni yechishi, chiqqandan so‘ng qoMlami sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi moddali eritma, elektr quritkich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bulaming hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo'lishi kerak. Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‘moldan tashqari begona narsalaming xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shaxsiy kiyim va ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta’qiqlanadi. Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa timoq osti tozalik holatiga e’tibor berish lozim. E`tiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |