Olimlar fikricha, hozirgi zamon fani muammolarini uch guruhga bolish mumkin:
Koinot, uning yuzagakelishi va taraqqiyoti. Bu olimlar tomonidan ilgari surilayotgan koinot haqidagi nostatsionar qarashlarda oz ifodasini topmoqda.
Hayotning kelib chiqishi, biologikevolyusiya, uning mohiyati, asosiy korinishlari.
Olamdagi narsa va hodisalarga sinergetik yondashuv
Postnoklassik fan olamni va insonning olamdagi ornini chuqurroq anglashni taqozo etmoqda. Songgi II - III asr davomida inson tabiatni ozlashtirishga va ozgartirishga intildi. Hozir shunday davr keldiki, inson tabiatni va ozining undagi ornini chuqur anglashi va shu asosda faoliyat yuritishi lozim bolib qoldi. Fanda tabiatga, fan taraqqiyoti, texnika, texnologiyaga doir yangi qarashlar ilgari surilmoqda. XX asr songida shakllangan nosfera konsepsiyasi; fan, texnika, texnologiya taraqqiyotiga inson, jamiyat, insoniyat istiqboli nuqtai nazaridan qarash shular jumlasidandir.
Fanlar tasnifi. Fan muammosining muhim masalalaridan biri fanlar tasnifi (klassifikatsiyasi) hisoblanadi.
Fanlar ilmiy bilimlarni tizimga tushirish asosida shakllanadi. Ilmiy bilimlarni tizimga tushirish tarixi qadimiy Yunon falsafasiga borib taqaladi.
Malumki, olam va odam haqidagi dastlabki bilimlar falsafa fani doirasida shakllangan va mujassamlashgan. Qadimiy Yunon faylasufi Aristotel barcha bilimlarni ularni qollash xususiyatlariga kora uchga bolgan:
nazariy bilimlar;
amaliy bilimlar;
ijodiy bilimlar.
Olim nazariy bilimlar deganda, olamning asosiy, butun borliqning birinchi sababiga aloqador bilimlarni nazarda tutgan va ularni birinchi falsafa, metafizika deb nomlagan. Bunday bilimlarni faqat aql yoli bilan bilish mumkin degan goyani ilgari surgan. Normal mantiqni har qanday bilishning quroli sifatida baholagan.
Ingliz olimi Frensis Bekon fanlarni tasniflashda insonning bilish qobiliyatlarini asos qilib olgan va falsa fani nazariy fanlar turkumiga kiritgan.
Nemis faylasufi Georg Vilgelm Gegel (1770-1831) fanlarni mantiq, tabiat falsafasi, ruh falsafasidan iborat deb bilgan.
Fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) ning tasnifida ijtimoiy fanlar (tarix, mantiq, psixologiya)ga deyarli orin berilmagan.
Rus olimi akademik V.I.Vernadskiy fanlarni ikki turga:
1) reallikni, borliqning barcha korinishlarini organadigan fanlar (matematika, fizika, astonomiya, ximiya...);
2. faqat Yer planetasini organadigan fanlar (biologiya, gumanitarfanlar) ga ajratilgan.
Hozirgi zamon fanlari tasnifi deganda:
a) tabiatshunoslik;
b) ijtimoiy gumanitar;
v) texnik fanlar nazarda tutiladi.
Matematikani ayrim olimlar tabiiy fanlar qatoriga kiritmaydilar. Ular matematikani olim tafakkurining zaruriy elementi, deb hisoblaydilar. Olam uzluksiz harakat, ozgarish, taraqqiyot jarayonlaridan iborat bolgani kabi ilmiy bilimlar majmui bolgan fanni ham dinamik jarayon sifatida kormoq lozim. Fan taraqqiyoti jarayoni qonuniy xarakterga ega.
Fan taraqqiyoti ijtimoiy amaliyot bilan belgilanadi. Shuning uchun xam olimlar tomonidan fan ijtimoiy - madaniy xodisa sifatida talqin etiladi. Ayni vaqtda fan taraqqiyoti qonuniy jarayon hisoblanadi va unda muayyan qonunlar amal qiladi. Ular fan taraqqiyoti mantiqini ifodalaydi. Fan taraqqiyoti qonunlari deganda quyidagilar nazarda tutiladi.
Ilmiy bilimlar rivojidagi vorisiylik.
Ilmiy bilimlar taraqqiyoti miqdoriy va sifat ozgarishlari birligi sifatida.
Fanlardagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlari.
Ilmiy bilimlarni hosil qilishda nazariylashtirish va dialektikalashtirish.
Fan taraqqiyotida monopoliya va dogmatizmga yol qoymaslik, tanqidekanligi.
Fan taraqqiyotida obektiv, xolis bilimlarga intilish, adashuv va notogri fikrlarni bartaraf etish.
Fan taraqqiyotining tezlashuvi intirsavligi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotidagi vorisiylik.
Olam obektlari doimo harakat, ozgarish, taraqqiyotida ekan, u haqidagi ilmiy bilimlar ham qanday yangi bilim avvalgi qarash asosida rivojlanadi, u avvalgi bilimni tamomila yoqqa chiqarmaydi, balki ularning ozi yaratilgan davr uchun togriligini asoslaydi, har qanday yangi bilim avvalgi bilim asosiga quriladi va rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |