Mavzu:Fan ijtimoiy madaniy hodisa.
Reja:
1.Ilm-fanning tarifi. Ilm-fan tadqiqot faoliyati sohasi sifatida.
2.Ilm-fanning ozaro bogliq xususiyatli belgilari.
3.Ilmning maqsadi. Ilmning vazifalari. Ilmning funksiyalari.
4.Fanlarning tasnifi. Empirik fan. Nazariy bilim. Fundamental va amaliy fanlar.
5.Ilm-fan va haqiqatni ozlashtirishning boshqa shakllari. Ilm-fan va falsafa ortasidagi munosabatlar.
6.Fanni rivojlanishining asosiy bosqichlari. Qadimgi yunon ilmi. Orta asrlarda ilm-fanning rivojlanishi. Zamonaviy manoda ilm-fan. Ilmiy bilim tushunchasi.
Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligi uning jamiyat hayoti va taraqqiyoti talablari bilan bogliqligida namoyon boladi.
Dastlabki bilimlar qadimgi Sharq mamlakatlari Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. Ular tabiat, jamiyat, inson haqidagi tajribadan kelib chiqqan empirik xarakterdagi bilimlar fanning ilk elementlari edi. Kopchilik faylasuflar (Masalan, V.P.Koxanovskiy, Ye.V.Zolotuxina, E.Yusupov, J.Tulenov va boshqa)lar takidlaganidek, qadimiy davrlardanoq odamlar olamni anglashga intilganlar, bu ularning dunyoqarashlarida oz ifodasini topdi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardan boshlab, eng qadimiy fan falsafa paydo boldi. U davrlarda fan, falsafa birxil manoni ifodalar edi, kishilarning olam haqidagi barcha bilimlari falsafa doirasida mujassamlashgan edi.
XVI-XVII asrlarda ijtimoiy hayotdagi jiddiy ozgarishlar sanoat, ishlabchi qarishining yuzaga kelishi, xususan, harbiy, tog, qurilish sanoati, xalqaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va taraqqiyoti uchun turtki boldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsalar, predmetlar, jarayonlar mohiyatini anglash, ularniorganish zarur edi.
Fanning moxiyati, oziga xos jixatlari.Fan-ijtimoiy ongning maxsus shakli. Ijtimoiy ong shakllari ozaro bir-birlaridan voqelikni aks ettirish xususiyatlariga kora farqlanishini falsafa kursida organgan edik. Agar ijtimoiy ongning u yoki bu shaklida olamning, ijtimoiy hayotning muayyan tomoni, korinishi aks etsa, fanda aks etishi mumkin bolmagan narsa, hodisani topish mushkul.
Fan olamni ozlashtir ishning eng murakkab shakli hisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning ozi togrisidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yonaltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bolmish ilmiy bilimlar tizimi hamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Malumki, inson olamni ikki xil yol bilan ozlashtiradi va buuning moddiy hamda manaviy faoliyatida oz ifodasini topadi. Inson oz ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlarning mohiyatini, qonuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda oz ifodasini topadi. Bilish insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni hosil qilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikkik orinishda kundalik va ilmiy bilishda namoyon boladi. Ilmiy bilish olamni chuqur, atroflicha bilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayoni.
Ilmiy bilish
a) inson va insoniyat tomonidan qolga kiritilgan ilmiy bilimlarni ozlashtirish;
b) ilmiy bilimlarni hosil qilish. Bu ilmiy izlanish (tadqiqot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratish jarayoni hisoblanadi.
Biz Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani doirasida ilmiy bilimlar, ularning oziga xos tomonlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish jarayoni ilmiy tadqiqot, uning mazmun-mohiyati, yangi bilimlarni qolga kiritish yollari, usullari bilan tanishamiz.
Bilim bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan voqelik, kishilarning olam haqidagi malumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |