DINIY-BADIIY ASARDA RAMZ -. Ramzning o‘ziga xos xususiyati Shundaki, u o‘z mazmuniga emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan Shakl, o‘z mohiyatini emas, butunlay boshqa mohiyatni ifodalaydigan hodisa, qisqasi, butunlay boshqa botinni ifodolovchi zohirdir. SHu bois ham u sirli, yashirin hodisa: uni muayyan bilimga ega bo‘lmay turib anglash mumkin emas.
IDEAL - Diniy-badiiy janrda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat-paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo‘q narsaning mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o‘Sha paytda mavjud bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, Shubhasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo‘lgan axloqiy Yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o‘tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o‘zgarmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |