G‘OYALAR MUAMMOSI Aflotunning nazdida asl borliq ana Shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tuShunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham Shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan Yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o‘zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |