OBYEKTIV REALLIK – inson ongidan tashqarida turuvchi tabiat, jamiyat, butun moddiy dunyo va uning turli tomonlari, insonning o‘zi, anglash qobiliyati, uning tabiat va boshqa odamlar bilan munosabati.
OBYEKTIV HAQIQAT – bizning bilimlarimizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan mazmuni bo‘lib, uning voqealikka mos, adekvat kelishidir. Haqiqatning mazmuni esa bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir.
ODDIY HUKM – bir sub’ekt va predikatdan iborat bo‘lgan hukm.
OMMAVIY INDUKSIYA – to‘liqsiz indukSiyaning bir turi bo‘lib, u oddiy kuzatish yo‘li bilan kundalik hayot tajribasi asosida chiqarilgan hulosalar hisoblanadi. Bu indukSiyada narsalarning ichki mohiyati asosida emas, balki bevosita ko‘zga tashlanib turgan belgilar asosida hosil qilinadi. SHuning uchun u zid hollar uchramagan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi.
OMONIMLAR – Shakllan bir xil, ammo mazmunan bir necha tuShunchani ifodalovchi so‘zlar.
OPERATOR – simvol yoki simvollar kombinaSiyasi bo‘lib, u mantiqiy Shakl hosil qilish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |