MANTIQIY QONUNLAR – to‘g‘ri tafakkur qonunlari.
MANTIQ QONUNLARI – inson tafakkuriga xos qonunlardir. Mantiq qonunlari obektiv olamning inson ongidagi in’ikosidan iboratdir. Formal mantiqning to‘rtta asosiy qonuni bor: ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, etarli asos qonunlari. Bu qonunlar to‘g‘ri fikrlashning zaruriy Shartidir.
MATEMATIK MANTIQ – matematikaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u fikrlash jarayonini o‘rganishga matematik metodni qo‘llaydi. Matematik mantiq formal mantiq rivojining yangi bosqichi bo‘lib, u an’anaviy mantiqdan so‘ng mustaqil soha bo‘lib maydonga keldi.
MODUS (lot. modus – usul, o‘lchov) formal mantiqda sillogizm figuralaridagi hukmlarning miqdor va sifat jihatdan birlashgan turlari tuShuniladi.
MURAKKAB HUKM – Mantiqiy bog‘lovchilar orqali ikki va undan ortiq oddiy qat’iy xukmlardan tashkil topgan xukm. Murakkab hukmlar ayiruvchi, birlashtiruvchi, Shartli va ekvivalent bo‘ladi.
MUHIM BELGI – predmet va hodisalarning mavjudligi uchun zarur bo‘lgan belgidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |