Mavzu:Pedagogning kompetentlik qobiliyati asoslari.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
1.1.Pedagogning qobiliyat turlari.
1.2.Perseptiv-pedagogik qobiliyat turlari.
1.3.Pedagogning didaktik qobiliyati.
1.4.Pedogogning konstruktiv tashkilotchilik,kominikativ anglash qobiliyati asoslari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi -O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o'sib o'tishining qondirilishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari, o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishrri, shuningdek, rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlod-ning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasinini aniqlamasdan turib, o'rta maxsus va oliy ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish mumkin emas.
Jamiyatning infrastrukturalarida, guruhiy shaxslararo munosabatlarda demokratiya prinsiplarining qaror topishi, fuqarolar o'rtasida teng huquqlilik, subyektlilik, hamkorlik, hamdardlik (empatiya) mezonlari turmush tarziga aylana boshlashi kishilik dunyosi-ning jahonshumul ijtimoiy - tarixiy g'alabasining yorqin ifodasidir. Hozirgi davrda shaxsning robotlashuviga chek qo'yilishi, o'zining mustaqil inson (subyekt) tarzida namoyon bo'lishi uchun moddiy-ma'naviy negiz barpo etilishi, shaxsiy dunyoqarash (ham ilmiy, ham diniy), barqaror e'tiqod, mustahkam pozisiya, qat'iy iroda, o'tkir va bukilmas g'oyani egallashga imkon yaratdi. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi pedagogik bilimlarning zaruratga aylanganligini anglatadi.
Insonshunoslik fanida inson-jamiyat, jamiyat-inson shaklida o'zaro ta'sirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to'g'ri, ham teskari aloqani o'rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o'z davrida bashorat qilganidek: "Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni xohlar ekan, unda insonni har tomonlama o'rganishi zarur".
Xuddi shu bois, ta'lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish lozim, uning natijasi, mahsulasi orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g'oyaviy e'tiqodli, ma'naviyati yuksak, роk vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz. Chunki "subyekt-subyekt" munosabatni amalda qaror toptirmasdan turib, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo'lmaymiz. Bu o'rinda pedagogika katta ahamiyat kasb etadi, jamiyatning barkamol shaxsni yetishtirishdek maqsadiga mos kelishi ayni muddaodir.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: "Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi", - degan fikri ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatadi.
Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g"risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'grisidagi qonun"ining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab bo'ldi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o'zgarishi bo'lsa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo'lgan munosabat o'zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay qo'ydi, to'rtinchidan, ta'lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-tuyg'ularini singdirib, ularni har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
Mavzuning maqsadi-
Mavzuning vazifasi-
1.1 Pedagogning qobiliyat turlari
1. Pedagogik kobiliyat adabiyotda birinchi bulib XIX asr urtalarida paydo bulgan. Pedagogika nazariyasida ukituvchilar tayyorlash va pedagogik pertseptiv kobiliyatida A. Disterverg dikkat e’tibor berdi. Shunday kilib, Disterverg pedagogik kobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va kat’iy erkinlikka axamiyat berdi. U ukituvchining bilim orttirishlik kobiliyat tushunchasini ilgari surdi. Sungra XIX asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin «axlokiy kobiliyat» tushunchasini ilgari surdi. Disterverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D. Ushinskiy «Odamni tarbiyalash» ning eng asosiy yuli ishontirishdir, odamning e’tikodiga esa fakat ishontirish bilan ta’sir kilish mumkin», - deydi, L.N.Tolstoy: «Tarbiyalash muvoffakkiyatli bulishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira tuxtamay uzlarini tarbiyalay bilishlari kerak» - degandi.
A.S.Makarenko aytishicha, tasodifiy ravishda ukituvchi bulib kolgan, lekin u bu ishga kizikib ketib badiiy adabiyotni kup ukigan Gorьkiyni uzining ustozi deb uni asarlarni urganishga kirishgan. Makarenko uz tajribasiga asoslanib, agar xar bir kishi kunt bilan mexnat kilsa, u uziga nisbatan talabchan bulsa, u yaxshi pedagog bulishi mumkin, - deydi.
Urta Osiyo allomalari ukituvchilik kasbiga oid karashlari. Farobiy: «Akl tugrisida» gi risolasining uzida 12 ta xislatni birlashtirgan kishigina axlokiy odam deb xisoblaydi. Bular: soglomlik, tez anglay olish xususiyati, xotirasi bakuvvat, zexni utkir, suzlari anik, fikrini ravon bayon eta oladigan, xakikatni va xakikat tarafdolarini sevadigan, yolgonchiga nafrat bilan karaydigan, gurur va vijdonini kadrlaydigan, mol dunyoga mukkasidan ketmagan, adolatni sevuvchi, kat’iy, kurkmas, jasur.
Abu ali ibn Sinoning kusatishiga, muallim, avvalo bolaga «kur’on» ta’limotini urgatishi lozim, sungra bolaning nimaga kizikishini, kaysi kasbga yoki san’atga mayli borligini aniklashi zarur.
Muallim bolaga ta’lim berishiga kirishidan oldin ukuvchining xarakterini urganishi va bilim darajasini aniklashi lozim. Bunda avvalo bola dikkatining xususiyatlarini, kizikishi va kobiliyatlarini e’tiborga olib, unga kaysi xunar yoki san’atni urganish mumkinligini kursatish kerak.
Burxoniddin Zarnudjiy (XII asr) – «Ukituvchiga ta’lim yulida kullanma» asarida pedagog kuyidagilarga e’tibor berishi lozim.
muallim bilimdon, tajribali, olijanob bulishi lozim;
xar bir kishi kanoat, sabr, muruvvatli, bilimini takrorlashi lozim;
uz fani va kasbidan tula kanoat kilish;
akl farosatlilik.
Uzbek xalk pedagogikasi asarlarida murabbiy, ustoz eng xurmatli, mu’tabar inson sifatida uluglanadi.
Otaning bolasi bulma, odam bolasi bul.
Ustoz otangdek ulug.
Ota-ona bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga kutaradi.
Ustozsiz shogird jonsiz kesak.
Ustoz kurmagan shogird-xar makomga yurgalar.
2. Kobiliyat xakida tushuncha. Kobiliyat xamma insonlarda mavjud bulib, bir tekisda bulmay, biri yukori, biri urta va biri kuyi darajadan iboratdir. Fakat akli zaif insonlarda kobiliyatni uchrata olmaysiz. Maktab ukituvchisining faoliyati inson shaxsining tiklantirishga karatilgan. Muvroffakiyatli ishlash uchun xar bir ukituvchi pedagogik maxoratga ega bulishi zarur. Pedagogik maxorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi. Kobiliyat faoliyat jarayonida paydo buladi va rivojlanadi, kobiliyatni rivojlatirish uchun esa layokat, zexn, iste’dod ya’ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bulishi xam zarur.
Ukituvchining ba’zi psixik protsesslari unda shaxsga xos sifatlarning shunday kompleksini tashkil kiladiki, buni pedagogik kobiliyat deb atash mumkin. Bu kobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat kilib kuyish mumkin emas. Ta’lim-tarbiya ishlarining muvoffakkiyatli bulishi pedagog shaxsiga xos bulgan bir kancha sifatlar, shu jumladan, uning irodasi, xissiyotlari, xarakteriga xos bulgan bir kancha xususiyatlarini xam ta’minlab beradi. K.D.Ushinskiy «Fakat shaxsgina shaxsning rivojlanishiga va tarkib topishiga ta’sir kilish mumkin, fakat xarakter ta’siri bilan xarakterni vujudga keltirish mumkin», - deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |