JUZ’IY INKOR HUKMI – miqdor jixatidan juz’iy, sifat jihatdan inkor hukmdir. Uning formulasi: Ba’zi S – P emas. Ba’zi guruhlarda o‘zlashtirmaydigan talabalar yo‘q. Lotin tilida «O» harfi bilan belgilanadi (Nego –inkor qilaman so‘zining ikkinchi unli harfi).
JUZ’IY TASDIQ HUKM - miqdor jihatdan juz’iy, sifat jihatidan tasdiq hukmdir. Uning formulasi: «Ba’zi S – P dir». Lotin tilida «I» harfi bilan belgilanadi (affirmo) – tasdiqlayman so‘zining ikkinchi unli harfi.
ZARURIY XULOSA CHIQARISH - deduktiv hulosa chiqarishning boshqacha nomi. Unda asos bo‘lib keluvchi hukmlardan hulosa muqarrar ravishda kelib chiqadi. Hulosa asoslarda imliSit tarzda mavjud bo‘lib, o‘Sha asoslardan natija o‘z – o‘zidan kelib chiqadi.
Zaruriy hukmda predmet va uning belgilari muqarrar ravishda tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |