JINS VA TUR TUSHUNCHALAR - Shunday tuShunchalarki, ularda hajmi katta tuShuncha unga bo‘ysunadigan hajmi kichik tuShunchaga nisbatan jins va aksincha, hajmi kichik tuShuncha u bo‘ysunuvchi hajmi katta tuShunchaga nisbatan tur tuShuncha bo‘ladi.
JUZ’IY GIPOTEZA – gipotezaning turi bo‘lib, u ayrim olingan faktlar asosida tahlil qilinadi. Ammo bunda ayrim hodisalarning sababi tahlili beriladi, holos. SHunga ko‘ra u hodisalarning sababini ochib beruvchi umumiy ilmiy gipotezadan farq qiladi.
Juz’iy hukm - sinfga mansub predmetlar yoki ular belgilarining bir qismi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr. Masalan: Ba’zi talabalar havaskorlik to‘garagiga qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |