DIXOTOMIK BO‘LISH (grek. dicha – va, home – ikki qismga ajratish) –tuShunchalarning hajmini ikkita bir-biriga zid bo‘lgan qismga mantiqan bo‘lish.
DOGMA (grek. dogma – fikr, ta’limot) – qanday konkret Sharoitda qo‘llanilishidan qat’i nazar tanqid ko‘zi bilan tekshirilmay, ko‘r-ko‘rona qabul qilinaveradigan, o‘zgarmas qoida, aqida.
DOMINANT (lot. dominatio - hukmron) – hukmron g‘oya, biron narsaning bosh, sababi, asosiy tomoni.
DICTUM DE OMNI ET NULLA (lot.) Sillogizm aksiomasining lotincha qisqartirilgan formulasi. Tarjimasi: hamma narsa to‘g‘risida aytilgan va hech nima. To‘la matni:sinfga mansub hamma predmetlar to‘g‘risida tasdiqlanib yoki inkor qilinib aytilgan fikr, Shu sinfga kiruvchi ayrim predmetlarga ham tegishlidir.
DICTUM FACTUM (lot.) – aytilgan, demak bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |