Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Alohidalik kategoriyasi
olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan
aniq, yagona takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi. Mazkur
kategoriya tabiat va ijtimoiy hayotdagi narsa, alohida hodisa, juz’iy fakt va yagona
voqea haqidagi tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos
madaniyatning til, urf-odat, an’ana, milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni
shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin bo‘lmagan
ayrimlikdir. SHuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi – yurak-tomir kasalliklari
sistemasida o‘ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrimlikni ifodalaydi.
Alohidalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat
bir tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va
jarayonlar, ularga xos belgilar bilan, ayni paytda materiyaning konkret ko‘rinishlari,


predmet, voqea va protsesslarni o‘xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy
belgilari ham mavjud.
Umumiylik kategoriyasi
narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy
takrorlanadigan belgilar va xususiyatlar yig‘indisini bildiradi. Bu kategoriya
narsalarning kelib chiqish jihatidan umumiy ekanligini, ular taraqqiyot umumiy
zanjirining uzviy bog‘liq xalqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunishi
mumkinligini anglatadi.
Masalan, har qanday o‘tish davri eski jamiyatdan yangisiga o‘tish
muammolarini hal etilish shakli bo‘lib, uning mazmuni mavjud ijtimoiy, iqtisodiy
munosabat, tartiblarni tubdan o‘zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‘zbekistondagi
hozirgi o‘tish davrida ham ana shunday o‘zgarish amalga oshmoqda, ammo bu
jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas,
umumiylik ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va
jarayonlarga xos bo‘lgan ichki qonuniyatni, umumiy asosni, o‘xshashlikni anglatadi.
Xususiylik
 
– narsa yoki hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma’lum
bir munosabatda umumiy, boshqasida esa alohidalikdir. 
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema»,
«element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud.
YA’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish
jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil
ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari
esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida
ifodalashdir. SHu nuqtai nazardan, butunni umumiylik, qismni yoki elementni
alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan o‘xshashlik
bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas.
Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin.
Umuman, narsa va hodisalarni targ‘ibiy jihatdan «butun», «qism», element» larga
ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan
zaruriy shartdir. SHunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi
bilishning bosqichi sifatida emas, balki uzili sifatida olib qaralishi kerak.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish